II-BOB. Maktabgacha yoshdagi bolalarning nutqini rivojlantirishning
ilmiy pedogogik shart-sharoitlari
2.1 “Ilk-qadam“ davlat dasturida 6-7 yoshli bolalarda nutq, muloqot, o’qish va yozish malakalari
Respublika Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomi maktabgacha ta’limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab
olindi.
2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar. Bular quyidagilardir:
1. Til va nutq markazi. (Nutq o‘stirish, tabiat, atrof-olam va badiiy adabiyot bilan bog‘liq mashg’ulotlar)
2. Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazi. (Qurish yasash va matematika mashg‘ulotlari)
3. San’at markazi (Rasm, applikatsiya, loy qurish, yasash mashg‘ulotlari va origami)
4. Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz. (Guruh yoshiga mos bo‘lgan syujetli qoidali o‘yinlar)
5. Ilm-fan va tabiat markazi. (Tabiat, atrofi olam bilan tanishtirish mashg‘ulotlari)
Markazlardagi faoliyatlar tahliliga to‘xtaladigan bo‘lsak, til va nutq markazida bolalarning do‘stlari orasida o‘z fikrlarini bera olishlari, mavzu asosida hikoyalar tuzish, savol-javoblar qilish, bolalarga suhbatlar tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Bola markazda o‘zi xohlagan mavzusida hikoyalar tuzishi ham mumkin.
Qurish-yasash, konstruksiyalash va matematika markazida bolalarda sensor tarbiya, ijodkorlik rivojlanadi. Bola bir vazifani bajarishi orqali ham qurish –yasash ham matematika bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bolalarni o‘yin jarayonida tinglansa “Menga yashil rang kerak”, “Men yasagan uycha ikki qavatli”, “Seniki kichkina, meniki esa kattakon”, “Meni mashinamga 10 ta odam sig‘adi” degan jumlalarni eshitasiz. Demak bolalarning muloqatida qo‘shish, ayirish, taqqoslash, kattalik kabi ilk matematik tasavvurlar kengayib boradi.
San’at markazida bolalarni kayfiyatini ko‘tarish imkoni mavjud. Bolalarning ijodiy qobiliyatlari qo‘llab-quvvatlanadi. San’atning rassomlik, haykaltaroshlik, turlariga hammaga ham bir xil iqtidor berilmagan. Shu sababli bunda faqat iqtidorli bolalar ishtirok etadi.
_________________
O‘zbekiton Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to‘g‘risida"gi qonuni. 16-dekabr 2019-yil, ORQ-595-son
Markazda ishlasa bolaning mayda motorikasi rivojlanadi. Mayda motorikaning rivojlanishi esa, bola nutqining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Syujetli-rolli o‘yinlar va dramalashtirilgan markaz bolalar iqtidorini namoyon bo‘lishi, o‘z mahoratini ko‘rsatishi uchun juda qulay muhitdir. Bu markazni bolaning “Men”ini shakllantiruvchi markaz deb ham atash mumkin. Markazdagi barcha jihozlar bolalar hayotida uchraydigan jihozlar bo‘lib, o‘yin jarayonida bola ulardan foydalanishni o‘rganadi, kasblar bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladi. O‘yinda oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari aks etadi va ular orqali ahloqiy tarbiya olish (tarbiyachi uchun esa oiladagi muhitni o‘rganish) imkoni yaratiladi.
Ilm-fan va tabiat markazida tajriba sinov maydonchasida o‘tkazilayotgan tajribalar bolalarda qiziqish uyg‘otadi va ularni yangi ixtirolar qilishga undaydi. Bu markaz bolalarni tabiat va undagi hodisalarni bilish uchun eng katta imkoniyat markazi hamdir. Markaz faoliyati to‘g‘ri tashkil etilsa bolalar tabiat haqidagi bilimlarning 90%ini o‘zlashtiradi. Markaz nafaqat bolalarda balki pedagoglarda ham qiziqish uyg’otadi. Hayotimiz davomida ishlatiladigan narsalarni qayerdan kelganligini, ulardan nimalar olinganligi haqidagi ma’lumotlar bolalarning o’z qo‘llari bilan urug‘larni tuvaklarga sepish orqali unga suv qo‘yishi va urug‘ unib chiqishi bola uchun juda qiziqarli holatlar sanaldi.
Yuqorida izohi keltirib o‘tilgan markazlar faoliyati bolani maktab ta’limiga tayyorlashda rivojlantiruvchi muhit vazifasini bajarib, shu o‘rinda 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik xaritasini ilova qilib o‘tishni joiz deb bildik. Zero, mazkur yoshdagi bolaning rivojlanish xaritasi ta’lim jarayonining muvaffaqiyatliligi va samaradorligini aniqlaydi. Masalan boladagi,
1. Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish
2. Ijtimoiy-hissiy rivojlanish
3. Nutq, muloqot, o‘qish va yozish ko‘nikmalari
4. Bilim olish (anglash orqali rivojlanish)
5. Ijodiy rivojlanish kabilar uni maktab muhitiga tayyorlovchi asosiy me’zonlar sanaladi.
O‘quv yili yakuniga yetgandan so‘ng maktabga tayyorlov guruhi bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringa asosan amalga oshirilgan ishlarni kutilayotgan natijalar bilan taqqoslash ishlari o‘tkaziladi va bu orqali MTTning keyingi o‘quv yiliga mo‘ljallangan ustivor vazifalarini belgilaydi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, bolalarni rivojlantiruvchi markazlarda faoliyat yuritishlari ularni maktab ta’limiga tayyorlashda har tomonlama yetuk aqliy va jismoniy barkamol bo‘lib ulg‘ayishlariga, ularda milliy qadriyatlar va urf-odatlarga sodiq bo‘lib shakllanishlari uchun zamin yaratadi, ularning kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi.
“Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o‘quv dasturi “O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshidagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari”ga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari, maktabgachayoshdagi bolalarni ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta’lim muassasalarida:
- davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
- maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko‘rsatuvchi nodavlat muassasalari;
- maktabgacha guruhlarga ega bo‘lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
- maktabgacha va boshlang‘ich ta’limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida – ushbu davlat o‘quv dasturini qo‘llash majburiydur.
Davlat o‘quv dasturi 7 bobdan iborat bo‘lib, I-bobda MTM davlat o‘quv dasturini qo‘llash va MTMning maqsad va vazifalari aks ettirilgan.
Davlat o‘quv dasturi variativ o‘quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta’lim muassasalari Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan variativ o‘quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega. Ta’lim muassasasi Davlat o‘quv dasturi asosida o‘zining MTM ishchi o‘quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o‘quv dasturi muassasa pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadi1. Davlat o‘quv dasturidaMTMningquydagi maqsad va vazifalaribelgilab berilgan.
- bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat talablari asosida hamda Davlat o‘quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning o‘quv-tarbiyaviy faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish;
- bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jamiyatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshirish;
- bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quydagilarni: -MTM ta’lim jarayonining maqsadlari -MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari -Qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish -Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati -Ota-onalar bilan hamkorlikni o‘z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTM ta’lim jarayonining maqsad va tamoyillariaks ettirilgan bo‘lib:
-O‘quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir. MTMda ta’lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari:
- bola huquqlari, o‘ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyatlarini hisobga olish;
- ta’lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o‘zaro bog‘liqligi;
- bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyojlari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish;
- bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash;
- o‘yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish;
- bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
- bola uchun xavfsiz muhitni ta’minlash;
- MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi;
- milliy madaniy an’analar qadriyatini oshirish va boshqa millatlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallangan ta’lim faoliyati Maktabgacha ta’lim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari javobgar bo‘ladi. Zarurat tug‘ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislarni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha ta’lim muassasasi ota-onalar bilan o‘zaro hamkorlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
- ota-onalarning maktabgacha ta’lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
- ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish;
- ota-onalarni o‘quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
- ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dasturning majburiy 5ta ta’lim soxasini o‘z ichiga oladi.
