MUNDARIJA: KIRISH. I.BOB. APOPTEZDAGI MITAXONDRIYANING AHAMYATI. 1.1. Apoptoz va nekroz………………………………………….…………….........4
1.2.Apoptoz infeksiyalangan hujayra yoki saraton hujayralarini bartaraf qiladi………………………………………………………………………..…........8
1.3. Apoptoz mexanizmi ……………………………………….………………....10
II. BOB. MITAXONDRIYA TAMOYILLARI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR. 2.1 Mitaxondriya tamoyillari ………………………………………………….…11
2.2. Mitaxondriyani mutatsiyalarning evolutsiyasi bilan bog`liqligi ……..………16
XULOSA …………………………………………………………………….…...24 ILOVA……………………………………………………………………………25 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………......32
“Agar mendan sizni nima qiynaydi?” deb
so’rasangiz, farzandlarimizning ta’lim
tarbiyasi deb javob beraman!!!
Shavkat Mirziyoyev
KIRISH.
Siz tanangizdagi hujayralarning nobud boʻlishini noxush jarayon deb oʻylashingiz mumkin. Koʻp jihatdan bu toʻgʻri: shikastlanish tufayli hujayralarning nobud boʻlishi albatta yomon (misol uchun, zararli kimyoviy vositalardan). Lekin tanamizdagi hujayralarning tasodifiy tartibda emas, balki oldindan rejalashtirilgan tartibda oʻlim topishi muhim ahamiyatga ega.
Masalan, barmoqlaringizning tuzilishini hech diqqat bilan kuzatganmisiz? Aniqlanishicha, embrional rivojlanish davrida barmoqlar orasidagi hujayralar rejalashtirilgan oʻlimga uchraydi. Agar shunday boʻlmasa, barmoqlaringiz qoʻshilgan boʻlar edi yoki barmoqlar emas, balki suzgichga ega boʻlar edingiz.
Embrion barmoqlari orasidagi hujayralarning oʻlimi apoptoz deyiladi, bu rejalashtirilgan oʻlim degani. Rejalashtirilgan oʻlimda hujayralar maʼlum taʼsir natijasida “oʻz joniga qasd qiladi”. Apoptoz hujayraning oʻlimiga olib kelsa ham, umumiy organizm uchun foyda keltiradi (masalan, barmoqlarning toʻgʻri rivojlanishi yoki saraton rivojlanishi oldini olish). Bu maqolada apoptozni chuqurroq oʻrganib, uning qachon sodir boʻlishi va qanchalik muhim ekanini bilib olamiz.