42
9.
Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli
10.
Qo’l harakatini mashq qildirish usuli.
Chiziqli usul. Qaysidir harfni yozilishini o’rganish uchun o’quvchi bu harf
qanday belgilarga ega ekanligini ,harfdagi alohida elementlarning joylashish o’rnini
,uning kattaligini va hokazolarni o’rganib olishi kerak.O’quvchiga harfning
yozilishini to’g’ri o’rgatish uchun uning qatordagi o’rnini to’g’ri joylashtirish va
qatorni qog’oz varag’ioda joylashish o’rnini bilish uchun qog’ozda gorizontal ,yotiq
chiziqlar chiziladi, shunda daftarning betide o’ziga xos setka paydo
bo’ladi.O’quvchilar unga har bir alohida harfni yozib boradilar.
Qatorning yo’nalishini ko’rsatib turuvchi chiziq vakataklar harflarning ayrim
elementlarining proporsiyalarini aniqlashtirib olish va yozuvni o’rganish jarayonini
anchagina osonlashtiradi. Shuning uchun ham yozuvga o’rgatishning asosiy uslubi
hisoblanadi va o’quvchi maktabda to’g’ri yozish mashg’ulotlarida undan
foydalanadi.chiziqli uslubning o’ziga hos ijobiy xususiyatlaridan tashqari ,
setkaning ichiga yozish bir qator kamchiliklarga ega.
1)tez-tez uchrab turadigan kataklarda yozish bolani bir muncha cheklab
qo’yadi, uning diqqatini bo’ladi;bir tomondan o’quvchi kerakli harfni yozayotgan
qo’lining harakatini kuzatib borsa, ikkinchi tomondan esa harflar chiziqdan
tashqariga o’tmasligini kuzatib boradi.
2) kataklar orasiga yozishni o’rgangan bola aniq va tez yozish malakalarini
egallay olmaydilar. Shuning uchun ham o’quvchi harfning elementlarini chizish
asosiy proporsiyalarning asosini o’zlashtirib olgandan so’ng , kataklarga yozish
ehtiyoji yo’qoladi. Ikkinchi sinfdayoq bolalar bir chiziqli daftarga yozishga
o’tadilar.
3) qo’l kaftlarining va panjalariningerkin harakatlanishini rivojlantirish uchun
lozim bo’ladigan uslublar .yozuvga o’rgatishda mashq harakteriga ega bo’lgan
alohida mashg’ulotlarsiz ish bitmatdi.Bumayda muskullar va qo’lning kaft qismi
yaxshi rivojlanmagan. Ularda ko’rsatgich barmoq va
ayniqsa uning uchi yaxshi
rivojlanmagan, buning natijasida bola ko’rsatkichbarmoq bilan ruchkani qattiq
43
bosib yozadilar.Bolalar katta barmoqdan ham yaxshi foydalana olmaydilar, buning
natijasida o’z xohishlaricha ushlaydilar. Shuning uchun ham ko’rsatkich va katta
barmoqning mayda muskullarini rivojlantirish lozim.
Tayyorgarlik mashqlarini bajarish bilan bolalar qo’llarini yozuvda kerak
bo’ladigan harf elementlarini nozik vaaniq harakatlarga tayyorlab boradilar.
Bunday mashqlarning maqsadi barmoqlar harakatining yengil va egiluvchan
bo’lishiga erishishdir. Ular o’quvchilarga harflarni to’g’ri husnixatda yozishga va
uni tez yozuvda rivojlantirishga yordam beradi.
Bu uslubni birinchi sinfning birinchi yarim yilligida yozuvga endi o’rgatishga
boshlagan davrada qo’llash katta ahamiyatga ega..Masalan ,pastga aylana shaklida
yoziladigan shtrixni yozish uchun, barmoqlarni aylana harakat qilishga mashq
qildirish lozim. Keyinchalik ular “o’”harfini yozishga ham yordam beradi.
Yozuvda yoki uslubda ko’rsatib o’tilgan mashqlarning barchasini birdaniga
bajarish mumkin emas, balki u yoki bu harf o’rgatish uchun dars jarayonida kerak
bo’ladigan, qo’l va barmoqlarni to’g’ri harakatlantirishga
Dostları ilə paylaş: