8
qatorda piktografiyaning ham ayrim elementlari bor. Masalan, toshbaqaning rasmi
quruqlik tushunchasini ifodalagan, ya’ni shartli belgi vazifasini o’tagan. Chunki
quruqlik tushunchasini yozuvda ideografiya bilan berish qiyin edi.
Hayotiy ehtiyoj bora-bora yozuvni soddalashtirdi va tasvirlangan predmet
bilan yozuv shakli o’rtasidagi o’xshashlik yo’qoldi, belgi so’zning simvoli bo’lib
qoldi. Bu xitoy, misr, shumer, vavilon va xett yozuvlariga xos xususiyatdir.
Papirus yozish uchun maxsus tayyoqcha va bo’yoqning kashf etilishi
yozuvni takomillashtirdi, uning soddalashuviga imkon tug’dirdi. Hozir yer yuzida
quyidagi besh yozuv asosida tuzilgan yozuv sistemalari tarqalgan.
1) Latin yozuvi (dunyo axolisining 30% ga yaqini foydalanadi); 2) fonetik
arab yozuvi (10% ga); 3) Slavyan-kirill yozuvi (10% ga yaqini); 4) grafik-xitoy
yozuvi (25% ga yaqin); 5) bo’g’inli xind yozuvi (20% ga yaqini) qolgan boshqa
yozuv sistemalari (yunon, yaxudiy, efiopiya, gruzin, arman yozuvlari va bulardan
dunyo axolisining 5% ga yaqini foydalanadi.
Dostları ilə paylaş: