Ilm-fan va innovatsiya ilmiy-amaliy konferensiyasi



Yüklə 411,33 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix22.10.2023
ölçüsü411,33 Kb.
#159490
  1   2   3
Ilm-fan va innovatsiya 0608



ILM-FAN VA INNOVATSIYA 
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
 
in-academy.uz/index.php/si 
24 
ILMIY-PEDAGOGIK TADQIQOT METODLARINING 
PEDAGOGIKA SOHASIDA TUTGAN O’RNI 
Tojiboyeva Muqaddasxon Raxmatjon qizi 
Farg’ona davlat universiteti 1-bosqich talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7920305
 
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada pedagogika sohasida mavjud bo’lgan ilmiy-pedagogik tadqiqot 
metodlari haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tilgan.Shuningdek, ushbu metodlarning 
ahamiyati va ularni pedagogika sohasida tutgan o’ni haqida so’z yuritilgan.Metodlarning 
muhim jihatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. 
Kalit so’zlar:
metod, deskriptiv, perskriptiv, intervyu metodi, anketa metodi, respondent, 
fundamental, test metodi.
Metod (lotincha “metodos” - “yo’l”) tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilinadi.Ilmiy 
tushuncha sifatida “metod” so’zi keng ma’noda muayyan maqsadga erishish yo’lini, tor 
ma’noda tabiat va ijtimoiy hayot hodisalari hamda qonuniyatlarini bilish maqsadida 
qandaydir vazifani hal etish usulini bildiradi.Pedagogika sohasida shunday maxsus metodlar 
mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiyaga jarayoniga oid muhim faktlar, turli pedagogik 
vaziyatlar mohiyatlari mohiyatlari, mexanizmlari va xususiyatlari o’rganiladi.Metodika- 
xususiy fanlarni o’qitish mazmuni, qonuniyatlari, tashkiliy shart-sharoitlarini tadqiq etadi. 
Pedagogika fani rivojining hozirgi bosqichida alohida dolzarb metodologik masalalarni hal 
etish bilan chegaralanmasdan xususiy bilimlar tizimi sifatida pedagogika fani 
metodologiyasini aniq belgilab olish zaarur.Bu birinchidan, pedagogik nazariyalarning 
ishonchliligini ta’minlasa, boshqa tomondan metodogik bilimlarsiz pedagogik tadqiqotlarni 
samarali tashkil etish mumkin emasligini uqtiradi.Pedagogika o’z tadqiqot obyektiga va 
tadqiqot metodlariga ega.Ilmiy tadqiqot barcha fanlar kabi pedagogika fanini takomillashib 
borishiga, ayrim pedagogik hodisalarni tekshirishga hamda ularni to’g’ri hal etish yo’llarini 
aniqlashga yordam beradi.Pedagogik muammolarni tadqiq etish adabiyotlarni o’rganishdan 
boshlanadi.O’rganiladigan hujjatlar va manbalarga xalq maorifiga aloqador hujjatlar 
kiradi.Shu bilan birga, pedagogik matbuot materiallari, pedagogika faniga oid bo’lgan tarixiy-
pedagogik adabiyotlar, arxiv hujjatlari, darsliklar, o’quv-metodik ishlanmalar ham 
kiradi.Adabiyotlarni o’rganish metodi muammolarning qay tomonlari yaxshi ochilganligi 
hamda qaysi masalalari hal etilmagani kabi jarayonlarni bilish imkoniyatini beradi. 
Pedagogik tadqiqot bosqichlari quyidagilardan: ma’lumotlarni yig’ish, xulosalarni jamlash, 
tadqiqot bo’yicha miqdoriy va tahlil o’rtacha miqdoriy raqamlarni aniqlash, korrelyatsiya 
koeffitsiyenti, grafiklarni tuzish, xulosalarning to’g’riligini ta’minlovchi ma’lumotlarni yig’ish 
(buning uchun turli metodlar qo’llaniladi), ta’lim-tarbiya jarayoniga oid ishchi farazni ilgari 
surish, uni nazariy va amaliy jihatdan sinovdan o’tkazish maxsus metodikasini ishlab 
chiqarishdan iboratdir. 
Pedagogika fani o’z mazmun-mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va 
nazariyalarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan uslublari bilan o’rganadi.Ilmiy 
tadqiqot uslublari deganda, yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o’qitishning real 
jarayonlarga xos bo’lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo’llari, usullari va 
vositalari majmui tushuniladi.Ijodiy jarayonda bugungi kunda pedagogika fani 
metodologiyasiga, 
uning 
predmetiga 
nisbatan 
turlicha 
yondashuvlar 
vujudga 
kelmoqda.Metodologiya alohida fan sifatida 2 ta funksiyani bajaradi: 



Yüklə 411,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin