Husnixatga o’rgatishning gigiyenik shartlari


Yozishga o‘rgatishda bajarilishi lozim bo‘lgan qoidalar



Yüklə 21,8 Kb.
səhifə2/4
tarix09.10.2023
ölçüsü21,8 Kb.
#153463
1   2   3   4
Husnixatga o’rgatishning gigiyenik shartlari

Yozishga o‘rgatishda bajarilishi lozim bo‘lgan qoidalar. O‘qituvchi bolani yozuvga o‘rgaishdan avval, yozuvning sodda qoidalarini tushuntirib o‘tishi lozim. Bu qoidalarni o‘quvchilar yodlarida tutishlari zarurdir. Bir necha darslardan so‘ng o‘qituvchi-ning birgina "to‘g‘ri o‘tiring" so‘ziga talab qilinayotgan holatda o‘tirishlari kerak.
1. Yozish jarayonida yozayotgan o‘quvchining oyoqlari butun oyoq kaftlari bilan polni yoki stol (parta)ning oyoqlarini mahkam bosib o‘tirishlari lozim.
2. Gavdani iloji boricha to‘g‘ri tutugan holda: ko‘krakni stolga tekkizmasdan, gavda stoldan 5 sm uzoqlikda turishi kerak.
3. Erkin holda o‘qish uchun bosh stolga ozgina egilgan bo‘lishi kerak.
Ruchkaning uchidan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 25-30 smdan kam bo‘lmasligi lozim. Bundan tashqari boshni to‘g‘ri ushlashga erishish kerak. Boshni yon tomonga (pastga) engashgib o‘tirshga yo‘1 qo‘ymaslik kerak va doimo eslatib o‘titrish lozim.
4. Ikkala qo‘1 stol ustida to‘g‘ri burchak ostida bir-biriga qaratilgan holda turish, yozayotganda tirsak stolning ustida va bir ozgina stolning chetiga chiqib turishi lozim. Qo‘lning bunday holatda turishi gavdaning stol ustiga engashib olishga va yozayotganga o‘quvchi ko‘kragining stolga tegib turishini oldini oladi.
Yozishga o‘rgatishning ilk bosqichida ruchkani to‘g‘ ri ushlashga diqqatni qaratish lozim, chunki bu yozuvga katta ta’sirini o‘tkazadi.
5. Ruchkani uchta barmoq bilan ushlash lozim: katta, ko‘rsatkich va o‘rta bilan. Uchta barmoqning barchasi ozgina bukilgan holda tinch holda tutiladi.
Ko‘rsatkich barmoq ruchkaning ustida, o‘rtachasi - uni o‘ng tomondan, katta barmoq esa - chap tomondan ushlab turadi; qolgan ikkita barmoq- nomsiz va jimjiloq kaftga suyanchiq bo‘lib qog‘ozga engilgina tegib turib unda sirg‘anishi kerak. Ruchkaning uchi o‘ng yelkaga qarama-qarshi turishi kerak.
Tezda charchab qolmaslik uchun ruchkani qattiq siqmaslik kerak.
6. Daftar o‘quvchining ko‘kragining to‘g‘risida o‘rtada, uning o‘ng burchagi chapidan yuqori bo‘lishi kerak. Boshning va gavdaning o‘rtacha u yoki bu tomonga burilishini oldiningilishi uchun bir necha so‘z yozilganidan so‘ng chap qo‘1 bilan chap tomonga suriladi, chunki yozayotgan qo‘l ko‘krakning o‘rtasidan unchalik uzoqlashib ketmasligi kerak.
Yozish jarayoni quydagilardan tashkil topgan: harflarning shtrixi ruchkani ushlab turgan barmoqlarning bukilishi va ochilishi yordamida yoziladi, qator old yelkaning va kaftning yordamida, kaft jimjiloqqa va nomsiz barmoqlarga tayaninb chapdan va o‘ngga qarab harakatlanadi. Bu usullarning barchasi o‘z holicha oddiy va ularni bolaga tushuntirish, ko‘rsatib berish oson, lekin ularni o‘rganish va amalda qo‘lash birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Buning sababi bolalar bir vaqtning o‘zida bir qancha qiyin-chiliklarni yengib o‘tishlariga to‘g‘ri keladi. Bularga o‘z gavdasini to‘g‘ri tutishga, daftarning turishiga, ruchkani tutish holatiga barmoqlarning, kaftning va old yelkaning ishiga, shu vaqtning o‘zida halo tanish bo‘lmagan yangi harfni yozishga to‘g‘ri keladi.
Dastlabki kundanoq bolani daftarni to‘g‘ri va ozoda tutishga o‘rgatib boorish lozim.
Daftar ustidagi yozuv uning pechatlangan matniga mos holda, o‘rnatilgan tartibga ko‘ra to‘ldirilishi lozim.
Daftarni qog‘oz bilan o‘rash mumkin emas, chunki buklangan qog‘ozning qalinligi yozishga halaqit beradi.Daftarni muqovalagandan ko‘ra o‘quvchin partaning ustki qavatining ozodaligiga va yozayotganda daftarning tagiga toza qog‘oz varag‘ini qo‘yishga o‘rgatib boorish kerak. Ularning hammasi o‘quvchining daftarni tashqi tomondan ozoda tutishini nazorat qilib borishga o‘rgatadi.
Daftarning tashqi ko‘rinishining ozodaligi va tartibliligi hamma tomondan tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Daftar varag‘iga yozishda bolalarga quyidagilarni:

  1. Sana yoki tartib raqami qayerga yozilishini:

  2. Qatorning qayeridan so‘z yozishni boshlash lozimligini;

  3. Qatordagi so‘zlarning oraliq masofasi qanday bo‘lishi kerakligini;

  4. Avvalgi va keyingi ishlar orasida qancha qator tashlanishi haqida;

  5. Betni qanday yakunlash haqida tushuntirib o‘tish lozim.


Yüklə 21,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin