I bob: bolalar nutqini rivojlantirish



Yüklə 52,98 Kb.
səhifə1/7
tarix25.04.2022
ölçüsü52,98 Kb.
#56312
  1   2   3   4   5   6   7
Maktabgacha rusiyzabon oʻzbekcha soʻzlashishga oʻrgatish


Maktabgacha rusiyzabon oʻzbekcha soʻzlashishga oʻrgatish

Reja:

Kirish.

Asosiy qism.

I BOB: BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISH

1.1 Bolalarning rivojlanishida nutqning ahamiyati.

1.2 Ota-onalar va yosh farzandlar o`rtasidagi munosabatlar.

II BOB: MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA 2 YOSHGACHA BOLALAR BILAN MUNOSABATLAR.

2.1 Ikki yoshgacha bolalar bilan munosabatning dolzarbligi.

2.2 Maktabgacha yoshdagi bolalarni o‘zbek tiliga o‘rgatish.

2.3 Mashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda rusiyzabon bolalar bilan ish olib borish.


KIRISH



Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.»1 – deb alohida ta’kidlaganlar. Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga tatbiq etib borilmoqda. Mazkur ezgu maqsadni hayotda o‘z isbotini topishda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda. 1 Karimov I.A. Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: O‘zbekiston, 1997. 4–9-b. 4 «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab berilganidek, maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning 6–7 yoshga to‘lguniga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari va mulk shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarida olib boriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir2 . O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi – maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi sifatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga muvafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi-boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda. Mustaqillik yillarida respublikada milliy ta’lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi darajasiga ko‘tarildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan va jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturining muvaffaqiyatli joriy etilishi natijasida mamlakatda noyob uzluksiz ta’lim tizimi barpo etildi. Maktabgacha ta’lim sohasi mazkur tizimning ilk bo‘g‘ini hisoblanadi va butun ta’lim-tarbiya tizimining asosiy maqsadi bo‘lgan – barkamol avlodni tarbiyalashga erishishda muhim ahamiyat kasb 2 Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. – Т.: Sharq, 1997. – B. 20. 5 etadi. Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo‘naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Birgina 2015–2016-yillar davomida 459 ta maktabgacha ta’lim muassasalari mukammal ta’mirlandi va zamonaviy talablarga mos ravishda jihozlandi. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta’lim muassasalarining ta’lim dasturlari va o‘quv-tarbiyaviy rejalariga qo‘yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda. Aksariyat maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi zamon talablariga javob bermaydi. Bolalarni maktabgacha ta’limga qamrab olish ko‘rsatkichi hamon pastligicha qolmoqda. Mavjud muammolarni amaliy bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi. Dastur asosida keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan: • bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun ilg‘or xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda zarur shart-sharoitlar yaratish; • maktabgacha ta’lim muassasalari uchun pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv reja va dasturlarini zamonaviy pedagogik texnologiya va metodlarni inobatga olgan holda takomillashtirish; • 2200 ta maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiytexnika bazasini mustahkamlash, jumladan qishloq aholi punktlarida yangi maktabgacha ta’lim muassasalarini qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2.2 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilmoqda. Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida quyidagilarga erishiladi: • yuqori sifatli maktabgacha ta’limni ta’minlash, bolalarni sifatli maktabga tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga muqobil dasturlarni joriy etishga; 6 • bolalarni maktabga tayyorlashning muqobil shakli bo‘lgan 6100 ta qisqa muddatli guruhlar tashkil etishga; • 3–6 yoshdagi maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olinmagan bolalarni, ularning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash orqali maktab ta’limiga tayyorlashni tashkil etishga; • maktabgacha ta’lim muassasalari tarmog‘ini 50 ta yangi qurilish hamda mavjud muassasalarning 1167 tasini rekonstruksiya qilish va 983 tasini mukammal ta’mirlash orqali kengaytirishga; • qishloq joylardagi maktabgacha ta’lim muassasalarida otaonalar badal to‘lovini 30 foizgacha kamaytirishga; • bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini 1,5 barobarga oshirishga. Dasturning samarali amalga oshirilishi unda ko‘zda tutilgan ko‘rsatkichlar ijrosining borishini tizimli monitoring qilib borish orqali davlat organlarining doimiy nazoratida bo‘ladi.3 Bu qaror maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashuviga xizmat qiladi. O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi»da ko‘rsatib o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim bu ko‘p tomonlamali, maqsadga yo‘naltirilgan, bolani ta’limning keyingi bosqichi – maktab ta’limiga tayyorlovchi, jismoniy, ruhiy, individual va yoshga doir rivojlanishini ta’minlovchi ta’lim va tarbiya jarayonidir. «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»da maktabgacha ta’lim masalasi alohida yoritib o‘tilgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktabgacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan4 . Shuningdek, Konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ikkita – didaktik va metodik modellarining mohiyati ham chuqur 3 O‘zb. Res. Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning “2017–2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. T.:-2016 y. 29-dekabr. 4 Кадырова Ф.Р., Кадырова Р.М., Вахобова Ф.Н. Концепция дошкольного образования Республики Узбекистан. – Т: Фан ва технологиялар, 2011. – С.4. 7 va yetarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab berilgan bo‘lib, ularning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari hamda pedagog va bolalarning o‘zaro harakati turlari aniq ko‘rsatib berilgan. Bilim olishga intilish, ma’rifatli bo‘lish o‘zbek xalqi, millatining ruhiyatida ustuvor o‘rin tutuvchi omil sanaladi. Ma’rifatlilik – faqatgina bilim va malakaga ega bo‘lish emas, ayni vaqtda chuqur ma’naviy axloq hamdir. Bilimli, komil inson qiyofasida ana shunday xislatlarga ega shaxslar namoyon bo‘ladi. Bolalarning ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lishini rivojlantirib borish yosh avlod tarbiyasida umumxalq ishidir. Ma’lumki, vatan beshikdan boshlangani kabi, ta’lim-tarbiya ham beshikdanoq, hattoki, bola tug‘ilmasidanoq berila boshlanishi kelajakdagi ijobiy natijalarga sabab bo‘ladi. Mamlakatimiz yoshlariga erta ta’lim-tarbiya berish mas’uliyatini hozirda yurtimizda faoliyat yuritayotgan maktabgacha ta’lim muassasalari o‘z zimmasiga olgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bilimlarni berish shakli mashg‘ulotdir. Mashg‘ulotlar jarayonida bolaning nutqi rivojlanib, undagi grammatik va fonetik qirralari sayqallanib, til boyligi oshib borish bilan bir qatorda undagi psixologik va intellektual jihatlari rivojlanib boradi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 5 ta metodika bo‘yicha bolalarga ta’lim-tarbiya saboqlari berib boriladi. Bulardan eng asosiysi «Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari» desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, nutq o‘stirish nafaqat bolaning so‘z boyligini oshirish, balki uning muloqot qobiliyatini rivojlantiradi, undagi bilish jarayonlarining, shu jumladan bolaning tafakkurini o‘stirishda ham muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi paytda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga yanada yuqori talablar qo‘yilmoqda. Bu talablarga javob berish nutqni rivojlantirishga oid yangi izlanishlarni taqozo etadi. Shunday qilib, pedagogika ilmining hozirgi bosqichida maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishga nisbatan qo‘yiladigan talablar bilan ushbu talablar ijrosi o‘rtasida ziddiyatlar namoyon bo‘lmoqda. 8 Yuqoridagi fikrlarga asoslanib, biz mazkur kitobda maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning samarali yo‘llari hamda vositalarini ishlab chiqishda tayanch bo‘ladigan nazariy, metodik usullarni yoritishga qaror qildik.


Yüklə 52,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin