Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama



Yüklə 453,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/35
tarix15.03.2023
ölçüsü453,88 Kb.
#87915
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
 
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA 
UNIVERSITETI 
X.G’ulomova, G.Mamatova,Sh. Yo’ldosheva, 
H.Boqiyeva, A.Sobirova
HUSNIXAT VA UNI O’QITISH METODIKASI 
Boshlang`ich ta`lim metodikasi fakulteti talabalari uchun 
o`quv qo`llanma 
 
 
Bilim sohasi: 100000 – Ta`lim 
Ta`lim sohasi: 140000 – O`qituvchilar tayyorlash va
pedagogika fani 
Bakalavriat yo`nalishi: 5141600 – Boshlang`ich ta`lim va sport, 
tarbiyaviy ish 
 
 
Toshkent – 2006 


2
Taqrizchilar: pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Ra`no Inog`omova 
filologiya fanlari nomzodi, dotsent Saodat Sultonsaidova 


3
1-§
§
§
§.HUSNIXAT VA UNI O’QITISH METODIKASINING PREDMETI, 
MAQSADI VA VAZIFALARI. 
Husnixat va uni o’qitish metodikasi pedagogik fan. Inson o’z fikrini 
boshqa kishilarga og’zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu 
shaklining o’xshash va farqlash tomonlari mavjud bo’’lib ular o’z o’rnida 
afzalliklarga ega. Og’zaki nutq tovush chiqarib aytiladi
va eshitilish uchun 
mo’ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo’lib 
xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog’och, teri, metall, qog’oz kabilarga 
ko’rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo’yiladi. 
Yozuv kishilarning o’zaro fikr almashishi va bilimlarni egallashning qudratli 
vositasi hisoblanadi. Yozma nutq avlodlarni bir-biriga bog’laydi, uzoq 
saqlanadi. Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qo’lga kiritgan bilimlar 
avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi.
Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni husnixatga o’rgatish extiyoji 
yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang’ich sinflarda 
o’quvchilarni husnixat bilan yozishga o’rgatish metodikasi ularda aniq , 
chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni 
amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini o’qitish 
usullarini yozuviga o’rgatishning gigeyenik shartlarini, o’quvchilarning 
yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish sabablarini aniqlash va 
tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur. 
Demak yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega. 
Yuqoridagi talab asosida yozishga o’rganishi boshlang’ich sinflardan 
boshlanadi. 1-4-sinf o’quvchilarini chiroyli yozishga o’rgatish uchun 
o’qtuvchining o’zi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga o’quvchilarni 
chiroyli yozishga o’rgata olishi kerak. 
Husnixat va uni o’rgatish fani amaliy fan bo’lib u chiroyli yozishga 
o’rgatish bilan bir qatorda o’qitish tarbiyalash, vazifalarini bajaradi.


4
Pedagogika oliy o’quv yurtlarida o’qitiladigan Husnixat va uni o’tilish 
metodikasi fanining maqsadi: 
1.
Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish. 
2.
Talabalarni-bo’lg’usi o’qituvchilarni husnixat talablari asosida yozishga 
o’rgatish. 
3.
Boshlang’ich ta’limida o’quvchilarni husnixatga o’rgatishning metod va 
usullari bilan qurollantirish. 
Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o’qitish metodikasining o’z predmeti bor. 
Bu fanning predmeti ta’lim berish jarayonida chiroyli yozuvni egallash
grafik jihatdan to’g’ri chiroyli yozishga o’rgatish hisoblanadi. 
Husnixat va uni o’rgatish metodikasi fani o’z oldiga quyidagi vazifalarni 
qo’yadi: 
-
talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish; 
-
o’z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar xosil qilish; 
-
boshlang’ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish, va tashkil etishga 
o’rgatish; 
-
boshlang’ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari 
bilan tanishtirish. 
Birinchidan husnixat bilan yozish o’quvchilardan mehnat madaniyatini 
tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish 
ko’nikmasini hosil qiladi. 
Ikkinchidan dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo’lish 
o’quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o’quvchilar 
qiladigan ishlariga o’ylab o’tirmay bajaraveradilar, o’z hato kamchiliklarini 
ham o’ylab ko’rmaydigan bo’lib qoladilar.
Uchinchidan husnixat bilan to’g’ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lib 
turli rasmiy hujjatlarni yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan 


5
yozilmagan, to’ldirilmagan hujjatlarni o’qishga kitobxonning ko’p vaqt 
sarflashiga to’g’ri keladi. Vaholanki, maktabda har kuni o’qituvchi 30 talab 
o’quvchlar daftarini tekshiradi. Agar o’qib bo’lmaydigan qilib yozgan bo’lsa 
o’qituvchining ham unga ko’p vaqti sarf bo’ladi. Aniq va ravon qilib yozgan 
dastxati o’qituvchining ishini yengillashtiradi, keyingi talimiy maqsadlarini 
amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi.

Yüklə 453,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin