II BOB. BO'LAJAK O'QITUVCHINING KASBGA DOIR AMALIY KO'NIKMALARINI
SHAKLLANTIRISH.
2.1 TALABALARNING KASBIY MADANIYATINI
SHAKLLANTIRISHNING MOXIYATI.
Oliy ta'limning Davlat ta'lim standarti, o'quv fanlari bloklari mazmuniga
qo'yiladigan talablarida "Ta'lim va tarbiya jarayonini mustaqil fikrlaydigan
qarorlar qabul qilishga qodir, har tomonlama rivqjlangan barkamol shaxsni
shakllantirish ga yo'naltirilganligini ta'minlashi lozim" ligiga aloxida axamiyat
berilgan. Albatta qo'yilgan ushbu talablar oliy o'quv yurtlarida taTim-tarbiya
jarayonini yuqori darajaga ko'tarish o'qitishni yangi metodlar asosida amalga
oshirish talabalarda mustaqil fikrlash qobilyatini rivojlantirish, ularda mehnat
ko'nikmalarini shakllantirish, kasbga bo'lgan qiziqishni takomillashtiiish,
talabalarning kasbis maxorotini shakllantirish va bilim darajasini oshirish kabi
faziliyatlarini sifatli darajada bajarishni taqozo etadi.
Bu vazifalarni amalga oshirishda oliy o'quv yurti talabalarida kasbiy madaniyat
xaqidagi bilim, ko'nikma va malakalami shakllantirish muxim ahamiyatga ega.
Chunki kasbiy madaniyat mustaqil fikrlash, mustaqil ishlash kabilarning asosiy
manbai bo'lib qolmay, balki xar bir shaxsning ijodiy qobilyatini namoyon etish,
intelektual jixatdan rivojlanish, kasbi bo'yicha mexnat xususiyatlarini namoyon
etish imkoniyatlarini oshiradi.
Darxaqiqat talabalarda kasbiy madaniyatni shakllantirish va mustaxkamlash -
bufan madaniyat, axloq, aqliy boylik, jamiyat turli soxalarining mutaxasislarini
yetishtirish, ziyolilar va ziyolilikni rivojlantirish bilan bevosita bog'liqdir
2.2.
TALABALARINING
KASBIY
FAOLIYATDA
KAMP'YUTER
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHGA TAYYORLASH.
Zamonaviy mutaxasislar ega bo'lishi kerak bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar
mazmuni uzluksiz o'zgarib, xajmi oshib bormoqda. Bo'lajak mutax'asislar kelgusi
kasbiy faoliyatlarida kop'yuter texnologiyalaridan samarali foydalanish imkonini
beruvchi bilim va malakalar tizimiga ega bo'lishi kerak.
Amaliyot shuni ko'rsatadiki kop'yuter texnologiyalarini keng taraqqiyotga
qaramay ulardan kelgusi kasbiy faoliyatda foydalanish bo'yicha mutaxasislar
tayyorlash tizimi to'la ishlab chiqilmagan. O'quv jarayonida komp'yuter o'rganish
ob'ekti sifatida ham, o'quv mazmunini o'zlashtirish rivoji va diognostikasi tarbiya
va o'qitish vositasi sifatida ham bo'lishi mumkin, yani o'qitish jarayonida
kop'yuter texnologiyalaridan foydalanishning ikkinchi yo'nalishi mavjud,
Birinchidan, bilim, malaka va ko'nikmalarni o'zlashtirish kop'yuter texnologiyalari
imkoniyatdlarini bilishga turli masalalamir yechishda ulardan foydalanish
malakalarini shakllanishiga olib keladi.
Ikkinchidan, kop'yuter texnologiyalaridan kop'yuter texnologiyalari - o'quv
jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirishning muxim vositasi bo'lib xizmat
qiladi.
Talabalarning bo'lg'usi kasbiy faoliyatda kop'yuter texnologiyalaridan foydalanishga quyidagi
sharoitlarda samaraliroq bo'ladi:
-talabalarga bo'lg'usi kasbiy faoliyamlarida kop'yuter texnologiyalaridan foydalanish soxasida bilim
va malakalarini shakllantiruvchi,ularning kasbiy
tayyorgarligini xozirgi jamiyat talablariga mosligini ta'minlovchi tizmning mavjudligi;
- talabalarda zaruriy bilim va malakani shakllantirish imkonini berkuvchi mos uslubiy ta'minot va
moddiy o'quv bazasining mavjudligi.
Oliy ta'lim pedagogikasining nazariya va amaliyoti muammolarining xozirgi xolati yani o'qitishda
komp'yuter texnologiyalarining mavjudligi va ularning o'quv-tarbiya jarayonidagi o'rni, bitiruvchi kurs
talabalarining kop'yuter texnologiyalaridan foydalanish malakalarining shakllanganlik darajasini
aniqlash zarur.
O'quv jarayonida kop'yuter texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha o'qituvchining darsga tayyorlanishi,
dars o'tkazish, darsjdan keyingi faoliyati taxlil qilinib, DTS talablariga mos o'qituvchining kop'yuter
texnologiyalaridan foydalanish soxasidagi bilim va malakalari yektarli darajada bo'lishi ko'zlangan
maqsadga olib keladi.
Ishlab chiqilgan topshiriqlarni o'qituvchi dastur bilan birga qo'llash yani mazmunini tushuntirishga
ketadigan vaqtai qisqartiradi va natijada o'qquv jarayonining faollashuviga, talabalaming mavzuni
mustaxkamlashlari uchun ko'proq vaqt ajratishga chuqurroq bilim olishga imkoniyat yaratadi. O'z
vaqtida o'qituvchi xam talabalarga bilimlami yaxshi o'zlashtirishiga, malaka va ko'nikmalarga ega
bo'lishiga yordam berishga ulguradi.
Kop'yuter texnologiyalaridan foydalanishning asosiy masalasi - insonning intelekttual imkoniyatlarini
kengaytirishdan iborat. Xozirgi vaqtda o'qitish tushunchasining o'zi o'zgarib bormoqda: bilimlami
o'zlashtirish - axborotlardan
foydalana olishga uni ko'mp'yuter yordamida egallashga o'rnini bermoqda.
|