Html haqida tushuncha


CSS asosiy tushunchalar va sintaksis



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə2/10
tarix03.05.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#106898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-bob

CSS asosiy tushunchalar va sintaksis

CSS bilan tanishish


Avvalom bor CSS nima bu, bu qanday til o'zi, bu tilni qanday imkoniyatlari boru bu til orqali nimalarni qila olamiz? Hozir shu haqida gaplashamiz.CSS ning to'liq shakli 1997 yil tashkil topgan bo'lib, “WWW Consorcium” ida qo'llab quvvatlangan va foydalanishga taqdim etilgan. Dastlab, CSS kodlarini Netscape Navigator 4.0 va Internet Explorer 4.0 brouzerlari tushuna olgan, hozirgi kunda CSS kodlarni istalgan brauzerlar qo'llab quvvatlay oladi.CSS – (Cascading Style Sheets)Kaskadli stillar majmuasidir bo'lib stillar bilan ishlay oladigan til. CSS elementlarni ekranda, qog'ozda va yoki boshqa medialarda ko'rinishini tasvirlaydi. CSS veb sahifalarga har xil stillar berish uchun ishlatiladi. Hamda bir vaqtning o'zida bir nechta veb sahifalarni dizaynini o'zgartirish mumkin. Biror bir veb sahifani turli xil qurilmalarda turli xil ko'rinishini ham ta'minlaydi. CSS file .css formati orqali tashqi xotira saqlab qo'yishingiz va kezi kelganda veb sahifaning HTML kodini o'zgartirmasdan, faqat CSS faylni o'zgartirish orqali veb sahifaga yangidan ko'rinish berishimiz mumkin. Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, HTML faqat veb sahifani kodlarini yozish uchun ishlatiladi, HTML da ham veb sahifaga dizayn bersa bo'ladi, lekin bu juda uzoq jarayon talab qilgani bois, CSS bu vazifani o'z bo'yniga o'lgan.CSS ning boshqa tillardan bitta ustun tarafi shundan iboratki, CSS kodlarini kompilatsiya qilish uchun, hech qanday kompillyatorlar, redaktorlar yoki biror bir dasturlar shart emas. Bizga oddiygina Internet Explorer va shu kabi brauzerlar kifoya. Brauzerlar orqali biz CSS kodlarini bemalol tahlil qilishimiz, natijamizni to'g'ridan to'g'ri ko'rishimiz mumkin.Selektor veb sahifadagi barcha bir xil turdagi teglarga umumiy dizayn berish uchun ishlatiladi. Qoida bo'yicha CSS selektor va bayonot (declaration) dan tashkil topgan bo'ladi.
H1 - bu yerda selektor, figurali qavs ichidagi qiymatlar esa, bayonotdir. Selektorni vazifasi HTML elementlarini ko'rinishini siz hohlagan ko'rinishda bezatishdan iborat. Bayonot qismida bitta yoki undan ko'p xossalar (property) bo'lsa nuqtali vergul (;) bilan ajratiladi. Xossalar bilan uning qiymati esa o'z navbati esa ikki nuqta (:) bilan ajratiladi. Oxirgi elementdan so'ng nuqtli vergul qo'yilishi va figurali qavs bilan yopilishi ham shart. Quyidagi misolda, p elementni joylashuvi markazda, rangi esa qizil holatda bo'lishini ko'rasiz.

Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin