«Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari” kursining vazifasi nimalardan iborat?
Talabalarga yozuv, chiroyli yozuv, yozuvning ahamiyati haqida; o’z dasxati ustida ishlash usullari haqida; boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining husnixatga o’rgatishning shartlari, qoidalari, metodlari, tamoyillari, harflarni guruhlash usullari, husnixat darslarini rejalashtirish, husnixat darslarining tuzilishi, uni tashkil qilish, grafik xatolarni aniqlash va bartaraf etish, o’quvchilar yozuvini baholashga o’rgatish haqida nazariy ma’lumot berish, amaliy malaka hosil qilishdir.
Husnixatning asosiy qonuniyatlarini tushunish va o’zlashtirish boshlang’ich
ta’lim o’qituvchilari uchun muvaffaqiyatli amaliy faoliyat shartlaridir. Husnixat yuzasidan tushuncha, bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lgan o’qituvchigina kicnik yoshdagi o’quvchilarni husnixatga o’rgata oladi.
“Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari” kursining boshqa fanlar bilan
aloqasi.
“Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari” kursi bir qator fanlar bilan
chambarchas bog’liq. U pedagogika, psixologiya, estetika, fiziologiya, gigiyena, tilshunoslik, psixolingvistika, didaktika kabi fanlarning yutuqlari va tavsiyalariga tayanadi. «Husnixat va uni o’qitish usuliyoti» fanining estetika bilan bog’liqlik jihati shundaki, avvalo, estetika o’quvchilarning go’zallikka bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, go’zallikni his etish hamda qadrlash sifatlarini shakllantiradi. Unutmaslik kerakki, chiroyli yozish ham go’zallikning bir ko’rinishidir. Sharq mutafakkirlaridan biri shunday degan ekan: “Chiroyli yozgan kishi chiroyli fikrlay oladi”.
Husnixat fanining fiziologiya fani bilan bog’liqlik tomoni shundaki,
o’quvchi maktabga kelgan kunidan boshlab chiroyli yozuv malakalarini egallashga urinadi. Chiroyli yozuvga o’rgatish jarayonida bolaning nerv sistemasi, qo’l harakatlari va muskullari, ko’rish va eshitish organlari, umurtqa pog’onasi har tomonlama rivojlangan bo’lishi kerak. Agar o’quvchining biz yuqorida tilga olgan organlardan biri yaxshi taraqqiy etmagan bo’lsa, u o’quvchida chiroyli yozuv malakalari qiyinchiliklar bilan shakllanadi. Bunday holatlarning kelib chiqishi kelajakda o’z ta’sirini ko’rsatadi. O’quvchi partada o’tirib yozish jarayonida, eng avvalo yozuv qurollarini to’g’ri joylashtirishi zarur. Buning uchun birinchi navbatda o’quvchi partada to’g’ri o’tirishi kerak. Chunki o’quvchi partada to’g’ri o’tira olmasa, egri o’tirsa umurtqasi noto’g’ri o’sadi va bu hol bolaning jismoniy o’sishiga salbiy ta’sir qiladi, hattoki bir umr bola nogiron bo’lib qolish holatigacha borib yetadi. Buning uchun o’qituvchi bolaning partada o’tirish, turish, daftarni ushlash va yozish qoidalarini tez-tez ta’kidlab turishi zarur.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. “Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari” kursining maqsadi nimalardan
iborat?
2. Respublikamizning birinchi Prezidenti Islom Karimov boshlang’ich ta’lim
haqida qanday fikrlarni o’rtaga tashlagan edi?
3. “Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari” kursining vazifasi nimalardan
iborat?
4. “Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari” kursi qanday fanlar bilan yaqin
aloqada bo’ladi?
Mavzuga doir testlar
1. «Husnixat va uni o’qitish metodikasi» fani quyidagi qaysi fanlar
guruhi bilan yaqin aloqada bo’ladi?
A) tarix, tilshunoslik, estetika, fiziologiya, pedagogika *
B) tarix, arxeologiya, matematika, psixologiya, huquq
C) tilshunoslik, fizika, pedagogika, tarix
D) estetika, psixologiya, zoologiya, ximiya, huquq
7
2. «Husnixat metodikasi» (Toshkent, 1976) kitobining muallifi kim?
A) Abdullaev I.
B) Bogolyubov N.
C) Suyunov A.
D) G’ulomov M. *
3. «Husnixat». 2-sinf (O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma. T.:
O’qituvchi) kitobining muallifini toping.
A) Safarov R.;
B) G’ulomov M. *
C) Abdullayev Y.
D) Qosimova K.
4. Amaldagi birinchi sinflarga mo’ljallangan «Yozuv daftari»ning
muallif-tuzuvchisi kim?
A) M.Inoyatova
B) M.G’ulomov *
C) M.Salaeva
D) R.Safarova
5. Boshlang’ich sinflarning birinchi sinflari uchun amaldagi «Yozuv
daftari»ning muallif tuzuvchisi kim?
A) Q.Abdullayeva
B) M.G’ulomov *
C) K.Qosimova
D) N.Sobirov
6. “Avtoruchka bilan chiroyli yozuvga o’rgatish” kitobining muallifi
kim?
A) N.Tursunov
B) Q.Abdullaeva
C) M.G’ulomov *
D) K.Qosimova
Dostları ilə paylaş: |