I bob. Adabiyotlar sharhi


Fenolning formaldegid bilan polikondensatlanishi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə20/25
tarix28.09.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#150033
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
I bob. Adabiyotlar sharhi

3.2 Fenolning formaldegid bilan polikondensatlanishi
(rezit smolasini hosil bo’lishi)

Fenol bilan formaldegidning kondensatlanishi natijasida, qizdirilganda suyuqlanmaydigan va erimaydigan polimer hosil qilish protsessi ikki bosqichdan iborat. Avval chiziqli tuzilishdagi polimetilenfenol olinadi, so’ngra u qotiriladi. Yumaloq tubli kolbaga 17,5 g fenol, 17,75 g 40% li formalin va 1,5 g 25%li ammiak solinadi. Aralashma suv hammomida 900C da qizdiriladi. Taxminan 30 minutdan keyin aralashma ikki qatlamga ajraladi: yuqoridagi qatlam suv, pastdagisi esa smola bo’ladi. Hosil bo’lgan modda (chiziqli polimetilfenol) suvda neytral holda kelguncha yuviladida, 50-650C da vakuum-quritgichda quritiladi. Polimerning chiziqli tuzilishini aniqlash uchun uning spirt, atseton va spirt bilan benzol aralashmasida eruvchanligi tekshiriladi. Quritilgan polimer (rezol) probirkaga solinib, termostatda 600dan 1200C gacha qizdiriladi va erimaydigan hamda suyuqlanmaydigan uch o’lchamli holoatga-rezitga aylantiriladi.




3.3. Smola va plyonka olish uchun erituvchilar tanlash
O’lchamlari 10-5-10-7 sm bo’lgan kalloid zarrachani eritish qobilyatiga ega bo’lgan eng yaxshi erituvchi tanlash maqsadida quyidagi talablar qo’yiladi: erituvchiga qo’yiladigan talablar:
-polipopdensatsiya jarayonida komponent bilan ta’sirlashmaydigan bo’lishi kerak.
-olingan smola erituvchida yaxshi diffuziyalanadigan bo’lishi kerak.
-erituvchining uchuvchanligi plyonka hosil qilish vaqtida yaxshi bo’lishi kerak.
-smolaning erituvchida erishi yuqori darajada bo’lishi kerak bo’ladi.
Polipopdensatsiya jarayonida erituvchi smolani qovushqoqlik darajasini ta’minlaydigan bo’lishi kerak. Bundan tashqari eterifikaysiya mahsuloti fenol-formaldegid smolasi ham erituvchida eriydigan bo’lishi kerak bo’ladi. Erituvchi bilan smola orasidagi miqdoriy nisbatlar ham amaliy ahamiyatga egadir.
Respublikamizda smolalarni erituvchisi sifatida: asosan izopropil spirti, izobutil spirti hamda butil spirtlari ishlatiladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin