Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlang’ich ta’lim haqida qanday fikrlarni o’rtaga tashlagan edi? Islom Abdug’aniyevich Karimov 1938 yilning 30 yanvarida Samarqand shahrida oddiy xizmatchi oilasida tavallud topdi. Uning oilasida har kungi og’ir mehnat yashash uchun pul topishning yagona usuli edi.
Uning bolaligi urush va urushdan keyingi yillarga to’g’ri keldi. U va uning barcha yaqinlari bir burda nonning haqiqiy bahosini bilganiga qarmasdan, qiyinchilik va yo’qchilikni boshidan kechirdi, ular minglab vatandoshlarimiz kabi Ikkinchi jahon urushi vaqtida O’zbekistonga evakuatsiya qilingan kishilar bilan o’z uyi va tuz-nonini baham ko’rgandi.
Islom Karimov 1945 yilda Samarqanddagi A.S.Pushkin nomidagi 21-maktabga o’qishga kirib, uni oltin medal bilan tamomladi. O’quvchilik yillari mobaynida ko’p adabiyotlarni, ayniqsa, tarix bo’yicha adabiyotlarni o’qidi. U aniq fanlarni yoqtirardi, shaxmatga, modellashtirish va stol tennisiga qiziqardi.
1955 yilda Islom Abdug’aniyevich O’rta Osiyo politexnika institutiga o’qishga kirdi. 1960 yilda uni tamomlab va “muhandis-mexanik” mutaxassisligi bo’yicha diplom olib, “Toshselmash” zavodida o’z mehnat faoliyatini boshladi va qisqa davr ichida usta yordamchisi, usta va texnolog kabi lavozimlarda ishlashga ulgurdi. Bu zavod qishloq xo’jaligi texnikasining har xil turlarini, shu jumladan paxta terish mashinalarini ishlab chiqarardi. Ular O’zbekiston va boshqa respublikalar dehqonlarining mehnatini yengillashtirardi, shuningdek, boshqa mamlakatlarga eksport qilinardi. Islom Abdug’aniyevich uchun bularning barchasini vujudida his qilish, ishlab chiqarishda tajriba orttirish, zavod hayotining “murakkab” va “ijobiy” tomonlarini ko’rish muhim edi.
O’zining intiluvchanligi, bilimdonligi va tashkiliy fazilatlari tufayli 1961 yilda u sobiq Sovet Ittifoqining harbiy-sanoat majmuasining yirik korxonalaridan birida - Toshkent aviatsiya zavodida muhandis lavozimiga tayinlandi. Bu yerda u 1966 yilgacha ishlab, yetakchi muhandis-konstruktor lavozimigacha ko’tarildi.
Taqdir unga kulib boqmagandi. U qator qiyinchiliklar va to’siqlarni bartaraf etishi lozim edi. Bu esa uning xarakterini toblar, uni yanada mustahkam qilardi. U hayot yo’lini, avvalambor, o’z kuchi va bilimlariga tayanib bosib o’tdi. Maktab yillarida, institutda, ishlab chiqarishdagi mehnat faoliyatida va iqtisodiy ta’lim olayotganida va dissertatsiyasini himoya qilganida ham u o’z kuchi va bilimiga tayandi.
U ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim oldi.
Aynan shu tarzda 1967 yilda u Toshkent xalq xo’jaligi institutining kechki bo’limini tamomladi.
1973 yilda Toshkent xalq xo’jaligi institutida “O’zbekiston SSR sanoatining tarmoq tuzilishi va uni takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.