Ribosomalar. Ribosoma donalari (Palade donalari, ribonukleoproteid donalari) sitoplazmatik to`r komponentlaridan biri bo`lib, zich dumaloq shakldagi diametri 15-30 nm keladigan donalardan iborat (13-rasm, a, b). Ribosomalar yadro qobig`ining tashqi membranasida ham yotadi. Membranalar bilan birikmagan sitoplazmada erkin yotuvchi ribosomalar ham ko`p uchraydi. Membrana bilan bog`liq bo`lgan ribosomalar erkin ribosomaga nisbatan radioaktiv aminokislotalarni ko`proq qabul qiladi. Ribosomalarda magniy va kaltsiy bo`ladi. Hayvon, o`simlikhujayralaridan va mikroorganizmlardan ajratib olingan ribosomalar ximiyaviy tarkibi, molekulyar og`irligi hamda sedimentatsiya konstantasi bilan bir-biriga yaqin. Ribosomalar oddiy va bir xil tipdagi moddadan tuzilganga o`xshasa ham haqiqatda ular mayda subbirliklardan iborat (13-rasm,b). Masalan, sedimentatsiya konstantasi 70S bo`lgan ichak ribosomalari 50s va 30s lik 2 subbirlikdan tashkil topgan. Subbirliklar orasida yoriq ko`rinadi. Har bir subbirlik bitta yuqori polimer ribosomal RNK molekulasini va oqsilni tutuvchi ribonukleoproteid moddadir.
Ribosomaning funktsiyasi. Ribosomalarda yadrodan informatsion RNK (i-RNK) orqali berilgan genetik axborotga qarab aktiv aminokislotalar kondensatsiyasi hamda ularning polipeptid bog`ga terilib, oqsilning sintezi ro`y beradi. Ayrim oqsillar sintezi alohida ajratib olingan ribosomalarda ham topilgan. Matritsa rolini i-RNK bajarib, u ribosomalarga o`tadi. Ribosoma yuzasida transport RNK (t-RNK) va aminokislotalar kompleksi bilan i-RNK ning komplementar nukleotidlari o`zaro ta’sir qiladi.
13-rasm. A-Ribosoma. Me’da osti bezining atsinar hujayralaridagi ribosomalar. Elektron mikrofotogramma. X60.000.
1-donador endoplazmatik to`r; 2-endoplazmatik to`r membranasidagi ribosomalar; 3-erkin ribosomalar.
B-Ribosomaning tuzilishi (sxema).1 - kichik subbirlik; 2 - informatsion» RNK. 3-transport RNK; 4-aminokislota; 5-katta subbirlik; 6-endoplazmatik to`r membranasi; 7-sintezlanayotgan polipeptid bog` (J. K. Rolanva boshqalar, 1978).
Ba’zi bir olimlarning fikriga ko`ra oksil sintezi yakka ribosomalarda bormasdan, ularning bir to`dasida - poliribosoma yeki polisomalarda boradi. Polisomalar 5-70 ta ribosomalardan iborat bo`lib, ular o`zaro diametri 1 -1,5 nm keladigan nozik ipchalar bilan birlashadi va bir-biridan 5-15 nm masofa da yotadi. Ribosoma polipeptid zanjirni hosil qilib oqsilni o`zida ajratadi va i-RNK bog`lamidan tushib qoladi.
Ko`pchilik mualliflar zamonaviy dalillarga asoslanib ribosomalar yadroda, yadrochada sintez bo`ladi, RNP donachalari holida sitoplazmaga o`tishini qayd qiladilar,