Html haqida tushuncha


SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə8/10
tarix03.05.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#106898
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-bob

SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:

  1. Ma'lumotlarni so'rov orqali olish.

  2. Jadvalning qatorlariga ma'lumot qo'shish, qatorlarini o'chirish va yangilash.

  3. Ob'ektlarni yaratish, o'zgartirish va o'chirish.

  4. Ma'lumotlar bazasi va ob'ektlarga ruxsatlarni o'rnatish.

  5. Ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta'minlash.

2 xil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o'rnatilgan(встроенный). SQL-ning bu 2-turi ishlashi bir xil, lekin har xil joyda ishlatiladi.
Interaktiv SQL deganda — ma'lumotlar bazasiga so'rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olishimiz tushuniladi,ya'ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo'ladi. So'rov-natija rejimda ishlaydi.
O'rnatilgan SQL deganda – so'rovlar yig'indisi biror dasturlash tilida ishlatilishini tushunishimiz mumkin. Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o'zgaruvchiga yuklab qo'yamiz, hamda kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya'ni bunda so'rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi hamda talab etilgan joyda ishlatiladi.
SQl-operatorlari bir necha guruhlarga bo'lingan. Bu bo'linish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida bo'lingan. Ular quyidagilar:

  • DDL(Data Definition Language) , ANSI-bu guruh SDL(Schema Definition Language) deb ataladi. Bu guruhga ma'lumotlar bazasida ob'ektlar(jadvallar, indekslar)ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.

  • DML(Data Manipulation Language) – ma'lumotlarni manipulyatsiya qiluvchi operatorlar yig'indisi guruhi hisboblanadi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma'lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.

  • DCL(Data Control Language) – ma'lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.

ANSI-ning ruxsati bilan, DCL DDL ning bir qismi sifatida qaraladi. Bu guruhlarni aralashtirmaslik kerak. Quyidagilar alohida tillar emas, balki SQL operatorlarining guruhlaridir.

Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin