Hozirgi zamon psixologiyasi ilmiy tadqiqot metodlari



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#178578
  1   2
132-133



“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-33, Issue-2, May-2023
 
132
HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYASI ILMIY TADQIQOT METODLARI 
 
22 maktab 
Qo'chqarova Ozodaxon Alijonovna
 
18 maktab 
Davronova Zohidaxon Tursunaliyevna
 
38 maktab 
Aliyeva Dildoraxon Siltonbekovna
 
31 maktab 
Po'latova Sadoqat Abduhalilovna 
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada psixologiya fanlarini o'qitish metodikasi, hozirgi 
zamon psixologiyasi ilmiy tadqiqot metodlari, psixologiyaning o‘rganilish bosqichlari 
haqida batafsil bayon qilingan. 
Kalit so'zlar: 
ilmiy tadqiqot metodlari, psixologiya, psixik hayot hodisalari
psixika. 
 
Kirish: 
Psixologiya tarixi boshqa fanlar kabi qiziqarli va mazmundor bilimlar sohasidan 
iborat. Psixologiya tarixi insoniyat tarafidan hayvonlarga va insonlarga xos bo`lgan 
psixik hayot hodisalari to'g'risidagi bilimlarning asta-sekin to`planib borishi tarixidir. 
Insonning o`zi haqidagi bilimlarni to`plab, shuningdek chuqurlashtirib borishidir. Biz 
psixologiya tarixi bilan tanishar ekanmiz, inson va hayvonlar psixik hayotini 
o`rganishga bo`lgan intilish insonlar hayotini turli xil tarixiy bosqichlarda ularning 
qanday nazariy va amaliy ehtiyojlar bilan taqozo etilganligini, ba`zi qonuniyatlari 
qanday ochilganligini bilib olamiz.
Adabiyotlar tahlili va metodologiya: 
Psixologiya tarixi tarixiy hayotning bosqichlarida, fan va madaniyatning umumiy 
taraqqiyoti munosabati bilan psixologik bilimlar sohasi qanday kengayib borganligi
shunungdek ilk yakkayu-yagona bo`lgan psixologiya qay tarzda taraqqiy etib, butun 
bir psixologiya fanlar sistemasi darajasiga ko`tarilganligi to'g'risida ham ma`lumot 
beriladi. Psixologiya tarixi psixikaning yanada chuqur va aniq bilish imkoniyatini 
beradi. Psixologiya fani taraqqiyotga ko`maklashadigan foydali ilmiy tekshirish 
metodlarini izlanish va yaratishda muhim o`rin tutadi. Psixologiyaning ilmiy bilish va 
amaliy mazmuni shundan ham ko`rinadiki, psixologiyaning tarixiy taraqqiyotida unda 
bir qancha maxsus tarmoqlar ajralib chiqdi.
Psixologiyaning bu tarmoqlari bugungi kunda mustaqil fanlar darajasiga 
ko`tarildi. Psixologiyada tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil va 
murakkab hodisalardir. Bu hodisalar qanday metodlar bilan, ya`ni qaysi yo`llar bilan, 
qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug`iladi. Psixologiyada chinakam ilmiy 
bilimga ega bo`lmoq uchun psixikani tekshirish metodlarini bilish va shu metodlardan 
foydalana bilish zarur.



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin