B U Y U R A M A N: 1. O‘z vazifasiga sovuqqonlik bilan qaraganligi uchun «Lazzat» birlashmasi ishchilarini yil yakunlari bo‘yicha mukofotlash nizomi» ning 32-bandiga muvofiq sex boshlig‘i D.A.Rahimova yil yakuni bo‘yicha mukofotdan 100 % mahrum qilinsin.
Direktor (imzo) B.R.Hakimov
Asliga to‘g‘ri : (imzo) K.L.Hotamova
Esda saqlang! Farmoyish hujjatlari rahbarlar tomonidan chiqariladigan hujjatlardir. Farmoyish hujjatlariga buyruq, farmoyish, ko‘rsatma kiradi.
“SO‘Z USTASI” o‘yini
Unda talaba yoki guruhlar bir-birlari bilan kim 5 daqiqa ichida nechta so‘z topa olishi bo‘yicha musobaqalashadilar. Ajratilgan vaqtda hujjatlarga oid eng ko‘p so‘z topa olgan guruh yoki talaba g‘olib hisoblanadi. Lekin birorta so‘z qaytarib yozilmasligi kerak. O‘yin oxirida eng ko‘p so‘z topa olgan “So‘z ustasi” nomini oladi.
Tayanch so‘z va iboralar Farmoyish hujjatlari, buyruq, asosiy tarkib, kadrlar shaxsiy tarkibi, rozilik bildiruvchilar, farmoyish, ko‘rsatma.
O‘z-o‘zini nazorat qilish, muhokama uchun savol va topshiriqlar 1. Buyruq qanday tayyorlanadi?
2. Uning asosiy qismlari nimalardan iborat?
3. Buyruqdan ko‘chirma qanday rasmiylashtiriladi?
4. Farmoyish nima?
5. Ko‘rsatma qanday tayyorlanadi?
6. «Ish yuritish» kitobidan buyruq, buyruqdan ko‘chirma, farmoiy va ko‘rsatma namunalari bilan tanishing. O‘zingiz ishga qabul qilish haqidagi buyruq, farmoiy va ko‘rsatma loyihasini tayyorlang.
TESTLAR 1.Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar qanday hujjatlar turiga kiradi?
a) tashkiliy hujjatlar
b) Farmoyish hujjatlar
c) xizmat bilan bog‘liq hujjatlar
d) umumiy hujjatlar
2.Ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish yo‘lidagi kelishuvi, boshqacha aytganda, tomonlarning biron-bir munosabatlar o‘rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd etuvchi va munosabatlarni tartibga soluvchi hujjat - bu.
a) Shartnoma
b) Farmoyish
c) Dalolatnoma
d) Farmoyish xati
3. Muassasa ma’muriyati, shuningdek, bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan, amal qilish muddati cheklangan, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladigan hujjat - bu..
a) Farmoyish
b) buyruq
c) farmon
d) da’vo xati
4. Farmoyish hujjatlari
a) buyruq, farmoyish, ko‘rsatma
b) buyruq, farmoyish
c) buyruq
d) ko‘rsatma
5. … doimiy ravishda shaxsan rahbar tomonidan tayyorlanadi. Bu hujjat –
a) farmoyish
b) ariza
c) buyruq
d) ko‘rsatma
6. Asosiy matni asoslovchi va farmoyish qismlaridan tarkib topadigan hujjat –
a) farmoyish
b) ariza
c) buyruq
d) ko‘rsatma
7. Korxonalarda axborot metodik tusdagi masalalar, shuningdek buyruqlar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlarning ijrosi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkiliy masalalar yuzasidan chiqariladigan huquqiy hujjat…
a) farmoyish
b) ariza
c) buyruq
d) ko‘rsatma
8. Buyruqlar mazmuni va vazifasiga ko‘ra
a) uch turga bo‘linadi
b) ikki turga bo‘linadi
c) besh turga bo‘linadi
d) olti turga bo‘linadi
9. Xodimlarni ishga olish, ishdan bo‘shatish, boshqa lavozim yoki ishga o‘tkazish, rag‘batlantirish, mehnat ta’tili berish, mehnat ta’tilidan chaqirib olish kabilar rasmiylashtiriladigan buyruq turi…
a) korxona faoliyatiga doir buyruqlar
b) kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar
c) korxona faoliyatiga doir buyruqlar va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar
d) to‘g‘ri javob yo‘q.
10. Buyruqlarning bir qator turlari mavjud bo‘lib, ularga:
a) umumiy masalalar bo‘yicha
b) shaxsiy tarkib bo‘yicha