Dasturlash tillari, ularning turlari va asoslari Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o`zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir.
Front End & Back End
HTML nima?
HTML (inglizcha: Hypertext Markup Language — hipermatnli belgilash tili) (Dasturlash tili emas!)
HTML tili taxminan 1991—1992-yillarda Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Markazida ishlovchi britaniyalik mutaxassis Tim Berners-Lee tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab bu til mutaxassislar uchun hujjat tayyorlash vositasi sifatida yaratilgan. HTML tilining soddaligi va yuqori formatlash imkoniyatlarining mavjudligi uni foydalanuvchilar orasida tez tarqalishiga sabab boʻldi. Bundan tashqari unda hipermatnlardan foydalanish mumkin edi. Tilning rivojlanishi bilan unga qoʻshimcha multimedia (tasvir, tovush, animatsiya va boshqalar) imkoniyatlari qoʻshildi.
Birinchi HTML hujjatimizni yaratamiz…
Browser nima? Va u qanday ishlaydi?
Web-Browser - butunjahon to`rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko`rsatish, sahifalararo o`tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Masalan, siz web-browser da biror bir sahifani (сайт) ochganingizda birinchi navbatda browser (masalan Google Chrome) sizga HTML hujjatni yuklab beradi (ya’ni ko`rinishini) va sizning kompyuteringizda chiroyli ko`rinishdagi sahifa ochiladi.
Web-sahifalarni ochish va odatda internetdan foydalanish uchun foydalanuvchi maxsus dasturlarga muhtoj. Ayniqsa, bu browser - turli xil internet saytlarini ochish imkonini beruvchi maxsus dasturiy ta’minotni talab qiladi. Browserning asosiy vazifasi bo`lgan internetning navigatsiyasi, ba’zi dasturlarda elektron pochta dasturining vazifalari, fayllarni yuklab olish uchun dasturlar va boshqalar bo`lishi mumkin.
Ko`p miqdorda bepul va pullik browserlar mavjud. Eng mashhurlari Internet Explorer, Opera, Mozilla Firefox, Google Chrome va hokazo.
Browserning asosiy vazifasi web-sahifalarni ochishdir va har bir dastur o'z xususiyatlariga qarab, ularni o'z-o'zidan ochadi.
HTML tuzilishi (HTML структураси)
HTML tuzilishi (HTML структураси)
Har qanday Web sahifa ikkita qismdan tashkil topadi. Bular sarlavha qismi va asosiy qism.
Sarlavha qismida Web sahifa haqidagi ma’lumot joylashadi.
Asosiy qismda esa Web sahifaning mazmuni bilan tasvirlanish qoidalari joylashadi.
Sarlavha qismi quyidagi ochiluvchi va yopiluvchi teglari orasida joylashadi. Asosiy qism esa va … …