Huquq normalarini sharhlash usullari


Huquq normalarini sharhlash usullari



Yüklə 29,56 Kb.
səhifə4/6
tarix28.11.2023
ölçüsü29,56 Kb.
#167526
1   2   3   4   5   6
HUQUQ NORMALARINI SHARHLASH USULLARI

3. Huquq normalarini sharhlash usullari
Huquqiy normalarni sharhlash ilmiy tomondan ishlab chiqilgan va hayotda sinab ko’rilgan bir qator maxsus usullar orqali amalga oshiriladi. Bu usullar huquqiy normalarning ma’nosi va mazmunini ochishga yordam beradi.
Huquq normasini sharhlash usullari – bu huquq normasining mazmuni vamohiyati hamda unda aks etgan huquq ijodkorining irodasini anglash imkonini beradigan usul va vositalar majmuidir.
Huquq normasini sharhlash usullari – bu sharhlovchi subyekt tomonidan huquqiy qoidalar mazmunini aniqlashtirish maqsadida, bilishning ilmiy tafakkurga asoslangan maxsus yo’llaridir.1
Huquqiy normalarning mazmunini aniqlash uchun quyidagi usullar ishlatiladi: grammatik usul, mantiqiy usul, tarixiy-siyosiy usul, sistematik usul, funksional usul va maxsus-yuridik usul. Bu usullar orqali huquqiy normalarning barcha xususiyatlari aniqlanadi:
a. huquqiy normaning turlari va uning mazmuni;
b. huquqiy normaning yozilgan tili;
c. huquqiy normaning huquq tizimida tutgan o’rni va hokazo.
Grammatik usulda qo’llaniladigan huquqiy norma mazmuni uning matni grammatik—filologiya, til qoidalariga asosan tahlil qilib beriladi.2 Huquqiy norma matnidagi so’z va iboralarning, masalan O’zbekiston Respublikasining “Jinoyat Kodeksi” dagi “yomon oqibatlar”, “ig’vo qilish”, “jinoyat tarkibi” va boshqalarning mazmuni aniqlanadi. Bunda huquq normasi matnidagi har bir so’z va jumlaning mazmuni grammatik jihatdan to’g’ri va noto’tg’riligi tahlil qilinadi. Grammatik usulda tatbiq qilinadigan huquqiy norma turli joylarda uchraydigan so’z va iboralarning to’g’riligiga, ularning o’xshashlik va bog’liqlik tomonlariga e’tibor berib, huquqiy normalarning mazmunini aniqlab, keyin ular sharhlanadi. SHarhlashning bunday usuli orqali umum qo’llaniladigan alohida iboralarning ahamiyati hamda terminologik mazmuni aniqlanadi (masalan: epidemiya, retsidiv, ipoteka va boshqalar). Bunda eng avvalo, qonunshunos ushbu so’zlarga qanday mazmun baxsh etganligini aniqlash muhimdir.
Mantiqiy usulda tatbiq etiladigan huquqiy normalarning mazmuni mantiq fanining qonuniyatlariga asosan aniqdanadi. Bunda huquqiy normaning matnidagi ifodalar, tushunchalar bir-biri bilan ichki va uzviy mantiqiy jihat-dan bog’langanligiga e’tibor berilib, huquqiy normaning mazmuni aniqlanadi. Masalan, O’zR FKning 15-modtsasida «Ruhiy kasalligi yoki akli zaifligi sababli o’z harakatlarining ahamiyatini tushuna olmaydigan yoki ularni idora qila olmaydigan fuqaro sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, deb topilishi mumkin», deyilgan. Demak, voyaga etgan fuqaro ruhiy kasal bo’lsa ham, to sud tomonidan «muomalaga layoqatsiz», deb qaror chiqarilib, tan olinguncha mantiqan muomalaga layoqatli, deb faraz qilinadi.
Mantiqiy sharhlash grammatik sharhlashdan farqli ravishda qonun va normadagi so’zlarning tom ma’nosini aniqlashga emas balki, qonunshunos ifodalab bermoqchi bo’lgan va aniq so’z shaklida ko’rsatib qo’yilmagan qoidaning mohiyatini aniqlashga xizmat qiladi. Mantiqiy sharhlash orqali qonunning ikki xil talqin qilinishi kelib chiqadi. Ularning birinchisi, qonunning asl mohiyati bo’lsa, ikkinchisi, mantiqiy sharhlash orqali aniqlangan mohiyati. Mantiqiy sharhlash uslubini faqat bittagina qonunni sharhlash uchungina emas, balki qonunlar tizimini sharhlash va u orqali ma’lum bir xulosaga kelish uchun ham qo’llash mumkin.
Tarixiy-siyosiy usulda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning mazmuni qaysi tarixiy.sharoitda, davlatning qaysi organi tomonidan, qanday maqsadda chiqarilganligi aniqlanadi. Bu normativ hujjatni qabul qilish maqsadini, uning vujudga kelishiga sabab bo’lgan ijtimoiy-siyosiy vaziyatini va joyi, vaqti va normativ hujjatni qo’llash amaliyotini aniqlab olishni taqozo etadi. Masalan, 1926-yilda qabul qilingan O’zR JKda bezorilik to’g’risidagi moddada fuqarolar tomonidan korxonalarda, muassasalarda va jamoat joylarida bezorilik qilish xususidagi so’zlar bor edi. Hozirgi harakatdagi, 1994 yilda qabul qilingan O’zR JKning 227-moddasi 1-qismida bezorilik jinoyatiga quyidagacha ta’rif berilib, unda yuqoridagi so’zlar olib tashlangan: «Bezorilik, ya’ni jamoat joylarida tartib - qoidalarga qasddan hurmatsizlik bildirish, urish - do’pposlash, badanga yengil shikast etkazish yoki o’zganing mulkiga shikast etkazish yoxud nobud qilish jiddiy zarar etkazish bilan bog’liq holda sodir etilsa - eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha mikdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi».
