Husnixat va uni o`qitish metodikasi uquv qullama


Tasavvur orqali yozish usuli



Yüklə 453,88 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/35
tarix15.03.2023
ölçüsü453,88 Kb.
#87915
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika

Tasavvur orqali yozish usuli
Bolalarga tasavvur orqali havoda harflar shaklini ezdirish ham qo’llaniladi. 
O’qituvchi doskaga ezib ko’rsatgan harf yoki uning bog’lanishlarini 
o’quvchilarga ruchkani havoda harakatlantirlb ko’rsatadi va bu orqali o’quvchida 
harf haqida tasavvur hosil qilinadi.So’ng o’quvchi daftarga yozishga kirishadi.
Bunday mashq usuli o’quvchining qiziqishini oshiradi. 
Bu usulning salbiy jixati shundaki,o’qituvchi bu usuldan foydalanganda barcha 
o’quvchilarning qo’l harakatini to’g’ri yoki noto’g’riligini bir paytda tekshira 
olmaydi.Bunda bir necha o’quvchining qo’l harakatini kuzatib tegishli ko’rsatma 
beriladi. 


46
Ritmik( sanoq-ohang) usuli.
Bu usul o’qituvchi sanog’I ostida harf va uning elementlarini yozish demakdir. 
Bu usuldan savod o’rgatish davrida foydalanjsh mumkin. 
Sanoq-ohang usulining foydali jihatlari mavjud. Birinchidan , harflarning tekis 
yozishini ta’minlaydi.Ikkinchidan sekin yozadigan o’quvchilarni tez va sinfdagi 
barcha o’quvchi bilan barobar yozishga undaydi. Uchinchidan, o’quvchilar aniq va 
dadil harakatlanish orqali ish bajaradi. To’rtinchidan,sinfda darsni jonlantiradi. 
Bu usuldan butun dars davomida foydalanib bo’lmaydi, chunki o’quvchi 
charchab qoladiva yozuv sifati buziladi. 
Ritmik usulni qo’llashda asosan, harflarning asosiy elementi “bir”,”ikki” 
,”uch”deb beriladi. 
Bu usulni qo’llashda harf yoki elementlar avval sanoqsiz yoziladi so’ngra 
sanoq ostida yozdiriladi. 
Sanoq-ohang yoki ritmik usuldan bo’g’in va so’z,gaplarni yozdirishda ham 
foydalaniladi. 
Harf va ularning elementlarini tahlil qilish usuli.
Harf va uning elementlarini tahlil qilish turlicha amalgam oshiriladi.Harflarni 
elementlarga ajratib tahlil qilish har bir harfning necha elementdan tuzilganligini 
,qanday shaklda ekanligini, bu elementlar boshqa harflar bilan bog’lanishida 
qanday ko’rinishga ega bo’lishini o’quvchilar tasavvur etadilar . 
Ayrim harflar bir necha elementdan tashkil topgan bo’lib , ular bir butun 
shaklda yoziladi,ammo o’qituvchi uning necha elementdan iboratligini eslatib 
o’tadi.M, kichik d harfining birinchi elementi to’liq oval, ikkinchi elementi pasti 
halqali tayoqchadan iborat.
Buo’rinda harfning necha elementdan iborat ekanligi eslatib o’tiladi, yozishda 
esa bu harfni qo’l harakatini uzmasdan yozish talab qilinadi. 

Yüklə 453,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin