“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-33, Issue-2, May-2023
132
HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASI ILMIY TADQIQOT METODLARI
22 maktab
Qo'chqarova Ozodaxon Alijonovna
18 maktab
Davronova Zohidaxon Tursunaliyevna
38 maktab
Aliyeva Dildoraxon Siltonbekovna
31 maktab
Po'latova Sadoqat Abduhalilovna
Annotatsiya:
Ushbu maqolada psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi, hozirgi
zamon psixologiyasi ilmiy tadqiqot metodlari, psixologiyaning o‘rganilish bosqichlari
haqida batafsil bayon qilingan.
Kalit so'zlar:
ilmiy
tadqiqot metodlari, psixologiya,
psixik hayot hodisalari,
psixika.
Kirish:
Psixologiya tarixi boshqa fanlar kabi qiziqarli va mazmundor bilimlar sohasidan
iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tarafidan hayvonlarga va insonlarga xos bo`lgan
psixik hayot hodisalari to'g'risidagi bilimlarning asta-sekin to`planib borishi tarixidir.
Insonning o`zi haqidagi bilimlarni to`plab, shuningdek chuqurlashtirib borishidir. Biz
psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va
hayvonlar psixik hayotini
o`rganishga bo`lgan intilish insonlar hayotini turli xil tarixiy bosqichlarda ularning
qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar
bilan taqozo etilganligini, ba`zi qonuniyatlari
qanday ochilganligini bilib olamiz.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya:
Psixologiya tarixi tarixiy hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy
taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi
qanday kengayib borganligi,
shunungdek ilk yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib,
butun
bir psixologiya fanlar sistemasi darajasiga ko`tarilganligi to'g'risida ham ma`lumot
beriladi. Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini
beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko`maklashadigan
foydali ilmiy tekshirish
metodlarini izlanish va yaratishda muhim o`rin tutadi. Psixologiyaning ilmiy bilish va
amaliy mazmuni shundan ham ko`rinadiki, psixologiyaning tarixiy taraqqiyotida unda
bir qancha maxsus tarmoqlar ajralib chiqdi.
Psixologiyaning bu tarmoqlari bugungi kunda mustaqil fanlar darajasiga
ko`tarildi. Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari
juda xilma-xil va
murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya`ni qaysi yo`llar bilan,
qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug`iladi. Psixologiyada chinakam ilmiy
bilimga ega bo`lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan
foydalana bilish zarur.