Izoh; GK – gazokondensat (erituvchi).
Mochevina, melomin, furfurol va formaldegidlarning eterifinatsiya reaksiyasini erituvchilarda olib borganda, eritmaning miqdoriga qarab, smolaning chiqish miqdori aniqlandi. (jadval-7)
*-furfurolli smola Farg’ona viloyati smola ishlab chiqarish korxonasida olinadi.
**- melomino-formaldegid smola 1997-yildan boshlab Chirchiq O’z.Kimyo sanoati akseonerlik korxonasida ishlab chiqarilmoqda. Olingan natijalardan shuni ko’rish mumkinki, erituvchilardan butanol eng yaxshi talabga javob beradigan erituvchi ekanligi aniqlandi.
Mochevina va melamino-formaldegid smolalari olishda eng sifatli erituvchilardan biri furil spirti hisoblanadi. Bunday smola tayyorlashda quyidagi nisbatda komponentlar olishadi: mochevina; formaldegid; furil spirt; 1:2:2. Bu polipopdensatsiya reaksiyasining tezliklari o’rganilganda, uning tezligini o’zgarishi formaldegidning miqdoriga bog’liq bo’lishini 8-jadvalda ko’rish mumkin bo’ladi.
Mochevina-formaldegid-furfurol spirtli smolasini polikondensasiyalab hamda eterifikatsiyalab olishning reaksiya knetikasi natijalari quydagi jadvalda keltirilgan.