Nazorat uchun savollar
HTML tilida gipermatn joylashtirish teglari qanday amalga oshiriladi?
Gipermatnning bog‘lanish tuzilishi?
Mutlaq yo‘l va nisbiy yo‘l tushunchalari?
Bog‘lanish tasvirini qanday qilish kerak?
Telefon raqamiga, skype yoki elektron pochta manziliga qanday bog‘lanish kerak?
Atributlarni bog‘lash qanday amalga oshiriladi?
Freymlar hosil qilish va ularni qayta ishlash?
Freymlar to‘plami
Giperaloqaning yangi imkoniyatlari
O‘zgaruvchan freymlar?
Namoyish teglari?
Asosiy savollar:
Html tilida formalar yaratish.
Boshqariladigan elementlar guruhi
Tayanch so‘zlar: Tugmalar (buttons), Bayroqchalar (chekboxes), ulagichlar (radiobuttons), menyular (menus), matn kiritish maydoni (text input), fayl selektori (file selest), teglari, Input,form radio,boshqarish, TEXTAREA elementi, Boshqariladigan elementlar guruhi,
HTML formalar, foydalanuvchilar tomonidan, ma’lumotlarni kiritish va kiritilgan ma’lumotlardan keyinchalik foydalanish maqsadida tashkil qilingan. Formalar – matnli oynalar, tugmalar, bayroqchalar, ulagich(pereklyuchatel)lar va menyular kabi boshqariladigan elementlardan tashkil topishi mumkin. Formalar
va teglari orasida joylashadi.
Ba’zi xollarda foydalanuvchi bilan brauzer o‘rtasida aktiv muloqat qilishga to‘g‘ri keladi, ya’ni ma’lumotlarni kiritishga va tahrir qilishga to‘g‘ri keladi. Bunday hollarda biz yuqorida aytganimizdek HTML hujjatning formalar deb ataluvchi bo‘limidan foydalanamiz. Foydalanuvchi yuqorida ko‘rsatilgan formalarni ma’lumotlar bilan to‘ldiradi va uni qayta ishlash uchun serverga jo‘natadi. Server bu odatda Web-server yoki elektron pochta serveri bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib har qanday formaning asosiy qismi bo‘lib uning boshqariladigan elementlari hisoblanadi. Bu elementlarning har biri o‘z nomiga ega va bundan tashqari bu elementlar o‘zining boshlang‘ich qiymatiga hamda joriy qiymatiga ega. Elementning boshlang‘ich qiymati uning birinchi hosil qilinishida yoki uning qaytadan o‘rnatilishida (initsializatsiya) ekranda tasvirlanadi. Keyinchalik foydalanuvchi bu qiymatlarni o‘zgartirishi mumkin. Foydalanuvchi tomonidan to‘ldirilgan formaning qiymatlari «nomqqiymat» juftlik ko‘rinishida qayta ishlanish
uchun jo‘natiladi.
HTML formalar quyidagi boshqariladigan elementlardan foydalanadi:
Dostları ilə paylaş: |