Himoyalangan masofaviy foydalanshlarni tashkil etish.
Axborot xavfsizligining xizmatlari va mexanizmlari. Axborot-kommunikatsion tizimlar va tarmoqlar xavfsizligiga qo’yiladigan talablar
Axborot xavfsizligining siyosatini ishlab chiqishda, avvalo himoya qilinuvchi ob’ekt va uning vazifalari aniqlanadi. So’ngra dushmanning bu ob’ektga qiziqishi darajasi, hujumning ehtimolli turlari va ko’riladigan zarar baholanadi. Nihoyat, mavjud qarshi ta’sir vositalari yetarli himoyani ta’minlamaydigan ob’ektning zaif joylari aniqlanadi.
Samarali himoya uchun har bir ob’ekt mumkin bo’lgan tahdidlar va xujum turlari, maxsus instrumentlar, qurollar va portlovchi moddalarning ishlatilishi ehtimolligi nuqtai nazaridan baholanishi zarur. Ta’kidlash lozimki, niyati buzuq odam uchun eng qimmatli ob’ekt uning e’tiborini tortadi va ehtimolli nishon bo’lib xizmat qiladi va unga qarshi asosiy kuchlar ishlatiladi. Bunda, xavfsizlik siyosatining ishlab chiqilishida yechimi berilgan ob’ektning real himoyasini ta’minlovchi masalalar hisobga olinishi lozim.
Qarshi ta’sir vositalari himoyaning to’liq va eshelonlangan kontseptsiyasiga mos kelishi shart. Bu degani, qarshi ta’sir vositalarini markazida himoyalanuvchi ob’ekt bo’lgan kontsentrik doiralarda joylashtirish lozim. Bu holda dushmanning istalgan ob’ektga yo’li himoyaning eshelonlangan tizimini kesib o’tadi. Mudofaaning har bir chegarasi shunday tashkil qilinadiki, qo’riqlash xodimining javob choralarini ko’rishiga yetarlicha vaqt mobaynida xujumchini ushlab turish imkoni bo’lsin.
So’nggi bosqichda qarshi ta’sir vositalari qabul qilingan himoya kontseptsiyasiga binoan birlashtiriladi. Butun tizim hayoti tsiklining boshlang’ich va kutiluvchi umumiy narxini dastlabki baholash amalga oshiriladi.
Agar bir binoning ichida turli himoyalash talablariga ega bo’lgan ob’ektlar joylashgan bo’lsa, bino otseklarga bo’linadi. SHu tariqa umumiy nazoratlanuvchi makon ichida ichki perimetrlar ajratiladi va ruxsatsiz foydalanishdan ichki himoya vositalari yaratiladi. Perimetr, odatda, fizik to’siqlar orqali aniqlanib, bu to’siqlardan o’tish elektron usul yoki qo’riqlash xodimlari tomonidan bajariluvchi maxsus muolajalar yordamida nazoratlanadi.
Yuqoridagi keltirilgan talablar tahlili ko’rsatadiki, ularning barchasi axborotni ishlash va uzatish qurilmalaridan xuquqsiz foydalanish, axborot eltuvchilarini o’g’irlash va sabotaj imkoniyatini yo’l qo’ymaslikka olib keladi.
Binolar, imoratlar va axborot vositalarining xavfsizlik tizimini nazorat punktlarini bir zonadan ikkinchi zonaga o’tish yo’lida joylashtirgan holda kontsentrik halqa ko’rinishida tashkil etish maqsadiga muvofiq hisoblanadi.
Xavfsizlikning fizik vositalarini tanlash himoyalanuvchi ob’ektning muhimligini, vositalarga ketadigan harajatni va nazorat tizimi ishonchliligi darajasini, ijtimoiy jihatlarni va inson nafsi buzuqligini oldindan o’rganishga asoslanadi. Barmoq, kaftlar, ko’z to’r pardasi, qon tomirlari izlari yoki nutqni aniqlash kabi biometrik indentifikatsiyalash ishlatilishi mumkin. SHartnoma asosida texnik vositalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni ob’ektga kiritishning maxsus rejimi ko’zda tutilgan. Bu shaxslar identifikatsiyalanganlaridan so’ng ob’ektga kuzatuvchi hamrohligida kiritiladi. Undan tashqari ularga aniq kelish rejimi, makoniy chegaralanish, kelib-ketish vaqti, bajaradigan ish xarakteri o’rnatiladi.
Vaqti-vaqti bilan eshiklar, romlar, tom, ventilyatsiya tuynuklari va boshqa chiqish yo’llarining fizik himoyalanish ishonchliligini tekshirib turish lozim.
Har bir xonaga ichidagi narsaning muhimliligiga bog’liq foydalanish tizimiga ega bo’lgan zona sifatida qaraladi. Kirish-chiqish xuquqi tizimi shaxs yoki ob’ekt muhimligiga bog’liq holda selektsiyali va darajalari bo’yicha rutbalangan bo’lishi shart. Kirish-chiqish xuquqi tizimi markazlashgan bo’lishi mumkin (ruxsatlarni boshqarish, jadval va kalendar rejalarining rejalashtirilishi, kirish-chiqish xuquqining yozma namunalari va h.).
SHaxsiy kompyuter va fizikaviy himoya vositalari kabi o’lchamlari kichik asbob-uskunalarni ko’zda tutish mumkin.Yuqorida keltirilganlarga xulosa qilib, kompyuter tarmoqlarini himoyalashda axborot xavfsizligi siyosati qanday aniqlanishi xususida so’z yuritamiz. Odatda ko’p sonli foydalanuvchilarga ega bo’lgan korporativ kompyuter tarmoqlari uchun maxsus "Xavfsizlik siyosati" deb ataluvchi, tarmoqda ishlashni ma’lum tartib va qoidalarga bo’ysindiruvchi (reglamentlovchi) hujjat tuziladi.
Demak, kompyuter tarmog’ida axborotni samarali himoyasini ta’minlash uchun himoya tizimini loyihalash va amalga oshirish uch bosqichda amalga oshirilishi kerak.
Birinchi bosqich - kompyuter tarmog’ining zaif elementlari taxlillanadi, tahdidlar aniqlanadi va baholanadi, himoyaning optimal vositalari tanlanadi. Xavf-xatarni taxlillash xavfsizlik siyosatini qabul qilish bilan tugallanadi.
Ikkinchi bosqich - xavfsizlik siyosatini amalga oshirish moliyaviy xarajatlarni hisoblash va masalalarni yechish uchun mos vositalarni tanlash bilan boshlanadi. Bunda tanlangan vositalar ishlashining ixtilofli emasligi, vositalarni yetkazib beruvchilarning obro’si, himoya mexanizmlari va beriladigan kafolatlar xususidagi to’la axborot olish imkoniyati kabi omillar hisobga olinishi zarur. Undan tashqari, axborot xavfsizligi bo’yicha asosiy qoidalar aks ettirilgan printsiplar hisobga olinishi kerak.
Uchinchi bosqich - xavfsizlik siyosatini madadlash bosqichi eng muhim hisoblanadi.