I. A. Karimov Mustaqillikning dastlabki kunlaridan va jahon hamjamiyatida umume’tirof etilgan huquqiy normalarga hamda boy milliy tarixiy an’analarga asoslangan yangi demokratik davlatni qurish sohasidagi birinchi


“Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati”



Yüklə 95,44 Kb.
səhifə3/3
tarix19.12.2023
ölçüsü95,44 Kb.
#185932
1   2   3
Mavzu Huquqiy madaniyat va huquqiy tarbiyani yuksaltirishning o-fayllar.org

“Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati” degan konseptual gʻoya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega boʻlishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilansin.

3. Belgilab qoʻyilsinki, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish “shaxs — oila — mahalla — taʼlim muassasasi — tashkilot — jamiyat” prinsipi boʻyicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.

4. Quyidagilar:

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda — Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq;

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasini 2019 yilda samarali amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” (keyingi oʻrinlarda — “Yoʻl xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilab qoʻyilsinki, vazirlik va idoralar rahbarlari Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgar boʻladi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatilsin:

ijrochilar va aholini qonunchilikning mazmun-mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilishning sifatini tubdan oshirish, ushbu faoliyatni tashkil qilishda prinsipial yangi yondashuvlarni ishlab chiqish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

davlat organlari va tashkilotlarning huquqiy axborotdan keng koʻlamda foydalanishini taʼminlash, ularning ushbu sohada fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari bilan samarali hamkorlik qilish boʻyicha faoliyatini muvofiqlashtirish;

davlat organlari va tashkilotlar tomonidan huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻyicha olib borilgan ishlarni oʻrganish, shuningdek, ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;

aholining turli qatlamlari, shu jumladan, tadbirkorlar va yoshlarning axborotga boʻlgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda, huquqiy targʻibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

ijrochilar va aholini qonunchilikning mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida xabardor qilishning sifatini tubdan yaxshilash maqsadida keng jamoatchilik fikrini oʻrganish, tahlil qilish, ushbu sohada ishlarni yanada takomillashtirish borasida takliflar ishlab chiqish.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining:

Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi hamda qoʻshimcha huquqiy maʼlumotlar (yuridik lugʻat, huquqiy adabiyotlar elektron maydonchasi, qonun hujjatlari loyihalari muhokamasi boʻyicha onlayn forum va boshqalar) yetkazish tizimini oʻz ichiga oladigan Oʻzbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portalini yaratish;

aholiga bepul maslahat berish portalini oʻz ichiga olgan Advice.uz huquqiy axborot tizimini yaratish;

umumtaʼlim maktablari va akademik litseylarda huquqiy bilimlarga doir oʻquv mashgʻulotlari koʻlamini yanada kengaytirish;

aholining kundalik hayotida koʻp uchraydigan huquqiy masalalar yuzasidan savol-javob tarzidagi qoʻllanmalarni tayyorlash va xonadonlarga bepul tarqatish;

aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshgan davlat organlari va tashkilotlar xodimlariga aholining huquqiy savodxonligini oshirishda koʻrsatgan xizmatlari uchun topshiriladigan “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullansin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda “Huquqiy targʻibot ishlari aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga davlat organlari va tashkilotlarining huquqiy targʻibotni amalga oshirish, aholiga qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish, shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha olib borayotgan faoliyati ustidan taʼsirchan parlament nazoratini yoʻlga qoʻyish tavsiya etilsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha taʼlim muassasalarida “Bola huquqlari va majburiyatlari” mavzuidagi mashgʻulotlarni malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, koʻrgazmali tarzda tizimli joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda:

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab taʼlim muassasalarida oʻquvchi va talabalarning huquqiy bilimlari uzluksiz va tizimli oshirib borilishini taʼminlash mexanizmini joriy etsin, shuningdek, oʻquvchi va talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan oʻquv dasturlarining tubdan qayta koʻrib chiqilishini taʼminlasin;

2019 yil 1 martga qadar yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun oʻta salbiy illat ekanligini targʻib qilishga qaratilgan oʻquv materiallari tayyorlanishini tashkil qilsin;

yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha taʼlim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini kengaytirish choralarini koʻrsin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda taʼlim muassasalarida turli huquqbuzarliklar, qoidabuzarliklar, giyohvandlik va boshqa salbiy hodisalarning oldini olish boʻyicha maxsus dasturlar ishlab chiqilishini va ularning amalga oshirilishini taʼminlasin.

12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

2019 yil 1 iyulga qadar Advice.uz huquqiy axborot tizimining ishlab chiqilishini va ishga tushirilishini taʼminlasin;

2020 yil 1 yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasining milliy huquqiy internet portali yaratilishini toʻliq yakunlasin;

uch oy muddatda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul ixtiyoriy yuridik yordam koʻrsatish (pro bono) tizimini rivojlantirishni nazarda tutuvchi tegishli normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

doimiy ravishda eng dolzarb, aholini qiziqtiradigan masalalarni belgilab, aniq dasturlar asosida ular boʻyicha manzilli va predmetli huquqiy targʻibotni amalga oshirsin, huquqiy targʻibotni amalga oshirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish borasida aholi turli qatlamlarining fikrlarini oʻrganib, tahlil qilib borsin;

ikki oy muddatda yoshidan kelib chiqib, huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi boʻyicha aholining huquqiy savodxonligi darajasiga qoʻyiladigan minimal talablarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

bir oy muddatda mahallalarda fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida tizimli ravishda amalga oshiriladigan “Huquqiy axborot kuni” loyihasini joriy etsin;

bir oy muddatda davlat organlari va tashkilotlarda xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan bepul huquqiy maslahat kurslarini tashkil etish dasturlarini ishlab chiqsin;

jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish holati hamda bu sohadagi davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini oʻrganish uchun tadqiqotlar va soʻrovlar oʻtkazib borsin;

zarur hollarda, fuqarolik jamiyati institutlari, ilmiy doiralar, xorijiy ekspertlarni Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni samarali amalga oshirishda ishtirok etishga, shuningdek, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish bilan bogʻliq dolzarb masalalarni muhokama qilishga va natijasi boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilashga keng jalb qilsin;

Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ning amalga oshirilishi doirasida ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida hamda sifatli tayyorlanishi, kelishilishi va kiritilishi ustidan monitoring olib borilishini taʼminlasin;

Konsepsiya va “Yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish jarayonining samarali muvofiqlashtirilishi va monitoringi, shuningdek, ularning ijrosi toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga doimiy ravishda axborot berib borsin;

ikki oy muddatda Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʻyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholashning koʻrsatkichlarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

13. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Adliya vazirligi bir oy muddatda huquqiy mavzularni tizimli va tahliliy yoritib borish hamda aholini qonunga hurmat ruhida tarbiyalashga doir telekoʻrsatuvlar koʻlamini kengaytirish choralarini koʻrsin.

14. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida amaliy ilmiy-texnik loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovida jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning tashkiliy-huquqiy, pedagogik-psixologik jihatlarini ilmiy-amaliy tadqiq etishga oid mavzularni muntazam eʼlon qilib borsin.

15. Belgilansinki, davlat boshqaruvi organlari jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni targʻib qilish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda nodavlat notijorat tashkilotlariga byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan davlat ijtimoiy buyurtmasini berishi mumkin.

16. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari mazkur Farmondan kelib chiqadigan huquqiy-maʼrifiy tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan mablagʻlarni oʻzlarining xarajatlar smetasida nazarda tutib borsin.

17. Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi:

ommaviy axborot vositalarining jamoatchilik nazoratini taʼminlash borasidagi rolini oshirish, bu borada ularning davlat organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan aloqasini kuchaytirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin;

Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur Farmonning mazmuni va mohiyatini hamda uning amalga oshirilishi boʻyicha keng tushuntirish ishlarini ommaviy axborot vositalari va internet tarmogʻi orqali yoritilishini taʼminlasin.

18. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

19. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O. B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B. M. Mavlonov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Huquqiy demokratik davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lidan dadil borayotgan mustaqil O‘zbekistonda fuqarolar huquqiy ongini, xuquqiy madaniyatini yuksaltirish g‘oyat darajada muhim, dolzarb muammodir. Mamlakatimizning rivojlanishi va istiqboli, keng ko‘lamda o‘tkazilayotgan iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma’naviy o‘zgartirishning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan huquqiy ongi va bilimi hamda huquqiy madaniyat darajasiga bog‘liqligi o‘z-o‘zidan ayon.

"Huquqiy ong - huquqni anglash demakdir, odamlarning ham amaldagi huquqga, ham ularning o‘zlari istalgan huquqga munosabatini ifoda etadigan tassavvur va his-tuyg‘ularning mujassamidir. U tabiatan huquq bilan mushtarakdir va shu sababli mavjud iqtisodiy munosabatlarga nisbatan ikkilamchidir. Huquqiy ong jamiyatning, turli ijtimoiy guruhlarning obyektiv ravishda kelib chiqqan ehtiyojlari va manfaatlarining bevosita ta’sirida shakllanadi, o‘zgarib turadigan obyektiv sharoitlar va jarayonlar ta’siri ostida doimiy rivojlanib boradi. Huquqiy ong ijtimoiy ongning bir qismidir va shu sababli unga falsafiy, mafkuraviy va siyosiy qarashlar ta’sir etib turadi."

Huquqiy ongni rivojlantirishga jamiyatda bo‘layotgan o‘zgarishlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, yangi qonunlarning loyihalarini keng omma (halq) orasida muhokama qilinishi, barcha o‘quv yurtlarida, maktablarda huquq haqidagi bilimlarni o‘rgatish-o‘rganish, mazkur fanlardan imtihonlar joriy etish, radio, televideniya, vaqtli matbuotlarda huquqiy bilimlarni keng targ‘ib va tashviq qilish; aholining mustaqil ravishda, huquqiy bilimlarni o‘rganish maqsadida qonun hujjatlarini muntazam chop etib borish; sud, prokuratura, militsiya organlarining ish tajribasini ommalashtirib borish; adliya va huquqshunoslik fanlarini rivojlantirish; oshkoralikni ta’minlash; boshqa davlatlarning huquqiy tajribasini o‘rganish va ulardan foydalanish; badiiy adabiyotda, san’atda huquqiy bilimlarni tarqatish, o‘ylaymizki huquqiy ongni rivojlantirishning omillari bo‘lib hisoblanadi.6

Aholining barcha qatlamlarini huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari uchun asosiy e’tiborni nimalarga qaratish lozimligi haqidagi vazifalar Oliy Majlis tomonidan 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi"da ham belgilab berilgan. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat ham moddiy ma’naviy, ahloqiy va boshqa mafkuraviy omillar asosida shakllanib hamda rivojlanib boradi. Huquqiy madaniyat fuqarolarning yetukligi va ongliligini ko‘rsatuvchi me’yordir. Huquqiy ong, bilim va tasavvurlar insonda tasodifiy ravishda paydo bo‘lmaydi. Uni insonning tug‘ma xususiyati deyish ham mumkin emas. Inson onadan dono-yu donishmand bo‘lib ham tug‘ilmaydi. Kishidagi huquqiy ong, huquqiy bilim va madaniyat ta’lim tarbiya, o‘qish o‘rganish, mehnat qilish, amaliy faoliyat, hayot tajribasi, ajdodlar merosi va namunasi asosida shakllanib, rivojlanib uzluksiz takomillashib boradi. Huquqiy bilimlar va huquqiy ongning yuzaga kelishi va rivojlanishi cheksiz jarayondir. U jamiyat taraqqiyoti asosida yuzaga keladigan obyektiv talab va ehtiyojlar, mavjud imkoniyatlar, shart sharoitlar asosida shakllanadi.

Inson jamiyatda, davlatda yashar ekan, uning huquqiy ongini shakllanishi mavjud huquqiy mezonlar bilan bog‘lanmog‘i lozim. Huquqiy madaniyatsiz jamiyat kelajagini tassavur etib bo‘lmaydi. Yoshlarning qalbi va vujudiga go‘daklik paytidan boshlab odob ahloq, huquqiy qonun qoidalar haqidagi ilk tasavvur va tushunchalarni singdirishga jamiyatning asosi bo‘lgan oilaning roli va ahamiyati beqiyosdir.

"Qonunlarimiz asoslaridan xabardor bo‘lish yoshlar o‘rtasida qonunbuzarlik holatlarini, odob ahloqimizga zid hatti xarakatlarning oldini olishda, ularning huquqiy ongi va madaniyatini o‘stirishda o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatmoqda. Qonunlarni yaxshi bilgan yoshlargina ularga rioya qiladi. Bunday inson o‘zini ham oilasini ham, halqi davlatini ham himoya eta oladi. Qonun talablariga qat’iy rioya etish, qonunlarimizga yuksak ehtirom ko‘rsatish, qonun oldida hamma- prezident va oddiy fuqaro ham, erkagu ayollar ham, yoshlaru keksalar ham, tadbirkorlaru mansabdor shaxslar ham teng va ma’sul ekanini, bu masalada hech kimda alohida imtiyoz yo‘qligini chuqur idrok etish, ana shu qadriyatni ongiga mukammal singdirish barcha yoshlar uchun muhim fazilat hisoblanadi."

Shunday qilib, ijtimoiy ongning tarkibiy qismi bo‘lgan huquqiy ong jamiyat taraqqiyotiga, ijtimoiy turmush rivojlanishiga aks ta’sir ko‘rsatadi. Huquqiy g‘oyalar, bilim va tasavvurlar, huquqiy nazariyalar ijtimoiy hayotning barcha tomonlariga kirib borib, fuqarolarning ongidan o‘rin olib odamlar hulq atvoriga, amaliy faoliyatiga mafkuraviy va psihologik ta’sir etadi. Huquqiy ong odamlarni ma’lum tarzda o‘zlarini idora qilishga, jamiyat qabul qilgan qonun va qoidalar doirasida faoliyat ko‘rsatishga undaydi.

Kishilar huquqiy ongi va bilimi rivojlanganlik darajasini ularning ijtimoiy-huquqiy faolligiga qarab aniqlash mumkin. Jamiyat a’zolarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy ma’naviy sohalarda, o‘z-o‘zini boshqarish organlarida faol ishtirok etishlari huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi o‘sib borayotganligidan dalolat beradi.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyat

Biz tanlab olgan yangi jamiyat qurish yo‘lida fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksak darajada shakllantirish hamda ularning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklarini kafolatli ta’minlash muammolari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

“Huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning o‘ziga xos xususiyatidir. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish sharoitida huquqiy madaniyatni oshirish muhim ish hisoblanadi. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero huquqiy normalar odamlar ongiga singgan va ular orqali amal qilgan taqdirdagina yashaydi va ro‘yobga chiqadi.”

Huquqiy madaniyat keng tushunchadir. Huquqiy ong huquqiy madaniyatning g‘oyat muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, u eng avvalo odamlarning qonunga munosabatlarini ifodalovchi qarashlari va e’tiqodlaridan, ularning huquq haqidagi tasavvurlaridan, intilishlari va tuyg‘ularidan iboratdir.

Huquqiy ong darajasi fuqarolarning yangi qonunlar qabul qilish, davlat organlarining qonunni qo‘llash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish faoliyati bilan bog‘liq fikrlari va kayfiyatlarini, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik hamda iqtisodiy o‘zgarishlarga munosabatini belgilaydi.

“Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlarda xabardor bo‘lishdangina iborat emas. U-qonunlarga amal qilish va ularga bo‘ysunish madaniyati demakdir. U odil sudni hurmat qilish , o‘z haq-huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etish ehtiyoji demakdir. Huquqiy madaniyat degani-turli mojarolarni hal qilishda qonunga hilof kuchlardan foydalanishni rad etish demakdir.”

Prezident so‘zlaridan ko‘rinib turganidek, huquqiy madaniyat, bu eng avvalo, inson manfaatlari uchun xizmat qiladigan qonunlarni til uchidagina emas, dildan, qalbdan, vujuddan hurmat qilish, e’zozlash, muqaddas deb bilishdir. Huquqiy madaniyatning eng muhim jihati qonunga so‘zsiz itoatkorlik, qonunlarga bo‘ysunish, ularga to‘la rioya etish, ular asosida faoliyat yurgizishdir. Boshqacha aytganda, huquqiy madaniyat faqat qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lishdangina iborat emas, balki qonunlarga qat’iyan amal qilishdir. Qonunlarga rioya etmaydigan odamni huquqiy madaniyatli deb bo‘lmaydi. Odil sudni hurmat qilish, o‘z haq-huquqlarini himoya qilishda unga murojaat etish, uni o‘zi uchun himoyachi deb bilish va e’tiqod qilish ham huquqiy madaniyatdir.

Huquqiy madaniyat-bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquqni hurmat qilishi va unga rioya qilishidir.

Endi huquqiy madaniyatning tarkibiy qismlarini ko‘rib chiqamiz.

A) Huquq-huquqiy madaniyat negizi.Hozirgi vaqtda O‘zbekiston huquqi jiddiy va tub o‘zgarishlarga uchraganligi bilan ajralib turadi.

Qonunlarda, davlat huquqiy tuzilishida, huquqiy tartibga solish va huquqiy madaniyat institutlari hamda mexanizmlarida ko‘z o‘ngimizda yuz berayotgan o‘zgarishlar shunchalar jadal va chuqurki, huquqiy rivojlanishning olamshumul, strategik istiqbollari va maqsadlari to‘g‘risida o‘ylash, mamlakatimizda yuz berayotgan huquqiy islohotlarni jahondagi huquqiy rivojlanish jarayoni bilan "moslashtirish", unda O‘zbekiston o‘rnini hamda ushbu o‘ringa mos islohotchilik yo‘nalishlari va maqsadlarini aniqlash zarur.

Bizning milliy huquqiy tizimimiz butunlay yangi asosda, jahon huquqiy jarayonining yutug‘i bo‘lgan demokratik prinsiplar negizida yangitdan yaratilganligi shubhasiz. Konstitutsiyamizdan boshlab deyarli barcha qonunlarimiz tub o‘zgarishga uchradi. Qonunlarimizda huquq mustaqil demokratik davlatning huquqi bo‘lgan kun voqeligi hisobga olindi. O‘zbekiston qonunlarida halqaro huquqning jahonda tan olingan prinsiplari va normalari o‘z ifodasini topdi va mustahkamlandi. Ular rivojlangan mamlakatlar huquqiy tizimining ilg‘or yutuqlarini davom ettirdi, qadimiy mamlakatimizning tarixiy-huquqiy tajribasini qamrab oldi.

B) Huquqiy munosabatlar amaldagi huquqiy madaniyat

Yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabat huquq normalari bilan tartibga solingan ijtimoiy munosabatlardir, degan fikr keng tarqalgan. Binobarin, huquqiy munosabat, birinchi navbatda, yuridik normalarni amalga oshirishning, huquq amal qilishning natijasidir. Aynan huquqiy munsobatlar orqali huquq "yashaydi", amal qiladi. Huquq subyektlarining huquqi imkoniyatlari va yuridik majburiyatini amalga oshirishning haqiqiy manzarasini aynan huquqiy munosabatlarning yuzaga kelishi ko‘rsatadi. Huquqiy munosabatlar subyeklarining huquqiy pozitsiyasi va mo‘ljallari , yuridik sohadagi tashabbuslari va faolliklari, hatti-harakatlari yuridik shakllarini afzal bilish darajasi birgalikda ularning huquqiy madaniyatini belgilab beradi.7

V) Yuridik muassasalar.Huquqiy rivojlanish va huquqiy madaniyatning harakatlantiruvchi kuchi amaliyotchi yurist va huquqshunos olimlar hamda o‘qituvchilardan iborat professional yuridik jamoadan iborat. Yuristlar huquqiy taraqqiyot egalari, jamiyatda yuz berayotgan huquq va erkinliklar rivojlanishi, huquqiy da’volar qilish jarayonlari, shaxsni va jamiyatni o‘zboshimchalik va boshboshdoqlikdan himoya qilish talablarining ifodachilaridir. Oxir oqibatda huquqshunoslar qanday bo‘lsa, huquq ham shunday bo‘ladi. Huquq va huquqshunoslarning darajasi esa ularga berilgan huquqiy ta’limga bog‘liq.

Yuridik muassasalar, ular faoliyatining samaradorligi nafaqat jamiyatning, balki davlatning ham huquqiy madaniyati darajasini belgilab beradi. Aynan konstitutsiyaga muvofiq tarzda halq irodasini ifodalovchi va uning manfaatlariga xizmat qiluvchi davlat ushbu muassasalarning faoliyatini tashkil etadi va ta’minlaydi. Jamiyat va davlatning demokratikligiga, rivojlanganlik darajasiga yuridik muassasalar qanday ishlayotganligiga qarab ham baho beradilar.

G) Huquqiy ong.Huquqiy ong shaxs ongida, jamiyat g‘oyalarida namoyon bo‘lgan huquqdir. Huquqiy ong huquq va qonuniylikka munosabatdagi e’tiqodlar, tassavurlar, boholar, his-tuyg‘ular va ma’naviyatning boshqa tarkibiy qismlari tizimidir.

D) Huquqiy hatti- harakat.Huquqiy madaniyat darajasini ko‘rsatuvchi indikator bo‘lgan beshinchi elementi huquqiy hatti-harakatdir. Shunday holat yuzaga keldiki, yuridik fan asosan qonunga xilof hatti-harakatlar muammolari bilan, uning sabablari va shart- sharoitlarini o‘rganish bilan shug‘ullanib, huquqiy hatti-harakatning qonunga muvofiq shakli kam tadqiq etilgan. Ayni paytda huquqiy hatti-harakatning ijtimoiy foydali turlarini aniqlash, ta’minlash va rivojlantirish jamiyat huquqiy madaniyatini ko‘tarishning qudratli vositasidir. Qonunga mos hatti- harakat huquqiy normalarda mavjud bo‘lgan ideal ahloq bilan mos keluvchi yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirishni taqozo этади.

Huquqiy madaniyat qonuniy hatti-harakatlarni shakllantirish uchun o‘ziga xos start maydonchasi va ayni paytda uning mezoni bo‘lib namoyon bo‘ladi.

Yuqorida biz huquqiy madaniyatning asosiy elementlarini ko‘rib o‘tdik. Quyida biz hozirgi vaqtdagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib turgan "Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish muammolari"ni ko‘rib o‘tamiz.

2.3. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish muammolari

Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish muammolarini o‘rganishga jiddiy ravishda O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyingina kirishildi. Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish masalasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining ma’ruzalarida doimo to‘xtalib o‘tadi, shuning bilan birga doimo shaxs huquqiy madaniyati deb Prezident I.A. Karimov qabul qilgan qonunlarning soni emas, balki bu qonunlarni shaxslar tomonidan qanchalik darajada o‘zlashtirish, amaliyotga tatbiq etishi, o‘zlari rioya qilishi va boshqalardan ham qonunlarga rioya qilishni talab qilishida ko‘rinadi deganini barchamiz bilamiz.

Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish va bu muammoni bizga kengroq tushunishimizga yordam beradigan va suyanadigan tog‘imiz hisoblangan bu mustaqillikdan keyin qabul qilingan birinchi Qomusimizdir. Chunki bu qomusimizni jahon sivilizatsiyalarining beshigi bo‘lgan davlatlarning olim-ekspertlari o‘qib, jahon andozasiga to‘g‘ri kelishini bir necha bor ta’kidlab o‘tishgan va bu "qomus" shaxs uchun xizmat qilishini biz bilamiz. Masalan qomusning 128ta moddadan 60 dan ziyodi shaxsning huquqiy maqomiga va fuqarolarning erkinligiga bag‘ishlanadi.

Qomusimizning uchinchi-"Jamiyat va shaxs" bo‘limida shaxs fuqaroviy jamiyatning erkin, ongli, mustaqil a’zosi sifatida ta’riflangan. Shaxsning manfaatlari hamma narsadan ustundir, shu bosh qomusimiz shaxsni jamiyatda eng asosiy boylik shaxs deb biladi. Boshqacharoq qilib aytganda halq, davlat va huquq uchun emas, balki davlat va huquq halq uchun xizmat qiladi. Bundan kelib chiqib shahs huquqiy madaniyatini shakllantirish faqat shaxslarning o‘ziga bog‘liq bo‘lmay, balki davlanga uning rahbarligiga ham bog‘liqdir. Shaxsni huquqiy madaniyatni shakllantirish jarayoni quruq shior yoki, "sarob" bo‘lmasdan balki aniq shakllantiradigan aniq hodisadir.

Shuning uchun ham mustaqillik qomusimizning huquqiy konsepsiyasi inson huquqlarini hurmat qilish, fuqarolar erkinligi, huquqiy davlat va milliy davlatga xos xususiyatlar kabi umumiy qadriyatlarimizning uzviy birligini o‘zida aks ettiradi desak adashmaymiz.

Shaxs huquqiy madaniyatini shakllantirish jarayonida, shaxslarimiz qator qoidalarga rioya qilishi lozim bo‘ladi.

Birinchidan qabul qilingan, yangi qabul qilinayotgan qonunlarda va me’yoriy hujjatlarda asrlar davomida halqimiz ongiga singib kelgan va singib borayotgan millatimizning an’analari, urf odatlari, tarixiy meroslarimizda albatta aks etilishi kerak.

Ikkinchidan, barcha qonun loyihalarini tayyorlashda, muhokama qilishda yurist olimlarimiz va amaliyotchilarimiz bilan birgalikda shaxslarning o‘zlari xuquq ijodkori, faol qatnashchilar sifatida ishtirok etishi ijobiy samara berishi mumkin.

Uchinchidan, har bir shaxsning xuquqiy onglilik darajasi, xuquqiy madaniyati ularning qomusimizga va amaldagi qonunlarimizga nisbatan chuqur hurmat bilan qarashlarida ko‘rishimiz mumkin va ularni shunga o‘rgatishimiz zarur, chunki bunday qonunlar qachon yashaydi, qachonki hamma hurmat bilan rioya qilsa, xurmat bilan tilga olinsa. Har bir shaxsning xuquqiy madaniyatini shakllanganligi juda zarur fazilat bo‘lib, bu fazilat davlatimizning tayanchi hisoblanadi.

Zero jamiyatda qonun ustunligi xuquqiy madaniyat bilan mustahkamlanadi.

Shaxs halol, nomusli, pok qalbli, o‘ziga talabchan bo‘lmasdan turib, o‘zining xuquqiy madaniyatini shakillantira olmaydi. Chunki har bir shaxs muayyan vaziyatlarda o‘zini qanday tutishi kerakligini, qabul qilingan qonun - qoidalarga, ahloq normalariga muvofiq yoki xilof harakat qilish kerakligini ma’lum darajada mustaqil hal qiladi va o‘z hatti - xarakatlariga o‘zi baho beradi. Har bir shaxs ma’naviy-xuquqiy qiyofasining, jumladan, odobining ahloqining shakllanishi va takomillashuviga ijtimoiy shart- sharoitlar hal qiluvchi ta’sir qo‘rsatadi.

Shuning uchun shaxs ijtimoiy xayotga qadam qo‘yishi bilan faqat tayyor holdagi muayyan ijtimoiy munosabatlarga, ishlab chiqish munosabatlarigagina emas, balki davlat jamoat tashkilotlari, xuquq ahloq va hakazolar bilan bog‘liq tartib qoidalarga ham duch keladi.

Ma’lumki shaxs xuquqiy madaniyatini shakllanishiga, xuquqiy ongiga uni o‘rab turgan atrofidagi ijtimoiy muhit ta’sir qiladi. Shaxs mavjud dunyoqarashni, odat-ko‘nikmalar, odob va ahloq qoidalarini o‘zlashtirish bilan birga, aniq ijtimoiy voqea hodisalarga, kishilarning hatti xarakatlariga, qonunni buzish yoki unga rioya qilishiga va muomalalariga muayyan mavqeda turib va muayyan qonunlarga suyangan holda ish ko‘radi va baho bera boshlaydi.

Har qanday xuquqiy madaniyatni shakllantirish va uni amalga oshirish jarayoni davlat tayanchiga ishonadi, chunki "Hech bir davlat organi, mansabdor shaxs va inson qonunga bo‘ysunishi majburiyatidan ozod qilinishi mumkin emas". Bunday o‘ta muhim mas’uliyatli ishni amalga oshirishda jamoatchilik tuzulmalarini kuchaytirish orqali qonunlarni ro‘yobga chiqarishning ta’sirchan mexanizmini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shaxs xuquqiy madaniyatini shakllantirish muammolarini yechishda aholiga differensional yondashuv zarur, chunki aholining turli qatlami, qonunlarining mohiyatini turlicha tushunishi mumkin.

Milliy dasturda bu o‘rinda shunday deyiladi "Ta’lim va tarbiya muassasalariga dahldor bo‘lmagan shaxslarning ( ishchi, xizmatchilar, uy bekalari, pensionerlar, harbiy xizmatchilar) xuquqiy tarbiyasi va xuquqiy ta’limi tizimini takomillashtirish. Bu ishga yuridik o‘quv yurtlari, xuquqni muhofaza qiluvchi organlar, ilmiy tadqiqot institutlari, xuquqshunos olimlar va boshqalarni jalb qilish" kerak deyiladi. Har qanday shaxsni xuquqiy madaniyatini shakllantirish o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan jarayon emas, balki ijtimoiy tarbiyaviy institutlar faoliyatiga yordamiga suyangan holda amalga oshiriladigan jarayon hisoblanadi. Bu jarayon ko‘p kuch, vaqt, mablag‘, qunt va bilim talab qiladi, bu kuch, vaqt, qunt va bilim bo‘lishi ham mumkin, lekin shaxsning o‘zini xohishi, istak irodasi bulardan ham muhimroq deb hisoblaymiz, shaxsning o‘zida xoxish, istak iroda bo‘lmas ekan xuquqiy madaniyatni shakllantirish jarayonida samara bo‘lishi gumondir.

Shaxs xuquqiy madaniyatini shakllantirishda milliy mafkuraga to‘xtalmasdan o‘tishga xaqqimiz yo‘q, chunki xuquqiy madaniyat, siyosiy madaniyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lib bir- birini to‘ldirishadi, lekin bu hali halqning siyosiy xuquqiy ongiga ta’sir etadi yoki etdi degani emas, balki siyosiy tutqinlikdan qutilish deganidir. Mafkura har bir millatning ma’naviy, moddiy yutuqlarini ifodalovchi kuchdir. Har qanday mafkura shaxslarning ma’naviy hayotini tarkibiy qismi hisoblangan, hisoblanadi ham.

Shaxs xuquqiy madaniyatini shakllantirish muammolarini yechishda Respublikamizda barmoq bilan sanab bo‘lmaydigan darajada ishlar qilinmoqda, masalan: barcha yuridik adabiyotlar davlat tilida tayyorlanmoqda, aholini xuquqiy savodini chiqarish uchun xuquqiy jurnal va ro‘znomalar yetarli, ammo axborot vositalari orqali yurist olimlar va amaliyotdagi ichki ishlar organlari, sud, prokuratura xodimlari bilan bevosita uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Umuman olganimizda Respublikamizdagi barcha sohada olib borayotgan ishlarning maqsadi bitta, ya’ni o‘zligimizni anglash, tariximizni qayta o‘rganish, shaxs xuquqiy ongini shakllantirishdan iboratdir.

2.4. Huquqiy ong va huquqiy tarbiya

“Huquqiy tarbiya - bu shaxsga nisbatan huquqiy ongni, huquqiy ko‘rsatmalarni, qonunga itoatkor xulq-atvor ko‘nikmalari va odatlarini shakllantiruvchi uyushgan bir tizimli aniq maqsadni ko‘zlagan holda ta’sir ko‘rsatilishidir.”

Huquqiy tarbiya - bu jamiyat a’zolarining yurish-turish madaniyatiga va onggiga tizimli va maqsadga muvofiq ta’sir etish jarayonidir. Bu jarayonda kishilarning huquqiy bilim darajasiga ega bo‘lishiga erishish maqsad qilib qo‘yiladi. Ularda e’tiqoddan kelib chiqadigan qonun va huquqqa bo‘lgan hurmatni shakllantirish huquqiy tarbiyaning o‘zagini tashkil etadi. Huquqiy tarbiya va huquqni tatbiq qilish jamiyatda qonunchilik va huquq tartibotni mustahkamlashga yordam beradi. U kishilarni intizomlilikka, uyushqoqlikka, va yangi turmush tarziga o‘rgatadi. Tarbiyaviy ishning mustaqilligi avvalo uning mazmuni bilan bog‘liqdir. Huquqiy tarbiya-huquqiy ongni shakllantiradi, bu esa tarbiyaning o‘ziga xos shakllari va usullarini izlab topish qo‘llanishi zaruriyatini taqazo etadi.

Tarbiyalovchilar zarur xajmdagi huquqiy bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi va tarbiyalanuvchida huquqiy ongni shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirish uslubiyotini egallashi lozim. Huquq haqidagi tasavurlarning shakllantirishda, shuningdek birmuncha alohida masalalarning hal etishda asos bo‘ladigan qonunning ayrim umumiy qoidalarini huquqiy tamoyillarni bilish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuni unitmaslik kerakki, voyaga yetmaganlar o‘zlari kuzatib boradigan huquqiy faktlarga nafaqat ularni qo‘llanish amaliyoti nuqtai nazaridan baho berishadi. Agar bunday amaliyot huquqda yozib qo‘yilganiga nisbatan farq qiladigan bo‘lsa, unda bu yoshlar huquqiy ko‘rsatmalarning shunchaki rasmiy narsa ekanligi to‘g‘risidagi tassavurlarni- "ha, qonun boshqayu, hayot butunlay boshqa" degan fikrda bo‘lishi mumkin.8

Shunday qilib, huquqiy tarbiyani faqat huquqiy tarbiya bilan cheklab qo‘ymaslik kerak, tarbiyaning roli zarur bo‘lganida huquqiy amaliyotni ham o‘zgartira bilish uni oqilona izohlash qonun buzishning oldini olish, aniqlanishi va bartaraf etishi uchun barcha mumkin bo‘lgan chora tadbirlarni qabul qilishni ham o‘z ichiga olishi zarur. Aks holda hech qanday og‘zaki pand nasihat va suhbatlar yoshlarga ularning ko‘zi oldida jazosizlik holatida sodir etiladigan huquqbuzarliklar yetkazadigan zararni barham topdira olmaydi.

Huquqiy tarbiyani amalga oshirishda yordamni nafaqat huquq bilan tanishtirish va unga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirish muhim, shu bilan birga ularda huquqiy ko‘rsatmalarga so‘zsiz amal qilish zarurligiga ishonchni tarbiyalash tarbiyalanuvchilar ongida demokratik qonunchilik prinsiplariga nisbatan chuqur hurmatni singdira borish lozim.

Huquqiy tarbiyani huquqiy ta’limdan yoki faqat huquqshunoslikka o‘qitishdangina iborat deb bilmaslik kerak. Shuni unutmaslik kerakki huquqiy tarbiya tarbiyaviy ishlarning hamma jihatlarini qamrab olishi, maktablarda birinchi sinfdan boshlaboq amalga oshirila boshlashi, o‘quv yurtlarida huquq bilan bir qatorda boshqa fanlarni (o‘qish, adabiyot, tarix, jo‘g‘rofiya va shu kabilarni) o‘qitish jarayonida sinfdan tashqari ishlarda leksiyalar, huquqshunoslar bilan uchrashuvlar og‘zaki jurnallar, yosh huquqshunoslar klublari, maktablari va boshqalarni tashkil etish yo‘li bilan o‘tkazilishi lozim. bunda yoshlarning o‘zining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirishdagi yuridik faoliyatning rolini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. Ana shu nuqtai nazardan olganda yoshlarning jamoatchilik tartibini saqlashda, demokratik davlatda qonunchilik va huquqiy tartibotni mustahkamlash ishida bevosita va amaliy ishtirok etishlari g‘oyat muhimdir.

Shunday qilib ma’naviy ong, estetik qarashlar singari huquqiy ong shaxsning turmush amaliyoti jarayonida shakllanadi. Halqning xohish-irodasi va manfaatlarini ifodalaydigan ijtimoiy taraqqiyotning obyektiv qonuniyatlariga muvofiq bo‘lgan yaxshi qonunlarga ega bo‘lishgina emas, shu bilan birga ularga so‘zsiz rioya etilishiga quyidagicha butun bir tizimli kafolatlar: iqtisodiy, siyosiy, yuridik va mafkuraviy kafolatlar mavjud bo‘lganidagina real bo‘ladi. Mafkuraviy kafolatlar fuqarolarni milliy ma’naviyatning qayta tiklanishi negizida tarbiyalanishi, ularning ma’rifiy madaniy onglilik darajasini o‘stirishdan iborat. Rivojlanib borayotgan demokratik jamiyatning qonunlari xarakterining o‘ziyoq ularga ixtiyoriy tarzda va so‘zsiz rioya etilishi va ijro etilishini taqozo etadi.

Xulosa.


Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

Soʻnggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga toʻsqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.

Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy taʼlim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masalaga huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha taʼminlanmagan.

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uygʻotish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi.

Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq taʼsirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini koʻrsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi.–T.:O‘zbekiston, 2003.– 40 b.

Karimov I. A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 364 b.


Mirziyoev Sh.M. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturini o‘rganish bo‘yicha ilmiy uslubiy risola – T.: Ma’naviyat, 2017.


Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash – yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. – Toshkent:O`zbekiston,2017.


Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajakimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent:O`zbekiston, 2017.


Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 32 b.


Shavkat Mirziyoyev. Asarlar. 1-jild. Milliy tаrаqqiyot yoʼlimizni qаtiyat bilаn dаvom ettirib, yangi bosqichgа koʼtаrаmiz. – M.: Toshkent. “O’zbekiston”; 2017.


Davlat va huquq nazariyasi. Mas’ul muharrirlar H.B.Boboyev, H.T.Odilqoriyev -T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi, 2000.


Islomov Z.M. Davlat va huquqning umumnazariy muammolari:huquqni tushunish, huquqiy ong va huquq ijodkorligi.T.:TDYUI,2005. –187b.


Odilqoriyev X. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati. –T.: Sharq, 2002.-320 b.


Saidov A.X., Tadjixanov U., Toshqulov J.O‘. Mustaqillik va huquqiy mafkura. T., 1995. -117 b.


Xalilov E.H. Ijtimoiy turmushda huquqiy ongning o‘rni. Pravosoznaniye v strukture obshestvennoy jizni.-T.: O‘zbekiston, 1997. –48 b.

1 Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta`minlash – yurt taraqqiyoti va xalq faravonligining garovi. – Toshkent:O`zbekiston,2017.

2 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajakimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent:O`zbekiston, 2017.


3Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. –T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 32 b.


4 Shavkat Mirziyoyev. Asarlar. 1-jild. Milliy tаrаqqiyot yoʼlimizni qаtiyat bilаn dаvom ettirib, yangi bosqichgа koʼtаrаmiz. – M.: Toshkent. “O’zbekiston”; 2017.


5 Davlat va huquq nazariyasi. Mas’ul muharrirlar H.B.Boboyev, H.T.Odilqoriyev -T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi, 2000.


6 Islomov Z.M. Davlat va huquqning umumnazariy muammolari:huquqni tushunish, huquqiy ong va huquq ijodkorligi.T.:TDYUI,2005. –187b.


7 Saidov A.X., Tadjixanov U., Toshqulov J.O‘. Mustaqillik va huquqiy mafkura. T., 1995. -117 b.




8 Xalilov E.H. Ijtimoiy turmushda huquqiy ongning o‘rni. Pravosoznaniye v strukture obshestvennoy jizni.-T.: O‘zbekiston, 1997. –48 b.
Yüklə 95,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin