I. A. Amir Temurga naqadar salbiy nazar bilan qaramasin, har holda uning shaxsini munosib baholagan: Yetmish yoshli Temurning fikrlari hali ham qatʼiy, jismoniy jihatdan kuchli va baquvvatdir… u istehzo va sox
IBN ARABSHOH Shihobuddin Ahmad ibn Muhammad ibn Abdullox. ibn Ibrohim (1388, Damashq — 1450, Qohira) — arab tarixchisi. Amir Temur Shom (Suriya) ni egallagach (1401), I. A. ni qarindosh-urugʻlari bilan Samarqandga keltirgan. Bu yerda u mashhur olimlardan taʼlim olgan, fors, moʻgʻul va turk tillarini oʻrgangan xamda adabiyot va ilohiyot bilan shugʻullangan (1401—08). U Xorazm, Moʻgʻuliston, Xitoyda va Oltin Oʻrda poytaxti Saroyda boʻlgan. Hoji Tarxon (Astraxon) da huquq fani bilan shugʻullangan. Qrim orqali Adrianopolga kelgan. 10 y. davomida turk sultoni Muhammad I ning maxsus kotibi boʻlgan. Ibn Arabshoh bir necha tarixiy kitob yozgan. «Gʻurrat us-siyar fi duvalitturk va-ttatar» («Turk va tatar xalqlari davlatlaridagi siyratlar sarasi») asari Oltin Oʻrda haqidagi koʻp maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan. Ammo bu asar saqlanmagan. Ibn Arabshohning «Fukoxat ul-xulafo va mufokahat uz-zurafo» («Xalifalarning hozirjavobligi va farosatlilarning hazil-kashligi») asari ham bor. I. A. tarjimon sifatida Avfiyning «Javomiʼ ulhikoyot va lavomiʼ ur-rivoyot» («Hikoyalar majmuasi va rivoyatlar jilvasi»), Abu Laysning «Tafsir» ini fors tilidan turkchaga tarjima qilgan. «Ajoib ul-maqdur fi axbori Temur» («Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari») I. A. ning eng mashhur asaridir. Bu asar «Amir Temur tarixi» nomi bilan oʻzbek tilida ham nashr etilgan.
Ibn Aarabshoh Amir Temurga nisbatan dushmanlik ruhidagi mualliflar jumlasidan edi. Bu hol uning asarida toʻla aks etdi. Shunga qaramay, Ibn Arabshoh asarida Temur davlati va unga chegaradosh mamlakatlar siyosiy, xoʻjalik va madaniy turmushini qoʻshimcha ravishda oydinlashtirib beruvchi koʻpdan-koʻp diqqatga sazovor maʼlumotlarni keltirgan.
I. A. Amir Temurga naqadar salbiy nazar bilan qaramasin, har holda uning shaxsini munosib baholagan: «Yetmish yoshli Temurning fikrlari hali ham qatʼiy, jismoniy jihatdan kuchli va baquvvatdir… U istehzo va soxtalikni yoqtirmaydi, baxtsiz hodisa roʻy berganda gʻamga botmaydi, doim sergak va mardona turadi, uning oldida hamma itoatgoʻy boʻlib qoladi va hurmat bajo keltiradi. U mard va jasur odamlarni yoqtiradi… U masalaning moqiyatini darhol payqab oladigan mohir bahschi edi. U farosati b-n haqgoʻy — yolgʻonchini darrov farqlar edi, samimiy maslahatchilarni soxta nasihatgoʻylardan farqdar edi». AnnotatsiyaFikr va mulohazalar
Sohibqiron Amir Temur va u hukmronlik qilgan davr haqida ko‘plab tarixiy asarlar yaratilgan. Ular mualliflarning nuqtayi nazari va Temur shaxsiga munosabatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Ibn Arabshohning ushbu asari esa muallif guvoh bo‘lgan, o‘zi bevosita ishtirok etgan voqealarni tasvirlagani bilan ham g‘oyat muhim tarixiy ahamiyatga egadir.
Birinchi jildda sohibqironning bolaligi, Samarqand taxtini egallashidan vafotiga qadar bo‘lib o‘tgan voqealar tasviri o‘rin olgan. Ikkinchi jildda Amir Temurning vafotidan keyingi davr voqealari, toj-taxt uchun talashlar bayon etilgan. Izohlar, geografik joylar va ismlar ko‘rsatkichi asarning ikkinchi jildida berilgan.
Keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
FASHION GENERAL Eʼtiboringiz uchun rahmat