Ctrl+Shift+“-” – Arjatmaydigan (неразрывный)tire kiritish (ushbu ko‘rinishdagi probel masalan: al va Xorazmiy o‘rtasida kiritilsa al‑Xorazmiy so‘zi birgalikda keyingi satrga o‘tadi, boshqa misollar: qarama‑qarshi, bosqichma‑bosqich);
Ctrl+“-” – keyingi satrga “yumshoq” o‘tkazish (мягкий перенос)(lozim bo‘lganida so‘z o‘sha joyidan bo‘linib keyingi satrda davom etadi);
Ctrl+Tab – Jadvalning yacheykasida tabulyatsiya simvolini kiritish;
Ctrl+Enter – Sahifani biridan ikkinchisini ajratish (Разрыв страницы)simvolini kiritish (tavsiya etamiz, juda qulay funksiya);
Shift+Enter – Satrni biridan ikkinchisini ajratish (Разрыв строки) simvolini kiritish.
Chop etilmaydigan belgilar (Непечатаемые знаки): Ctrl+Shift+8 (Ctrl+“*”) – Chop etilmaydigan belgilarni ko‘rsatish/berkitish.
Imlo (Орфография): F7 – Imloni tekshirish rejimiga o‘tish;
Alt+F7 – Keyingi imloviy xatolikni izlash.