Tadqiqot usullari: Tadqiqot obyektida keltirilgan mavzularni fizik-kimyoviy jihatdan o`rganish, kalorimetrik usuldan kengroq foydalanish.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati: Kurs ishini bajarishda adabiyotlardan o`rganilgan va taxlil qilingan ma`lumotlardan, shuningdek tajriba natijalaridan, talabalar mustaqil ishlari va mavzuga oid referatlarini tayyorlashda ularning fizik-kimyo sohasiga oid bilimlarini mustahkamlashda amaliy ahamiyatga ega.
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi 31 betdan iborat bo`lib, kirish, 3ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kurs ishi bir qancha formulalar, jadvallar va 5 ta rasm asosida yaratilgan.