Element selektor - bu htmldagi biror bir elementni belgilash va unga turli xil ko'rinish uchun ishlatiladi. Quyidagi misolda p elementi belgilanadi va html dagi barcha p elementi berilgan qiymatni oladi.
p { color: red; text-align: center; }
Id selektor htmldagi biror elementning id sini belgilab unga ko'rinish berishda ishlatiladi. Bizga ma'lumki, id takrorlanmas bo'lishi kerak. Shu qatori, id selektor veb sahifadagi o'ziga xos "id" ini belgilaydi. Id maxsus hash kod orqali belgilanadi ya'ni (#) belgi orqali.
#para1 { text-align: center; color: red; }
Klas selektor
Klas selektor bu htmldagi elementni aniq bir qiymatini belgilab olish uchun ishlatiladi. "Class selector" nuqta (.) bilan boshlanishi kerak. Masalan aytaylik biror klasning "center" qiymatini olaylik.
#para1 { text-align: center; color: red; } Quyida
elementni klasiga oid misolni ko'ramiz.
p.center { text-align: center; color: red; }
Guruh selektor
Agar sizda bir nechta elementga bir xil ko'rinish bermoqchi bo'lsangiz quyidagicha yoziladi:
h1 { text-align: center; color: red; }
h2 { text-align: center; color: red; }
p { text-align: center; color: red; } Ko'rib turganizdek bir xil kodni 3 marta yozib chiqdik, buni qisqartirish yo'li mavjud. Uni quyidagicha yozamiz.