Mavzuning dolzarbligi: Ekspressiya va proteomika bo’yicha ma’lumotlar bazalari mavzusini o’rganish tahlil qilish va kuztish orqali odamlarda uchraydigan kasallilarni oldindan aniqlash, oldini olish choralarini ko’rish, jarayonning borish mexanizmi va unumlarini hisoblab borish, uni amalyotda qo’llanilish sohasini chuqur o’rganish, yakuniy jarayonda odamlardagi kasalliklarni oldindan bashorat qilish, jihatlarini tahlil qilish.
Mavzuning maqsadi:Ekspressiya va proteomika bo’yicha ma’lumotlar bazalari mexanizmini strukturaviy biolog nuqtai nazaridan irsiy kasalliklar va yuzaga kelish tushunchalari bilan yoritishdir, klassik biologa, kristallografiya, NMR spektroskopiyasi kabi usullar yordamida kasallik keltirib chiqaradigan mexanizmini molekulyar tuzilishini aniqlaydigan omil sifatida ta'riflanadi. Va kristallografik usullarga alohida e'tibor beriladi. Ekspressiya va proteomika bo’yicha ma’lumotlar bazalari fizik kimyo, termodinamika, entropiya, hisoblash kimyosi, biologiyaning katlama va dinamika aspektlarini o'z ichiga olgan keng ko'lamli mavzudir.
Mavzuning vazifasi:Ekspressiya va proteomika bo’yicha ma’lumotlar bazalari mavzusini batafsil tushuntirib berish, berilgan nazariy bilimlar natijasida amaliy ko’nikmalarni hosil qilish. Mavzuga oid tushunchalarni soddaroq qilib tushuntirib berish va qanaqa usullarqa qo’llash kerakligini o’rgatish.
Mavzuning o’rganilgan darajasi:Ekspressiya va proteomika bo’yicha ma’lumotlar bazalari mavzusini nazariy va amamliy jihatdan jahon olimlari: A.A Galuchenko, N.L Sesev, N.B Sushev, D.V Musayev N. Nazirov va boshqa olimlar tomonidan o’rganilgan.
Kurs ishi tuzilishi: kirish, I bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat bo’lib, jami 27 sahifani tashkil etadi.
I BOB ASOSIY QISM 1.1 Ekspressiya va proteomika bo’yicha ma’lumotlar bazalari Proteomika- oqsillarning tuzilishi va funktsiyasini o'rganadigan, shuningdek, tirik hujayra ichidagi oqsil-oqsil o'zaro ta'sirining murakkab tarmog'ini tahlil qiluvchi fan. Proteomikaning asosiy savollarini quyidagicha shakllantirish mumkin: Har bir alohida oqsilning tuzilishi va xususiyatlari qanday? Tananing har bir o'ziga xos hujayrasida qanday oqsillar to'plami mavjud? Hujayra ichidagi ko'p va xilma-xil oqsillar bir-biri bilan qanday o'zaro ta'sir qiladi? Ko'p komponentli tarmoq tugunlarida qanday oqsillar joylashgan va bu tarmoqning har bir oqsil komponentining faolligi qanday tartibga solinadi? Afsuski, bu savollarga hali to'liq javob yo'q. Ko'pgina organizmlarning genomi shifrlangan va ko'plab genlarning nukleotidlar ketma-ketligi tasvirlangan bo'lsa-da, muhim miqdordagi genlarning (va shuning uchun ular kodlaydigan oqsillarning) funktsiyalari noma'lumligicha qolmoqda.