45
Nusxaga qarab ko’chirish usuli.
Bu usul qadimiy usul bo’lib hozirgi kunda hamqimmatini yo’qotmagan holda
qo’llanilib kelinmoqda.Bu usulda o;quvchilar harflarni “Husnixat” kitobi yoki
“Yozuv daftari”dagi namunalarga qarab ko’chirib yozadilar.
Tayyor holdagi nuqtalar bilan ifodalangan harflar ustidan qo’lni yurgizib mashq
qilish mehanik jarayon bo’lib, o’quvchilar bu topshiriqni oson bajaradilar.
“Husnixat”darsligida berilgan namunaga qarab yozdirish o’qituvchining vaqtini
tejaydi ,unumli ishlashga yordam beradi.
Nusxa ko’chirish usuli
Bu metod harf shaklini to’g’ri tasavvur qila olmaydigan,yozayotganda daftar
chiziqlaridan pastga yoki yuqoriga chiqib ketadigan o’quvchilar uchun qo’llaniladi.
Ayrim hollarda o’qituvchi chiroyli yozuvga o’rgatishning dastlabki davrida
o’quvchilarni harf, uning elementlari haqida to’g’ri tasavvurga ega qilish uchun
yupqa xitoy qog’ozidan ham foydalanishi mumkin.Lekinbunday mashqlar qo’l
harakatini o’stirish uchun yordam beradi. Bundan uzoq foydalanish yaxshi samara
bermaydi, o;quvchi harf shaklinimustaqil yoki namunaga qarab yozishda
qiynaladi.shuning uchun ham bu usuldan yakka shug’ullanganda foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: