Yo‘riqnoma Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlarni tanishtirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat.
Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Eng yuqorida tasdiqlash ustxati.
2. Hujjatning sarlavhasi, (yo‘riqnomaning nomi).
3. Matnning kirish qismi, bo'limlari, kichik bo'limlari va h.k.
4. Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, ota ismi va familiyasi, uning imzosi.
5. Yo'riqnoma tuzilgan vaqt sanasining va tartib raqami, shartli raqami indeksi
Ustav Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, muassasaning tuzilishini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmui. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan me’yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U ko‘proq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi.
Qoida Bu hujjat ichki mehnat tartiboti, ya‘ni unda ishni tashkil etish, xodimlar bilan ma’muriyat o'rtasidagi majburiyatlar, ta'tillar berish tartibi, ichki tartib (ish vaqti va undan foydalanish, yutuqlar uchun rag‘batlantirish va mehnat intizomi buzilgani uchun jazo berish kabi masalalami aks ettiradi).
Qoidalar mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama etiladi va tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Shunday qilib, har bir tashkilotdagi qoidalar soni va mazmuni uning ish tartibi va vazifalaridan kelib chiqaai. Masalan, studentlarning oliy o‘quv yurti binosida o‘zini tutish qoidalari, yotoqxonadan foydalanish qoidalari bunday muassasalarda joriy etilgan qoidalar sirasiga kiradi.
Shartnoma Shartnoma ikki yoki undan ortiq tomonning biron bir munosabatlar o'rnatish haqidagi kelishuvini qayd etuvchi va munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir. Shartnoma to‘g‘risida maxsus qoidalar mavjud bo‘lib, ular O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 353-385 moddalarida bayon etilgan.
Shartnomalar tashkilotlar o‘rtasida, tashkilot bilan fuqaro, shuningdek, fuqaro bilan fuqaro o‘rtasida tuzilishi mumkin. Har qanday shartnoma uning maqsadi va mazmunidan qat'i nazar qonunga muvofiq bo‘lishi kerak.
Shartnomalar hajm jihatiga ko‘ra ancha katta hujjat bo‘lib, asosan, quyidagi qismlardan iborat:
1.Shartnomaning nomi (mahsulot yetkazib berish, uy-joy sotib olish va h.klar).
2. Shartnoma tuzilgan sana.
3. Shartnoma tuzilgan joy (shahar nomi).
4. Shartnoma tuzayotgan tomonlaming aniq va to‘liq nomi , tomonlar
vakillarining to'liq ismlari va vakoiatlari ko‘rsatiladi.
5. Shartnoma matni.
6. Tomonlarning huquqiy manzillari.
7. Tomonlarning imzolari va muhrlari.
Shartnoma matni ko'pincha rim raqamlari bilan belgilanadi. Boblar esa bandlarga bo‘linadi hamda ular arab raqamlari bilan ko'rsatiladi. Matnda tomonlar bajarish lozim bo‘lgan shartlar va boshqa majburiyatlar aniq bayon qilinadi. Ba'zi shartnomalarda keltiriladigan zararlarni to‘lash shartlari ham belgilanadi. Tomonlar shartnomaning barcha moddalari bo'yicha kelishib olganlaridan keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Ko‘p korxonalarda kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlarida yoziladi.
Kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar maxsus bosma ish qog‘ozlari bo‘lmagan taqdirda oddiy buyruq qog‘oziga ham yoziladi. U holda buyruq boshiga «Kadrlar shaxsiy tarkibiga oid» deb yozib qo'yish kerak. Buyruq sarlavhalari: «lshga qabul qilish haqida buyruq», «Boshqa ishga o‘tkazish haqida buyruq», «Ishdan bo‘shatish haqida buyruq», «Mehnat ta’tili berish haqida buyruq», «Rag'batlantirish haqida buyruq» va h.k.
Bunday buyruqlarda kirish qismi bo'lmasligi mumkin. Farmoyish qismida odatda, bandlar, paragraflar bo'ladi. Buyruq qismidagi «QABUL QIL1NSIN», «TAY1NLANSIN», «OTKAZILSIN», « TASHAKKUR BILD1RILS1N», «BO'SHATILSIN» kabi fe’llar bosh harflar bilan yoziladi. Familiya ham bosh harflar bilan, ismi va ota ismi esa matndagi oddiy harflar bilan yoziladi (Masalan, Karimov Sobit Holmatovich).
Buyruqdan ko‘chirma Muassasalarda odatda, xodimga yoki boshqa huquqiy shaxsga muayyan buyruqdan ko‘chirma berishga to'gri keladi.
Zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi.
2. Hujjat nomi ( Buyruqdan ko‘chirma).
3. Sanasi.
4. Raqami (№).
5. Joyi.
6. Sarlavhasi.
7. Matni (asoslovchi qismi, «BUYURAMAN» so‘zi, farmoyish qismidan
kerakli bandi).
8. Imzo chekkan shaxs.
9. Tasdiqlash famiiiyasi (yoniga «imzo» degan so‘z yoziladi) belgisi...
Farmoyish
Muassasa ma’muriyati (direktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis, uning o‘rinbosarlari), shuningdek, bo‘limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo'lib, uning kuchi bo‘limlaming tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqorolarga taalluqli boMadi. Farmoyish matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida «BUYURAMAN» so‘zi o‘miga «TAVS1YA QILAMAN», «RUXSAT BERAMAN» kabi iboralar ishlatiladi.