Har qanday RDBMS uchun SQL buyrug’ini bajarayotganimizda, tizim bizning so’ro’vimizni bajarishning eng yaxshi usulini hamda, SQL dvigatelini vazifani qanday izohlashni aniqlaydi.
Ushbu jarayonga kiritilgan turli xil tarkibiy qismlar mavjud:
So’rov dispetcheri.
Optimallashtirish dvigatellari.
Klassik so’rovlar mexanizmi.
SQL so’rov mexanizmi va boshqalar.
Klassik so’rovlar tizimi - SQL bo’lmagan barcha so’rovlarni bajaradi, lekin SQL so’rov mexanizmi mantiqiy fayllarni ishlay olmaydi.
Relatsyon ma’lumotlar bazasi bilan o’zaro aloqada bo’lish uchun standart SQL buyruqlari CREATE-yaratish, SELECT-tanlash, INSERT-kiritish,UPDATE-yangilash, Delete-o’chirish va DROP- butunlay o’chirib tashlash . Ushbu buyruqlarni tabiatiga qrab quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
Ma'lumotlarni o'zgartirish uchun asosiy SQL buyruqlari
Tilning sintaksisi nafaqat so'rovlarni bajarish uchun, balki ma'lumotlarni manipulyatsiya qilish uchun ham tuzilgan. Ma'lumotlar bazasi dasturchisining asosiy vazifasi tanlovlar va hisobotlar uchun skriptlarni yozishdir, ammo, ba'zida jadvallarga tahrir qilish kerak bo'lib qoladi. Bunday harakatlar uchun SQL buyruqlari ro'yxati kichik va uchta asosiy buyruqdan iborat bo’ladi: