Hujjatlashtirish-Buxgalteriya hisobining obyektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz kuzatishni amalga oshirish imkonini -beradigan dastlabki aks ettirish
Inventarizatsiya-Korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish
Baholash-Xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish
Kalkulyatsiya-Yaratilgan mahsulot (ish va xizmat)lar birligi tannarxini aniqlash
Schyotlar tizimi-Mablag‘lar tarkibi va joylashtirilishi, ularning manbalari bo‘yicha aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish
Ikkiyoqlama yozuv-Har bir xo‘jalik muomalasining summasi ikki marotaba: bir schyot debeti va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq boshqa schyotning kreditida aks ettirish
Buxgalteriya balansi-Muayyan sanaga korxonaning mol-mulki va ularning manbalari to‘g‘risidagi axborotni iqtisodiy guruhlashtirish hamda pul bahosida umumlashtirish
Hisobot-Moliyaviy xo‘jalik faoliyatini tavsiflaydigan umumlashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimini o‘zida mujassamlashtiradi