Ishlab chiqarishni texnika va texnologiya bilan qayta qurollantirish jadallashadi. Mamlakat iqtisodiyotiga xususiy investitsiyalar jalb etiladi. Tadbirkorlik faollashuvi va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish kengayisha hisobiga byudjetga soliq tushumlari kupayadi.
Avvaliga bitishuv tula-tukis lizing beruvchi tomonidan moliyalanadi. Zarur asbob-uskuna haqini bir yo’la tulash talab qilinmaydi, bu esa foydalanuvchining likvid mablag’ini ozod qiladi va uning ishlab chiqarishni kengaytirish uchun potentsial aylanma kapitalining ko’paytiradi.
Birinchi to’lov muddatini uzaytirish, bulak va boshqa shakldagi to’lovlarni asta-sekin kupaytirish yoki kamaytirish mumkin. Lizingga olingan asbob- uskunada ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlar shaklida foydadan to’lovlarni amalga oshirish mumkin.
Transaktsiyalardagi tejash
Lizing beruvchidan mol-mulkni sotib olish, saqlash,tugatish va sotishdagi sermehnat operatsiyalarga ehtiyoj bo’lmasligi hisobiga ma’muriyat chiqimlar kamayadi.