I. A. Karimov 1-mavzu. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, maqsadi va vazifalari


Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, o‘rganish ob’ekti, iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashdagi roli



Yüklə 30,16 Kb.
səhifə2/5
tarix22.12.2023
ölçüsü30,16 Kb.
#190357
1   2   3   4   5
3055C3D0-A18F-4A35-BA36-F7DFCF9F213A.1-мавзу. Минт. иқт фан предмети, ваз ва моҳияти

2. Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti, o‘rganish ob’ekti, iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashdagi roli
Mintaqaviy iqtisodiyotfanining predmeti mamlakat ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvini, hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, muhim tabiiy-iqtisodiy, demografik va ekologik xususiyatlarini hamda ularning hudud ichidagi, hududlararo va davlatlararo iqtisodiy aloqalarini o‘rganadi. Boshqacha aytadigan bo‘lsak, mintaqaviy iqtisodiyotfanining asosiy vazifasi ijtimoiy ishlab chiqarishning hududiy jihatlarini o‘rganishdan iborat.
Mintaqaviy iqtisodiyot fanining predmeti hududiy moliya-kredit munosabatlarini va mintaqalardagi qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanish jarayonini ham o‘rganadi.
Bo‘lajak iqtisodchilar iqtisodiy bilimlarining shakllanishi iqtisod fanlari tizimidagi konkret hudud bilan shug‘ullanadigan yagona soha - mintaqaviy iqtisodiyotni o‘rganishdan boshlanishi kerak. Shu narsaga e’tibor berish lozimki, har qanday iqtisodiy faoliyat muayyan hududda ro‘y beradi. Bunda iqtisodchi resurs salohiyati, xo‘jalik tizimi va uning rivojlanish darajasi xususiyatlarini mukammal bilishi zarur.
Shunday qilib, mintaqaviy iqtisodiyot - ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish masalalarini, mamlakat va hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tabiiy-ekologik sharoitlar bilan bog‘liq holda o‘rganadigan fandir.
Bozor munosabatlariga o‘tish davrida O‘zbekistondagi har bir mintaqaning iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha. Masalan, Toshkent shahri, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari asosiy xalq xo‘jalik tarmoqlarining rivojlanishiga ko‘ra respublikaning boshqa mintaqalaridan oldinda turadi. Aksincha, Surxondaryo, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bu ko‘rsatkichlar bo‘yicha quyi o‘rinlarni egallaydilar. Qishloq xo‘jaligidagi ortiqcha ishchi kuchlarining mavjudligi - Farg‘ona vodiysi viloyatlari oldidagi dolzarb muammolardan hisoblanadi. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida esa, aksincha, qishloq xo‘jaligini xodimlar bilan ta’minlash o‘tkir muammo bo‘lib turibdi.
Hozirgi paytdagi mintaqaviy siyosatning muhim vazifalaridan yana biri - iqtisodiy kooperatsiya va mintaqalararo hududiy mehnat taqsimotini takomillashtirishdan iborat.
Mintaqalar rivojlanishidagi eng muhim vazifalardan biri - turli hududlar aholisining turmush darajasi bo‘yicha tafovutlarni bartaraf etishdan iborat. Ushbu vazifani bajarishda taraqqiyot darajasi past bo‘lgan hududlarni rivojlantirish uchun maxsus davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, tabiiy resurslarga boy mintaqalarda hududiy ishlab chiqarish mintaqalarini tashkil etish muhim ahamiyatga ega.
Mintaqaviy iqtisodiyot - ijtimoiy fandir. U muayyan hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tadqiq etadi, ijtimoiy va iqtisodiy omillarni o‘rganadi.
Shuning uchun mintaqaviy iqtisodiyotda ko‘pgina iqtisodiy omillarni (mehnat unumdorligining o‘sishi, milliy daromadni hududiy taqsimlash, renta munosabatlari, asosiy fondlarning tarkibi va samaradorligi, baho va tariflarning hududiy tafovutlari va h.k.) chuqur tahlil etiladi va shular asosida ushbu fan ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi.



Yüklə 30,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin