_________________________________ 7 _______________________________ qo’llash imkoniyatlari kiradi. Yangilik pedagogik yangilik meyori sifatida o’zida taklif
qilinadigan yanginni, yangilik darajasini mohiyatini aks ettiradi.
Mamlakatimizda ilmiy va innovatsionfaoliyatni rivojlantirish uchun avvalo yosh,
iqtidorli kadrlar zarur.Shuni nazarda tutgan holda, biz sizlarning boy bilim va tajribangizga
tayanamiz. Shu maqsadda sizlarni, ilmiy yo’nalishlaringizdan kelib chiqib, respublikamizdagi
oliy o’quv yurtlari, o’rta maxsus ta’limi muassasalariga hamda ishlab chiqarish korxonalariga,
vazirlik va idoralarga, yirik banklarga biriktirishni lozim topdik”[2] O’zbekiston respublikasi
Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev.
Hozirgi davrda yurtimizda innovatsion ta’lim-tarbiyani rivojlantirishda Milliy g’oyani
yanada rivojlantirishga ehtiyoj katta. Rivojlangan texnologiya zamonida yoshlarimiz ongiga
Milliy g’oyamizni innovatsion yo’nalish bilan singdirish lozim. Bunda albatta bu fanni amaliy
va nazariy jihatdan innovatsion va texnologig takomillashtirish zarur.
2018-yil 17-iyul kuni O’zbekiston Prezidenti huzurida ta’lim tizimi rahbarlari
ishtirokida o’tkazilgan yig’ilishda inson resurslarini rivojlantirish poydevori bo’lgan,
yoshlarda bilim, dunyoqarash va ma’naviyat asoslarini shakllantiruvchi umumiy o’rta ta’lim
tizimini tubdan isloh qilish masalalari muhokama qilindi.
Milliy g‘oya millatning milliy negizlariga tayanib rivojlanib, shakllanib boradi va shu
bilan birga insoniyat erishgan ilg‘or g‘oyalarga tayanadi va ularning ta’siri asosida boyib
boradi. Shuning uchun ham milliy g‘oya o'zida umuminsoniy g‘oyalarni mujassam etadi.
Butun dunyoda globallashuv jarayoni bo’layotgan davrda ta’lim-tarbiyaga ehtiyoj
ortib boradi. Bunda Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fani ham o’z o’rniga ko’ra vatan uchun
har tomonlama yetuk salohiyatga ega yoshlarni tarbiyalashda muhimdir. Tarixdan ma’lumki,
o’zga hududlarni zabt etish yoki himoyalanish maqsadida urush qurollari uzluksiz
takomillashtirib borilgan. Bundan maqsad bosib olinmoqchi bo’lgan davlat hokimiyati va
boyliklarini qo’lga olish bo’lgan. Bugungi kunda esa o’zga davlat hokimiyati va boyliklarini
qo’lga olish uchun ularning aholisini qirib tashlash yoki jismonan asir qilib olish shart
emas.Chunki tajovuzkor g’oya va mafkura bilan qalbi va ongi zabt etilgan xalq shusiz ham
yov qo’liga taslim bo’ladi. Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasida ikkita kuchning
o’zaro kurashi aniq ko’zga tashlanmoqda, buning birinchisi xalqlarni taraqqiyot sari
yetaklayotgan ilg’or mafkura, ikkinchisi esa ularning yo’lida g’ov bo’lishga urinayotgan
Международный научный журнал «ВЕСТНИК НАУКИ» № 5 (26) Т.2 ..……………… ……….. МАЙ 2020 г. ______________________________________________________________________________________________