Tarixiy-siyosiy usulda har bir huquqiy normaning qanday sharoitda, qanday maqsadda chiqarilganligiga e’tibor beriladi.
Bu usul tergov, prokuratura va sud organlarida huquqiy normalar bilan tegishli ishlarni ko’rib hal qilishda muhim rol o’ynaydi. “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xodimlari uchun tarixiy-siyosiy sharhlash juda muhim. CHunki aynan shu faoliyat davlat manfaatlari va ularni himoya qilish bilan uzviy bog’liq. SHuning uchun ham qonunchilikning siyosiy maqsadini tushunish, uning tarixini bilish ishning sifatli va bir maqsadga qaratilgan bo’lishiga yordam beradi”1.
Sistematik (tizimli) usulda - tatbiq etiladigan huquqiy normaning mazmunini boshqa huquqiy normalar bilan solishtirib, uning tegishli huquq sohasi normalari tizimidagi o’rnini aniqlash kerak.Tizimli sharhlash huquq normalari o’rtasidagi ziddiyatlarni aniqlashga yordam beradi.Bu usulda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning yangisi bilan almashtirilganligi, qo’llashda qoidadan istisno bor-yo’qdigi aniqlanadi.Masalan, O’zR FKning 321-moddasida mulkni ijaraga oluvchi tomonidan yomonlashtirilgan holda etkazilgan zararlarning ijaraga beruvchiga to’lanishi to’g’risida aytiladi.Zararning to’la-nishi to’g’risida O’zR FKning 479-moddasida ham aytiladi. Bu erda zarar etkazilishi, shartnoma bo’yicha olingan majburiyatning buzilishi uchun bu moddalar bir-biri bilan solishtirilib, etkazilgan zararning undirilishi masalasi o’zR FKning 479-moddasi bilan emas, balki 321-moddasi bilan hal etiladi.
Muayyan turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonunchilik hujjatlaridagi bo’shliqlarni aniqlashda ularni tizimli tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, huquq tizimiga birlashgan normativ hujjatlar bir-birini to’ldirib, aniqlashtirib turadi va ijtimoiy munosabatlarni to’liqroq tartibga solinishini ta’minlaydi. Tizimli sharhlashda tegishli qonun normasi boshqa turdosh normalar bilan taqqoslanadi va ular o’rtasidagi ziddiyatlar aniqlanadi. Bu usuldan qonun hujjatlari yangi tahrirda qabul qilinganda yoki boshqasi bilan almashtirilganda, eskisida nazarda tutilgan va yangisida nazarda tutilishi kerak bo’lgan holatlar e’tibordan chetda qolib ketmaganligini aniqlashda foydalanish mumkin.
Agar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi norma boshqa huquqiy hujjatga havola qilsa, u havola qilayotgan normativ hujjatga murojat qilish lozim bo’ladi. Agar havola qilingan normative hujjat bo’lmasa, bu holda o’z o’zidan bo’shliq mavjudligi aniqlanadi. Huquqdagi bo’shliqning vujudga kelishining oldini olish maqsadida qonun normasi bilan bir qatorda u havola qilayotgan normalar ham qabul qilinishi lozim, aks holda qonunning qo’llash jarayonida huquqdagi bo’shliq vujudga kelishi mumkin. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 64-moddasi 4-qismida “Aksiyadorlar jamiyatining huquqiy mavqei hamda aksiyadorlarning huquq va burchlari ushbu Kodeks (bu erda, Fuqarolik kodeksi) va boshqa qonunlar bilan belgilanadi”1, deyilgan.Bu yerda ko’rib turganimizdek boshqa qonunlar deganda qonunshunos qanday qonunlar ekanligini nazarda tutmagan. Albatta, qonunlarda bunday holatlarning kiritib qo’yilishi tartibga solinuvchi obyekt doirasining kengligi va bitta qonun normasi bilan tartibga solib bo’lmasligida ifodalanadi. SHuningdek, qonunda kiritib qo’yilgan “boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi”, degan jumla shunday holat belgilan gan qonundan ham avval, ham keyin qabul qilinadigan qonunlarni nazarda tutadi.
Funksional usul – huquq normasi tadbiq etiladigan shart-sharoit va omillarga asoslanib qilinadigan sharhlash. Muayyan holatlarda huquq normasining mazmunini aniqlash uchun faqat uning rasmiy tahlili va uni amalga oshirishning umumiy shartlarini e’tiborga olishning o’zi kifoya qilmaydi. Bunda sharhlovchi norma amalga oshiriladigan shart-sharoitlar va omillarni ham hisobga olishi lozim bo’ladi. Eng avvalo, bu baho beruvchi deb nomlanadigan atamalar (“uzrli sabablar”, “jiddiy zarar”, “katta ziyon”,”oxirgi zarurat”) ga taalluqli. Joyi, vaqti va boshqa omillarni hisobga olib, bir xil holatlar uzrli yoki uzrsiz deb, jiddiy yoki engil deb e’tirof etilishi mumkin va hokazo. Ba’zi holatlarda huquq ijodkori muayyan sharoitlarni hisobga olish vazifasini yuklaydi, ya’ni funksional sharhlashga murojaat etishga majbur qiladi. Jumladan, ma’naviy zarar hajmini belgilashda adolat va oqillik talablari, shuningdek, ma’naviy zarar keltirgan daliliy holatlar e’tiborga olinishi lozim.
Maxsus-yuridik usul – maxsus yuridik bilimlar asosida qonunchilikda qo’llanilgan yuridik terminlarning mazmunini tushuntirib berish.



Yüklə 29,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin