46
Ritmik( sanoq-ohang) usuli.
Bu usul o’qituvchi sanog’I ostida harf va uning elementlarini yozish demakdir.
Bu usuldan savod o’rgatish davrida foydalanjsh mumkin.
Sanoq-ohang usulining foydali jihatlari mavjud. Birinchidan , harflarning tekis
yozishini ta’minlaydi.Ikkinchidan sekin yozadigan o’quvchilarni tez va sinfdagi
barcha o’quvchi bilan barobar yozishga undaydi. Uchinchidan, o’quvchilar aniq va
dadil harakatlanish orqali ish bajaradi. To’rtinchidan,sinfda darsni jonlantiradi.
Bu usuldan butun dars davomida foydalanib bo’lmaydi, chunki o’quvchi
charchab qoladiva yozuv sifati buziladi.
Ritmik usulni qo’llashda asosan, harflarning asosiy elementi “bir”,”ikki”
,”uch”deb beriladi.
Bu usulni qo’llashda harf yoki elementlar avval sanoqsiz yoziladi so’ngra
sanoq ostida yozdiriladi.
Sanoq-ohang yoki ritmik usuldan bo’g’in va so’z,gaplarni yozdirishda ham
foydalaniladi.
Harf va ularning elementlarini tahlil qilish usuli.
Harf va uning elementlarini tahlil qilish turlicha amalgam oshiriladi.Harflarni
elementlarga ajratib tahlil qilish har bir harfning necha elementdan tuzilganligini
,qanday shaklda ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog’lanishida
qanday ko’rinishga ega bo’lishini o’quvchilar tasavvur etadilar .
Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo’lib , ular bir butun
shaklda yoziladi,ammo o’qituvchi uning necha elementdan iboratligini eslatib
o’tadi.M, kichik d harfining birinchi elementi to’liq oval, ikkinchi elementi pasti
halqali tayoqchadan iborat.
Buo’rinda harfning necha elementdan iborat ekanligi eslatib o’tiladi, yozishda
esa bu harfni qo’l harakatini uzmasdan yozish talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: