I asosiy qism


Kalorimetrik o’lchashlar uchun Bekman termometrini sozlash



Yüklə 198,88 Kb.
səhifə22/25
tarix16.05.2022
ölçüsü198,88 Kb.
#58230
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
I asosiy qism

Kalorimetrik o’lchashlar uchun Bekman termometrini sozlash

Kalorimetrik o’lchashlar uchun Bekman termometrini sozlashda quyidagilarni hisobga olish zarur:

-kalorimetrik o’lchashlarda termometrning nol nuqtasi xona temperaturasida (ya’ni tajriba o’tkazilayotgan temperaturada) o’rnatilishi bilan krioskopik o’lchashlardan farqlanadi. Shuning uchun muvozanat o’rnatilayotganda kapillyardagi simobning sathi xuddi shu temperaturada shkalaning o’rta qismida to’xtatilishi kerak;

-ekzotermik jarayonlar kutilayotgan bo’lsa simobning sathini shkalaning pastki qismida, endotermik jarayonlarda esa - shkalaning yuqori qismida o’rnatish maqsadga muvofiq.

Kalorimetrik o’lchashlar uchun termometrning nol nuqtasini o’rnatayotganda, uni xona temperaturasida kalorimetrik suyuqlikka (odatda, distillangan suv) tushiriladi. Agar termostatlangandan so’ng, kapillyardagi simobning sathi shkaladan pastda bo’lsa, simob yuqori rezervuardan pastki rezervuarga o’tkazilishi kerak. Buning uchun termometr to’nkariladi va uni ikki qo’l bilan ushlagan holda engil silkitish orqali pastdagi rezervuar simobining kapillyar bo’ylab harakatlanishiga erishiladi. Simob kapillyarni to’ldirib yuqori rezervuardagi simob bilan qo’shilganda, kapillyardagi simob bilan qo’shimcha rezervuardagi simobning uzilishiga yo’l qo’ymasdan, termometr ehtiyotlik bilan aylantirilib, qo’shimcha rezervuar pastki asosiy rezervuardan bir oz yuqori bo’lgan holatga keltiriladi. Bunda simob yuqori rezervuardan pastki asosiy rezervuarga oqib o’ta boshlaydi. Jarayonni tezlashtirish uchun pastki rezervuarni vodoprovod suvida sovutish mumkin, so’ngra qo’shimcha rezervuarda simob kamayganda termometrni ehtiyotlik bilan vertikal holatga keltiriladi va xona temperaturasidagi distillangan suvga tushiriladi. Bunda termometr stakan devorlariga va idish tubiga tegmasligi kerak, buning uchun termometrni vertikal holatda shtativga o’rnatiladi. 5-10 minut termostatlagandan so’ng termometr distillangan suvdan chiqariladi va o’ng qo’l bilan termometrning o’rta qismini chap qo’lning bosh barmog’iga qisqa, kuchsiz urish orqali simob ustuni kapillyar bilan qo’shimcha rezervuar ulangan joydan uzilishiga erishiladi. So’ngra termometr yana distillangan suvga tushiriladi va kapillyardagi simobning muvozanat holati kuzatiladi. Agar kapillyardagi simob shkaladan yuqorida bo’lib qolsa, termometr distillangan suvdan chiqariladi, pastki rezervuar qo’l bilan bir oz isitiladi va kapillyar bilan qo’shimcha rezervuar ulangan joyda to’planib qolgan simobni qisqa, engil silkitish orqali yuqori rezervuarga tushirib yuboriladi. Termometrni distillangan suvga qaytadan tushirib, simobning kapillyardagi muvozanat holati tekshiriladi. Kapillyardagi simob Bekman termometri shkalasining o’rta qismida o’rnatilguncha ushbu amallar qaytariladi. Simobning muvozanat holati o’rnatilgandan so’ng oddiy termometr yordamida Bekman termometri shkalasidagi graduslarga mos keladigan Selsiy graduslaridagi temperatura tekshiriladi.

Sozlangan termometrga ehtiyot muomala qilinadi, uni vertikal holda shtativga mahkamlab distillangan suv solingan stakanda saqlanadi.

Bekman termometrini sozlagandan va kalorimetrik qurilmani yig’gandan keyin termometrning nolinchi nuqtasi bilan yakunlovchi davrdan keyin o’rnatilgan muvozanatga mos keluvchi nuqta orasidagi farqni aniqlashga o’tiladi:

Т=Т yakuniy dastlabki

Issiqlik almashinishi bilan bog’liq jarayonlarga tuzatmalarni (issiqlik almashinishida yo’qotilgan va aralashtirish tufayli isiganda olingan) Lange-Mishchenko usulida dastlabki, asosiy va yakuniy davrlar uchun Т=f ()bog’liqlikni o’rganish orqali grafik yordamida aniqlanadi.


Yüklə 198,88 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin