Hujjatlar bilan ishlashning turli dasturiy muhitlari


Lexicon matn muharriri. Lexiconda ishlash



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə4/9
tarix02.01.2022
ölçüsü1,6 Mb.
#38306
1   2   3   4   5   6   7   8   9
HUJJATLAR BILAN ISHLASHNING TURLI DASTURIY MUHITLARI

3. Lexicon matn muharriri. Lexiconda ishlash.

LEXICON matn muharriri (1.2 versiya) o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi matn hujjatlarini tahrirlash uchun mo‘ljallangan.

LEXICONning vazifalari:


  1. Matnlarni ko‘rish va tahrirlash (bunda ilgari tayorlangan matnlar yoki yangi tayyorlangan matnlarni ko‘rish va tahrirlash tugmalari yordamida tahrirlash mumkin).

  2. Matn satrlarini avtomatik ravishda to‘g‘rilash (format qilish, ya’ni matn bo‘laklarini ajratib uning zarur chegaralari – o‘ng va chap tomondan me’yoriy qiymatlarini o‘rnatish).

  3. Matn qismlarini bir joydan boshqa joyga ko‘chirish va olib o‘tish.

  4. Matning satrlarini alohida ajratib ko‘rsatish uchun tagiga chizilgan, oma (kursiv) va qalin harflar (shrift) ishlatish.

  5. Bir vaqtning o‘zida bir nechta hujjatlarni tahrirlash, ya’ni LEXICON taxrirlagichida mavjud bo‘lgan 10 ta oynaning xar biriga turli matnlarni joylashtirib, zarur bo‘laklarni ajratib bir oynadan boshqasiga ko‘chirish, kerakli o‘zgartirishlar kiritish mumkin.

LEXICON dasturini ishga tushirish uchun lexicon.exe faylini ishga tushirish zarur.

LEXICON dasturidan chiqish uchun «F10» tugmachasi bosiladi, hosil bo‘lgan menyuda chap va o‘ng tomonga yo‘naltirish tugmachalari yordamida «Vixod» (chiqish) tanlanadi va “ENTER” bosiladi. Agar matn o‘zgartirilmagan bo‘lsa, LEXICON ishini tugatadi. Aks holda ekran tepasida quyidagi axborot hosil bo‘ladi.

«V okne ne soxranenniy tekst. “ENTER”-soxryanyat, ESC ne soxryanyat, PROBEL – ne vixodit».

Agar ENTER tugmasi bosilsa, matndagi o‘zgarishlar xotiraga (QMD, YuMD) yozilib, dasturdan chiqiladi. ESC – tugmachasi bosilsa o‘zgarishlar xotiraga yozilmay dasturdan chiqiladi, PROBEL bosilsa dastur o‘z ishini davom etdiradi.

Agar LEXICON matnini qaysi faylga yozishni bilmasa, ya’ni matnga fayl nomi berilmagan bo‘lsa, u bu haqda so‘raydi.

LEXICON ishga tushirilgandan so‘ng, ekranning yuqoridagi uch qatorida har doim xizmatchi ma’lumot joylashgan bo‘ladi:

- Birinchi qatorda ish tartibi (matnli yoki grafik) va joriy darchaning raqami joylashadi.

Q Dlya vxoda v menyu najmite F10 1-2-3-4-5-6-7-8-9-0-

- Ikkinchi qatorda menyu joylashgan bo‘lib, uning yordamida matn bilan turli hil amallar bajariladi.

Тekst Leksika Abzas Fragment Stranits Nayti Zamenit Metka Prqg Shrift DOS Vixod

- Uchinchi qatorda LEXICONning ishlash tartibi matnda kursorning joylashgan o‘rni va hokazolar haqida xizmatchi ma’lumot joylashadi.


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin