1.2.Apoptoz infeksiyalangan hujayra yoki saraton hujayralarini bartaraf qiladi .Baʼzi hollarda, hujayraning tirik qolishi tananing qolgan qismi uchun xavf tugʻdirishi mumkin. Masalan, DNKsi zararlangan hujayralar, saraton oldi hujayralari va viruslar bilan zararlangan hujayralar shunday xususiyatga ega. Agar bu hujayralar apoptozga uchrasa, organizmning qolgan qismiga nisbatan boʻlgan xavf (masalan, saraton yoki virusli infeksiyaning tarqalishi) olib tashlanadi.Agar hujayraning DNKsi shikastlangan boʻlsa, hujayra odatda shikastni aniqlaydi va uni tuzatishga harakat qiladi. Agar shikastlanish tuzatib boʻlmaydigan darajada boʻlsa, hujayra odatda oʻz-oʻzini apoptozga uchratadi va bu shikastlangan DNK tarqalishining oldini oladi. Agar hujayralar DNKsiga zarar yetsa, ammo apoptozga uchramasa, ular saraton kasalligiga aylanishi mumkin.Ayrim hollarda, ichki apoptoz hujumidan qochgan saraton oldi hujayralari immun hujayralar tomonidan aniqlanadi, ular tashqi signal yoʻli orqali apoptozni qoʻzgʻatishga harakat qiladi. Omadli saraton hujayralari odatda apoptozni keltirib chiqaradigan ichki va tashqi taʼsirlarni yoʻq qilishga qodir. Bu ularga nazorat doirasidan ajralib chiqishga va mutatsiyalarni keltirib chiqarish (DNKni oʻzgartirish)ga imkon yaratadi.Apoptoz immun funksiyasining kaliti.Apoptoz sogʻlom immun tizimining rivojlanishi va bir maromda ishlashida ham muhim rol oʻynaydi. B va T (spetsifik molekula bogʻlovchi) hujayralar ishlab chiqarilganda birinchi navbatda organizmning “oʻz” shaxsiy toʻqimasiga qarshi reaksiya bildirish yoki bildirmasligi tekshiriladi. Qarshi reaksiya bildirgan taqdirda, bunday hujayralar apoptoz yoʻli bilan yoʻq qilinadi. Bu jarayon buzilsa, organizmda oʻz toʻqimalariga qarshi boruvchi hujayralar paydo boʻladi va bu autoimmun jarayonlarga olib keladi.
Bundan tashqari, apoptoz patogenga qarshi paydo boʻlgan immun javobni pasaytirishda ham ahamiyatga ega. Patogen aniqlanib, immun sistema hujayralari tomonidan tanilgach, uni yoʻq qilish uchun immun hujayralari tez koʻpayishni boshlaydi. Organizm patogendan tozalangach endi ahamiyatga ega boʻlmagan immun hujayralari immun sistemada gomeostazni taʼminlash uchun apoptozga uchraydi.Apoptoz - bu tartibli programmalashtirilgan hujayra oʻlimining bir turi. Apoptoz natijasida hujayra apoptotik tanachalarga boʻlinib ketadi. Apoptotik tanachalar esa tezda (oʻrtacha 90 minut) makrofaglar yoki qoshni hujayralar tomonidan yalligʻlanishga yol qoymay yutib olinadilar.