I bob. Bo'Lajak o'qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik omillari


 BO'LG'USI O'QITUVCHILARDA KASBIY BILIM, KO'NIKMA VA MALAKALARNI



Yüklə 47,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix19.10.2023
ölçüsü47,24 Kb.
#156988
1   2   3   4   5
Ozodova xamida

1.2. BO'LG'USI O'QITUVCHILARDA KASBIY BILIM, KO'NIKMA VA MALAKALARNI 
SHAKLLANTIRISH YO'LLARI
Jamiyat taraqqiyotida, xar bir davlatning rivojlanishida o'qituvchining mexnati,
pedagog-tarbiyachilarning faoliyati muxim axamiyatga ega. O'zbekiston Respuplikasi
mustaqillikka erishgach, o'ziga xos fazilatlarga ega bo'lgan, davlatimizning milliy-
hududiy, mintaqaviy jo'g'rofiyasi o'ziga xosligidan kelib chiqqan xolda uning ravnaqini
o'ylaydigan, bir yoki bir necha kasb-xunarlarni o'zlashtirgan, zamonaviy bilimlarni
biladigan fuqarolarni shakllantirish zaruriyati kelib chiqdi. Bular esa "Ta'lim to'g'risida"gi
Qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning asosiy yo'riqnomalari, yo'nalishlari
sifatida belgilab berildi. Jumladan, Prirezidentimiz I. A. Karimov ta'lim soxasiga oid
so'zlagan nutqlarida oliy o'quv yurtini bitirayotganlar qanday talablarga javob berish
lozimligimni aniqlab orlish kerakligi, xozir tayorlanayotgan 90-100 tagacha yaqin
mutaxasislikdan qaysi biri keragu, qaysi biri kerak emasligi va yangi zamon talab
qilayotgan yangi mutaxasisliklami aniqlab olish lozimligini xamda zarur mutaxasisliklar
bo'yicha davlat buyurtmasini belgilab olish darkorligini bir necha bor ta'kidlab o'tgan.
Bunda esa muxim vao'ifani amalga oshiruvchi milliy pedagog xodimlarni o'zlarini
shakllantirish muammosini yechimlari yotadi.
Bo'lajak o'qituvchilarni zamonaviy bilimlar olishni ta'minlash uchun butun
pedagogik jarayonning negizi hisoblangan o'quvchi-pedagogning mehnati
mazmunini hozirgi davr talablari darajasida tashkil etish lozim.


1.3. BO'LAJAK O'QITUVCHILARNI KASBIY FAOLIYAGA TAYYORLASHDA 
MUSTAQILISHLARNING O'RNI.
Mustaqillik - shaxs xarakterining xususiyatlaridan biri bo'lib, insonning
tafakkur tizimida, turli ko'rinishdagi faoliyat va xarakatlarida aks etadi.
Mustaqillik tushunchasi inson oldida turgan vazifalarni xal etish yo'llari va
vositalarini tanlashdagi mustaqillik to'g'risidagi tasawur bilan bog'liqdir.
Bilimlarni mustaqil tarzda egallashga intilish - o'quvchi faoliyatining o'quv
yurtidagi eng ajralib turadigan xususiyati, mustaqil o'qib bilim orttirish
asosi xisoblanadi.
O'quvchilarning mustaqillikni tarkib toptirish bo'yicha ta'limi kasbiy-
pedagogik faoliyatiga muvofiq mexnat natijasining samaradorligini
oshirishga yo'naltiriladi. Bunda o'qituvchi o'z mexnatining natijalarini taxlil
etib, o'z kasbiy pedagogik faoliyatini ifodalaydi.
Ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarning ko'proq pedagogik ongning nazariy
darajasini rivojlantirishga yo'naltirilganligi aksariyat xollarda ko'pincha,
talabalarning bilimlari yuzaki xususiyatga ega bo'lishiga olib keladi.
Pedagogik tajribalarni taxlil qilish pedagogik fikrlashning kreativ darajasi
mustaqil ta'lim olish natijasida yuzagaga kelganligini ko'rsatadi.
Nazariy jixatdan mustaqil ta'lim olishning texnologik asoslari bugungi
kunga qadar xam to'la rivojlanmagan. Shuningdek bu borada terminologik
chalkashliklarga tabora ko'proq yo'l qo'yilmoqda.


Ayni vaqtda "mustaqil ta'lim olish", "o'zini tarbiyalash",
"mustaqil
o'qish"
tushunchalaridan sinonimlar sinonimlar sifatida foydalanilmoqda. Ayni o'rinda mustaqil
o'qish tushunchasini yoritishga xarakat qilamiz.
O'zini o'qitish (avtodidaktika) - bilimlarni o'zlashtirish, tasawurlarni rivojlantirish
tushunchalari maxorat va ko'nikmalarni xosil qilish bo'yicha o'quv jarayonlarini sub'ektiv
maqsadga muvofiq muntazam, mustaqil hamda avtonom faoliyatnitashkil etish demakdir.
Mustaqil bilim olishda avtonomlik - o'qitish maqsadlari, tamoyillari, mazmun, metodi va
vositalarini aniqlash hamda tanlash, ularni qiynalmasdan va tashqi ta'sir yordamisiz amalga
oshirish qobilyatidir.
Mustaqillik shaxsning alohida xususiyati, layoqati, faolligi, diqqatini qobiliyati, qo'yilgan
maqsadga erishish yo'lida bor kuchini sarf etish kabi xususiyatlar birligi.
Mustaqillik holati namoyo bo'lgan, biroq avtonomlik hususiyati ko'zga tashlanmasa, bu xol
mustaqil bilim olishni emas, balki muammoli o'qitishning mavjudligidan dalolat beradi.
Demak, avtonolik - mustaqil bilim olishdan farq qiluvchi, moxiyatli belgi xisoblanadi. U o'quv
va kasbiy faoliyat mustaqillilikni belgilaydi. Bu sifatlar o'quv pedagogik masalalami turli
variantlarini tushunishda va mavjud xolatni tanqidiy baxolshda namoyon bo'ladi. Mustaqil
bilim olishning muvaffaqiyatli rivojlanishi ko'p jixatdan o'zini boshqarish qobilyatining
rivojlanishi bilan bog'liq.
Mustaqil bilim oishda ditaktik tamoyillar xamda pedagogik texnologiyalar asosiy ro'l
o'ynaydi. Mustaqil bilim olayotgan sub'ektning ta'lim jarayonida xech kim o'qishga majbur
etmasligi muximdir.



Yüklə 47,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin