Husayn voiz koshifiyning asarlarida nutq madaniyatiga oid qarashlari


“Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida”



Yüklə 29,43 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü29,43 Kb.
#200080
1   2   3
1-41-43

“Ilm-fan muammolari magistrantlar talqinida”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
~ 42 ~ 
ezgulikning poydevori sifatida olib qaraladi.Koshifiy “Ahloqi muhsiniy” asarida adolat 
tushunchasiga, ayniqsa, batafsil to‘xtaladi va uni o‘ziga xos sharhlaydi.” 

Adolat zulm ko‘rganlarning dodiga yetib, ahvollariga shavqat nazari bilan 
qarash demak. Ehson esa g‘ussa tig‘idan majruh bo‘lganlarning jarohatiga rohat 
malhamini surish demakdir”.
[“Ahloqi muhsiniy”. 42-bet ]. Demak, olim adolatning 
savobini cheksiz deb bilgan Adolatli bo‘lish bu zulm ko‘rgan insonlarga yordam berish 
ularning dardiga darmon bo‘lish, insoniylikning belgisi sifatida ta’riflagan. Doima 
adolatli bo‘lish va adolat tarafida turish kishiga manfaat olib keladi,chunki haqiqat 
yo‘li kishini muvaffaqiyat sari olib borishi aniq. Haqiqat tarafdori bo‘lish orqali obro‘-
e’tibor, hurmat-ehtirom orttiradi va dunyoda xech kimdan tili qisiq bo‘lmaydi. 
Adolatsizlik esa, buning aksi. Kishi haddidan oshgani, o‘zini yo‘qotib qo‘ygani 
tufayligina adolat mezonodan o‘tishi mumkin. 
Insonlarni adolat va haqiqat asosida harakat qilishga majbur qiladigan fazilatlar, 
uning irodasining to‘g‘riligiga olib keladi va odamlarni illatlardan uzoqlashtiradi. 
Ko‘pincha xulqning yaxshiligi xalq bilan birga zikr qilinadi. “Falonchining xulqi ham 
go‘zal, xalqi ham go‘zal”, - deyiladi.Bu uning ichi ham, sirti ham yaxshi deganidir. 
Xulqdan murod ichki surat, xalqdan murod tashqi suratdir. Zotan inson jasad va 
nafasdan iboratdir. Jasad tan ko‘zi ila, nafs qalb ko‘zi ila idrok qilinadi. Ularning har 
birining o‘ziga yarasha shakl shamoili, chiroyli va xunuk surati bor. Qalb ko‘zi bilan 
idrok qilinadigan nafs tan ko‘zi bilan idrok qilinadigan jasaddan ulug‘dir. Shuning 
uchun ham amallar yaxshi bo‘lsa “yaxshi xulq” deb, yomon bo‘lsa, “yomon xulq” deb 
ataladi. Kimki yaxshi kishilar bilan ko‘proq hamsuhbat bo‘lsa, u inson hamisha 
niyatiga yetadi Bu haqda Koshifiy “
Yaxshilar bilan hamsuhbat va donolar bilan 
hamnishin bo‘lish saodati abadiy kimyosi va doimiy davlat rahnamosidir“ [“
Ahloqi 
muhsiniy” 205-bet
] – 
deya ta’rif bergan. Bu ayni haqiqat yaxshilarning suhbati 
chinakam saodatga eltuvchidir. Yomonlarning aralashuvi esa baxtsizlikka 
boshlovchidir. Bunga shak-shubha yo‘q. Yaxshilarning suhbati insonga ko‘p va xo‘b 
foyda beradi. Faqat chiroyli odob sharti bilan. “Yaxshilar bilan suhbat qurish” bayonida 
podshohlar saltanatni uzoq ushlab turishining boisi hargiz suhbatlarini hakimlar va 
fozillardan xoli, ularning kengashisiz hech hukm yuritmasligida deb biladi. Bunga 
misol tariqasida yunoniylarning rasm rusumlari haqida aytib o‘tishimiz mumkin. Ular 
viloyatlarga hokim tanlashda ilmli, fozil kishilardan bo‘lishini xohlaganlar. “
Xabarda 
yozilishicha, yaxshi hamsuhbat attor kabi bo‘lib, garchi mol-mulkdan bermasa ham, 
uning hididan bahramand bo‘lasan, yomon hamsuhbat temirchi kabi bo‘lib, garchi 
o‘tida kuymasang ham, tutun va issig‘idan alamnok bo‘lasan.
”.
 [“
Ahloqi muhsiniy” 
207-bet
]. 
Ya’ni, yaxshi hamsuhbat mushki anbar olib yurgan kishiga o‘xshaydi. Birga 
yursang mushkidan beradi, bermasa ham, uning hush bo‘yidan bahranmand bo‘lasan, 
Yomon hamsuhbat temirchiga o‘xshaydi. Yo kiyimingni kuydiradi, yoki uning 
badbo‘y hidi senga ham urib qoladi deyilgan. Shunday ekan, inson axloqini go‘zal va 



Yüklə 29,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin