Hujjat turlari va xususiyatlari



Yüklə 57,39 Kb.
səhifə3/6
tarix01.06.2023
ölçüsü57,39 Kb.
#121639
1   2   3   4   5   6
Hujjat turlari va xususiyatlari

(akt)
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq biron - bir bo‘lgan voqea, hodisa, ish-harakatni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Dalolatnoma tuzish xilma-xil maqsadlarni ko‘zlaydi, lekin uning a sosiy maqsadi sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni yoki mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus huq uqiy normalar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxonalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va ular huquqiy jihatdan muhim o‘rin tutadilar.
Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag‘lari va moddiy boyliklarga bog‘liq holda tuziladi (hatto baxtsiz hodisa yo ki tabiiy ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor), binobarin, u ko‘proq moliya-xo‘jalik faoliyatida, hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qo‘llanadi.
Dalolatnomalar tegishli taftish o‘tkazilgandan keyin, rahbarlik almashinayotganda, moddiy boyliklarni bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tkazishda, qurib tugallangan inshootlarni qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va uskunalarning yangi nusxalarini sinovdan o‘tkazish chog‘ida, qimmatdor buyumlarni hisobdan o‘tkazish yoki hisobdan chiqarishda, tovarlarni miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib olish yoki ularning idishini qayta tortib ko‘rishda (savdo muassasalarida), baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tekshirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlarning moddiy, yashash sharoitlarini o‘rganishda va boshqa hollarda tuziladi.
Moliyaviy faoliyat va savdo sohalarida tuziladigan dalolatnomalar tasdiqlash (kamomad yoki nuqsonlar bo‘lmagan hollarda) yoki ayblash (pul kamomadi yoki moddiy boyliklar yetishmasligi aniqlanganda) uchun hamda tegishli (q ayd etuvchi, rag‘batlantiruvchi, jazolovchi) buyruqlar e’lon qilish uchun asos bo‘ladi.
Aksar hollarda dalolatnoma oldindan belgilangan qoidaviy namuna asosida tuziladi.
Chunonchi, davlat qabul komissiyasi uchun hamda hujjatli ashyolarni yo‘q qilish uchun, normativ hujjatlar bilan dalolatnomalarning shunday qoidaviy namunalari joriy etilganki, ularning shaklini o‘zgartirish mumkin emas (ularning faqat o‘zbekcha nusxalarini yaratish kerak).
Dalolatnomalar voqea-hodisalarni haqqoniy aks ettirish maqsadida bir necha shaxslar (muassasa rahbarining buyrug‘i bilan komissiyalar, doimiy komissiyalar) yoki maxsus vakolatli yakka shaxs (taftishchi, nazoratchi) tomonidan tuziladi. Keyingi holatda va umuman dalolatnoma yakka shaxs tomonidan tuzilganda, guvohlarning ishtirok etishi va imzosi bo‘lmog‘i shart. Ayrim hollarda dalolatnomalar voqea-hodisaning qatnashchilari yoki unga guvoh bo‘lgan kishilarning tashabbusi bilan ham tuziladi. Masalan, savdo muassasalarida xaridor haqiga xiyonat qilingan hollarda dalolatnoma bevosita voqea ishtirokchilari tomonidan tuzilishi mumkin. Tekshirish va dalillar asosida hujjat tayyorlash komissiyasiga o‘rganilishi zarur bo‘lgan voqea, hodisa yoki holatdan xabardor, uni yaxshi tushunadigan va farqiga borib tahlil qila oladigan kishilar kiritiladi.
Dalolatnomaning zaruriy qismlari:

  1. Bosh idora, muassasa va tarkibiy bo‘linma nomi.

  2. Tuzilgan sanasi va joyi.

  3. Tartib raqami va tasdiq belgisi (zarur hollarda).

  4. Hujjat turi nomi (Dalolatnoma).

  5. Matn sarlavhasi.

  6. Hujjatni tuzish uchun asos (muassasa rahbarining buyrug‘i, yuqori idoraning qarori yoki ko‘rsatmasi kabilar).

  7. Komissiya tarkibi (raisi va a’zolar).

  8. Ishtirok etuvchilar (guvohlar).

  9. Dalolatnoma matni.

  10. Ilovalar (har bir ilovaning necha betligi ko‘r satiladi).

  11. Tuzgan va ishtirok etganlarning imzolari.

  12. Ijro haqidagi belgi.

Har bir dalolatnomaning ushbu zaruriy tarkibiy qismlari qatoriga ayrim hollarda boshqa ma’lumotlarni ham qo‘shish mumkin. Chunonchi, ishni qabul qilish-topshirish chog‘ida tuziladigan dalolatnomalarda xodimlar tomonidan topshirilayotgan qimmatdor buyumlar, hujjatlar sanab o‘tiladi (ilovalarda), topshirish vaqtidagi ish ahvoliga baho beriladi, bajarilmagan ishlar qayd etiladi va hokazo.
Dalolatnomaning mazkur shakli umumiy holatni aks ettiradi. Biroq ba’zi hollarda zaruriy qismlarning o‘rni boshqacharoq bo‘lishi ham mumkin. Chunonchi, hujjat nomi varaq o‘rtasida, tuzilgan sanasi hujjat nomi ostida chap tomonda, tuzilgan joyi esa o‘ng tomonda yozilishi mumkin.
Dalolatnoma matnining sarlavhasi o‘rganilayot gan va qayd etilayotgan voqea-hodisaning yoki holatning mazmunidan kelib chiqib qo‘yilishi kerak. Masalan:
Dalolatnoma matni murakkab tuzilishga ega bo‘lib, kirish va ta’kid (qayd, tasdiq) qismlaridan tashkil topadi.
Kirish qismi quyidagi tartibga ega: asos (dalolatnoma yuqori idoralarning normativ hujjatlari yoki muassasa rahbarining yozma buyrug‘iga asosan tuziladi; ishtirokchilarning shaxsiy tashabbusiga ko‘ra tuziladigan dalolatnomalarda bu qism bo‘lmasligi mumkin); tuzildi (kim tomonidan - yakka shaxsmi yoki komissiyami); ishtirok etganlar (asosiy tuzuvchilardan tashqari guvoh sifatida hozir bo‘lganlar yoki taklif etilganlar). Dalolatnoma tuzishda qatnashgan shaxslarni sanaganda, ularning lavozimi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyalari ko‘rsatiladi. Agar dalolatnoma komissiya tomonidan tuzilsa, birinchi bo‘lib komissiya raisi, keyin shu tartibda komissiya a’zolari ko‘rsatiladi.
Komissiya a’zolarining familiyalari, shuningdek ishtirokchilarining familiyalari, odatda, alifbo tartibida yoziladi.
Dalolatnomaning ta’kid qismida komissiya tomonidan amalga oshirilgan ishlarning maqsad va vazifalari, mohiyat va xususiyatlari bayon etiladi, ishni amalga oshirishga asos bo‘lgan hujjatlar ko‘rsatib o‘tiladi, aniqlangan holatlar qayd etiladi. Zaruriy hollarda dalolatnomaning ta’kid qismida aniqlangan holatlar yuzasidan xulosalar va takliflar qilinadi.
Dalolatnoma matni so‘ngida uning necha nusxaligi ko‘rsatiladi. Dalolatnoma, odatda, uch nusxada tuzilib, birinchisi — yuqori idoraga, ikkinchisi — muassasa rahbariga jo‘natiladi, uchinchisi esa hujjatlar yig‘ma jildiga qo‘yish uchun topshiriladi. Shuni ham aytish kerakki, dalolatnoma nusxalarining miqdori manfaatdor tomonlarning soni yoki ushbu hujjatni tuzishni ma’lum tartibga soluvchi normativ hujjatlar ko‘rsatmasiga bog‘liqdir. Dalolatnomaning necha nusxaligi haqidagi ma’lumot asosiy matn bilan ilovalar (agar bor bo‘lsa) yoki imzolar oralig‘ida joylashtiriladi. Dalolatnomaga ilovalar bo‘lgan taqdirda, ular dalolatnoma nusxalari haqidagi ma’lumotdan so‘ng, imzolardan avval joylashtiriladi.
Dalolatnoma sodir bo‘lgan voqea-hodisalarni aniqlashda va mavjud holatlarni tasdiqlashda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi. Bunda hujjat tuzuvchilar yoki tuzishda ishtirok etganlarning lavozimlari qayta ko ‘rsatilmaydi. Dalolatnomaga avvalo komissiya raisi, keyin a’zolari, eng oxirida uni tuzishda ishtirok etganlar imzo q o‘yadi. Komissiya a’zolarining familiyalari ham, ishtirokchilarning familiyalari ham alifbo tartibida keltiriladi. Imzolar tik yoki bo‘ylama tartib bilan qo‘yiladi. Tuzuvchilardan birortasi dalolatnoma mazmuniga yoki uning biror bandiga q o‘shilmagan chog‘da bu haqda imzolardan so‘ng eslatib o‘tiladi. Agar bildirilgan e’tiroz hajmi ko‘p bo‘lmasa, dalolatnomaning o‘zida, imzolardan keyin yozib q o‘yiladi. Aks holda komissiya a’zosi o‘z e’tirozini alohida vara qqa yozib beradi va u dalolatnomaga ilova qilinadi.
Dalolatnoma oddiy bichimdagi varaqda yoki umumiy bosma ish qog‘ozida rasmiylashtirilishi mumkin. U oddiy varaqda tuzilganda to‘rtburchak muhrni qo‘llash maqsadga muvofiqdir, chunki bir qancha doimiy zaruriy qismlar ana shu muhrda aks etishi mumkin.
Dalolatnoma tuzilgandan keyin komissiya undagi voqealarga aloqador va nomi ko‘rsatilgan shaxslarni hujjatning mazmuni bilan tanishtirishi va bu haqda ulardan tasdiq yoki guvohlik imzosini olishi kerak. Yuqorida aytganimizdek, dalolatnomalar turli xil voqea va holatlar munosabati bilan tuziladi, binobarin ularning xillari, mazmuni va shakliy tuzilishi ham bir- biridan o‘zaro farqlanadi. Quyida ulardan ba’zilarini ko‘rib o‘tamiz.
Muassasalarning rahbarlari, moddiy jihatdan mas’ul xodimlarning almashinuvi vaqtida tuziladigan ishni topshirish - qabul qilish dalolatnomalarida muassasa faoliyati ahvolini aniq ko‘rsatuvchi quyidagi asosiy ma’lumotlar qamrab olinishi kerak: rahbarlar almashuvida - rejadagi ishlarning asosiy ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha bajarilishi, moliyaviy va boshqa sifatiy ko‘rsatkichlar (mehnat unumdorligi, daromad, samaradorlik, sarf-xarajat miqdori va b.), shartnomalarning b ajarilishi haqidagi ma’lumotlar, kadrlar bilan to‘ldirish, mehnatga haq to‘lash fondidan foydalanish, hisob bo‘limidagi ishlar ahvoli, ish yuritish va arxivning ahvoli va boshqalar. Muassasaning bosh yoki katta hisobchisi almashuvida — asosan hisob bo‘limi faoliyati atroflicha q amrab olinadi; kadrlar bo‘limi boshlig‘i almashuvida esa asosan xodimlar ish faoliyati bilan bog‘liq va kadrlar bo‘limida saqlanuvchi barcha hujjatlarning umumiy ahvoli o‘rganiladi.
Ishni topshirish-qabul qilish dalolatnomalarining zaruriy qismlari yuqorida ko‘rsatilganidan deyarli farq qilmaydi. Uning «Imzolar» qismida komissiya a’zolari, ishtirokchilar bilan birga ishni topshiruvchining hamda qabul qiluvchining imzolari ham bo‘ladi.

Yüklə 57,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin