HUJJATLAR BILAN ISHLASHNING TURLI DASTURIY MUHITLARI.
REJA.
1. Matn muharrirlari.
2. Microsoft WORD matn muharriri va uning imkoniyatlari.
3. Lexicon matn muharriri. Lexiconda ishlash.
4. WD matn muharriri.
5. WordPad yoki Блокнот dasturlari.
1. Matn muharrirlari.
Axborotlarni saqlashning eng qadimiy usullaridan biri yozuv hisoblanadi. Qadimgi odamlar yashagan g'orlar devorlaridagi rasm va yozuvlar buning yaqqol isbotidir. Yozuv texnologiyasi asrlar davomida deyarli o'zgarmadi. Faqatgina yozish vositalari takomillashib bordi. Avval toshlarga o'yib yozilgan bo'lsa, keyinchalik turli bo'yoqlar yordamida yozildi. Xayvon terilariga ishlov berish natijasida toshlarga emas, teriga yozish yo'lga qo'yildi. Qog'oz ishlab chiqarilishi bilan yozish yanada qulaylashdi. Shu bilan birga yozuv quroli xam takomillashib bordi. Yozish uchun toshlar, turli mo'yqalam, qamish-perolar, g'oz patlaridan foydalanildi. Patlar o'rnini peroli ruchkalar, ularni avtoruchkalar, avtoruchkalar o'rnini esa yozuv mashinkalari egalladi. Lekin asosiy jarayon - matnga o'zgartirish kerak bo'lsa uni qaytadan yozish zarurligi o'zgarmadi. Bu juda ko'p kuch va mehnat talab qiladi.
Kompyuterlar matn yozish texnologiyasini tubdan o'zgartirib yubordi. Matnlarni yozish, saqlash, qayta ishlash, qog'ozga chop etish kabi ishlarni bajarishga mo'ljallangan ko'plab dasturlar yaratildi. Bu dasturlar asosan ikki turga bo'linadi: matn muharrirlari va matn protsessorlari. Ularning asosiy farqi kompyuterga kiritilgan matnning ko'rinishiga bog'liq.
Matn muharriri kompyuterda eng ko'p ishlatiladigan dasturlar qatoriga kiradi. Ixtiyoriy rusumli kompyuterlar uchun matn muharrirlari yaratilgan. Xatto bir rusumli kompyuter uchun yaratilgan o'nlab matn muharrirlarini ko'rsatish mumkin. Masalan, Pravets kompyuterlarida "RED", "Volna", "Punktir", IBM kompyuterlarida "WD", "Foton", "Leksikon" va xokazo.
Deyarli barcha matn muharrirlari quyidagi asasiy vazifalarni bajaradi:
ma'lumotlarni kiritish;
xatolarnituzatish;
belgilar, so`zlar, satrlar, abzatslar o`rnini almashtirish yoki o`chirib tashlash;
matnni biror "qolipga solish", ya'ni chap va o`ng tomonlarini to'g'rilash, satrlar orasidagi masofani o`zgartirish;
matnnidiskdasaqlash;
matnnidiskdano'qish;
chop etish.
Matn muharrirlarida asosan matnning mazmuniga etibor beriladi. Ularda matnning ekrandagi va qog'ozdagi ko'rinishi (bezagi) unchalik ahamiyatga ega bo'lmaydi. Matn muharrirlari yordamida matn fayllari hosil qilinadi. Unda faqat kiritilgan matn belgilarining kodlari saqlanadi. Shuning uchun bir matn muharririda hosil qilingan matnni boshqa matn muharririda qiyinchiliksiz qayta ishlash mumkin bo'ladi
Matn protsessorlari matnning faqat mazmuni emas, balki tashqi ko'rinishi xam katta axamiyatga ega bo'lganda qo'llaniladi. Matn protsessorlari matnning tashqi ko'rinishiga ta`sir etish imkoniyatiga ega. Masalan, matnga turli rasm va jadvallar joylashtirish, belgilarning o'lchami, rangi va ko'rinishlarini o'zgartirish va xokazo.
Matn protsessorlari odatda rasmiy hujjatlar tayyorlashda ko'p qo'llaniladi. Matn protsessori yordamida tayyorlangan matn hujjat deb yuritiladi.
Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko'rinishi xaqidagi (shrift turi, o'lchami, rangi va xokazo) axborotni xam o'zida saqlaydi. Bu-lar maxsus kodlar bo'lib, ekranda ham, qog'ozda ham ko'rinmaydi.
Turli matn portsessorlarida matnni bezatish uchun turli kodlar qo'llaniladi. Bunday hollarda hujjatlar xar xil formatga ega deyiladi. Shu sababli formatlangan matnli hujjatlarni bir matn protsessoridan boshqasiga olib o'tishga xar doim ham erishib bo'lmaydi.
Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko'rinishi turlicha bo'lgani bilan, ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi. Shuning uchun biror matn muharririda ishlashni mukammal o'rganib olsangiz boshqa matn muharrirlarida ishlashni ham qiyinchiliksiz o'zlashtirib olasiz.
Matn muharrirlarining asosiy elementlari: ishchi maydoni, yurgich va menyu.
^ Ishchi maydoni. Matn muharriri kompyuter ekranida "ishchi maydoni" deb ataladigan maxsus joy ajratadi. Ishchi maydoni matn yozish uchun sahifa vazifasini bajaradi. Kiritilayotgan matn ishchi maydonida aks ettirilib boradi.
Yurgich. Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydonining qaerida aks etishini ko'rsatib turadi. Odatda gorizontal yoki vertikal chiziqcha ko'rinishida bo'ladi.
Menyu. Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. Ular yordamida asosan matnlarni diskdan o'qish, diskka yozish, chop etish kabi ishlar amalga oshiriladi.
Yurgich va ishchi maydonining ko'rinishi matn muharriri ishiga aytarlik ta`sir ko'rsatmaydi. Ular turli matn muharrirlarida bir oz farq qilishi mumkin.
Matn muharrirlari asosan menyusi bilan bir-biridan farqlanadi. Menyudagi buyruq va amallar matn muharrirlarining imkoniyatlarini belgilaydi. Ular qanchalik ko'p bo'lsa, matn muharrirlarining imkoniyatlari shuncha yuqori bo'ladi. Turli matn muharrirlarining mos buyruqlari bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Ular bir oz farqlansada, ma`nosini tushunib olish qiyinchilik tug'dirmaydi. Masalan, matnni diskka yozish buyrug'i ba`zi matn muharrirlari menyusida "yozish" deb nomlangan bo'lsa, boshqalarida "saqlash" deb nomlangan. Shu kabi matnni diskdan o'qish buyrug'i turli matn muharrirlarida "o'qish", "yuklash" yoki "ochish" deb nomlanishi mumkin. Mazkur buyruqlar nomlari turlicha bo'lsa xam, deyarli bir xil ma`noni va aynan bir xil vazifani bajaradi.
Dostları ilə paylaş: |