- «Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish» sohasi kompetensiyalari
- «Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
- «Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari» sohasi kompetensiyalari
- «Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari
- Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari Kompetensiya bolaning bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlari majmuidir.Boshlang‘ich kompetensiyalar, rivojlanish sohasidan qat’i nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kommunikativ kompetensiya – muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko‘nikmasi.
O‘yin kompetensiyasi – bolaning o‘yin jarayoni va uni tashkil qilishda tajriba, bilim va ko‘nikmalardan ijodiy foydalanishi. O‘quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
Ijtimoiy kompetensiya – hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me’yorlariga rioya qilgan holda o‘zini tutish mahorati.
Bilish kompetensiyasi – atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko‘nikma, malaka va qadriyatlardan o‘quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O‘zbekiston Respublikasidagi barcha MTMlarda tashkil etiladigan o‘quv va tarbiyaviy ishlarini tashkil etish masalalarini o‘z ichiga oladi.
Bunda: MTMlarda o‘quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi tomonidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.
O‘quv-tarbiyaviy faoliyat «O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat talablari» asosida amalga oshiriladi. V-bob Bolaning rivojlanish sohalari bo‘yicha yutuqlari MTM pedagoklari tomonidan:- bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasiyiliga uch marta to‘ldiriladi2(3 dan 7 yoshgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan) shuninkdek 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi xam to‘ldiriladi. Buxarita Davlat dasturiga muvofiq bolarivojlanishning beshta sohasi kompetensiyalari bo‘yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi.
______________________
O‛zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun davlat o‛quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr/Тoshkent-2022
Bunda ularga yangi bilimlar bilan boyitilgan o’quv materiallari yaqindan yordam beradi, shuningdek, o’qituvchi intellektual xarakterdagi o’quv topshiriqlaridan kengroq foydalangan holda hamkorlikka asoslangan o’quv muhitini vujudga keltirishi lozim. Ta’lim-tarbiya tizimiga bunday yodashuvni tatbiq qilish natijasida maktab ta’limida yangi yo’nalish vujudga keladi.
Pedagogik hamkorlik o’zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:
1) o’quvchilarning quvvatlarini mujassamlashtirish asosida umumlashgan natijani qo’lga kiritishga asoslangan jamoa mehnatini tashkil etish texnologiyasi; 2) intellektual texnologiyalarga asoslangan axborotlarga ishlov berish usullari. Bunday yondashuv natijasida intellektual madaniyatning yuqori darajasiga erishishi ta’minlanadi.
Pedagogik hamkorlik va hamjihatlikka asoslangan bilimlar to’rt ko’rinishda namoyon bo’ladi. Hamkorlik nazariyasi
– 1) fundamental ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga asos bo’ladigan, umumiy ilmiy nazariyalar, dunyoqarashlar, g’oyalar, tamoyillar, timsollar, tasavvurlar tizimidan iborat paradigma;
2) nomuntazamlik, ochiqlik, o’tish xarakteridagi jarayonlarning tengsizligiga asoslangan g’oya atrofida birlashadigan muayyan xususiy ilmiy qarashlar;
3) tizimlarning o’z-o’zini tashkil etish yoki o’tish jarayonlariga oid umumiy ilmiy yondashuvlar;
4) ilmda mavjud bo’lgan hukmron tafakkurga barham berish, o’zgarmas tushunchalar va barqaror tafakkur, o’tish xarakteridagi daliliy shakllar va obrazlar, yangicha dunyoqarash − asosini tashkil qiladi.
Ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatini, dunyoqarashini har tomonlama o’zgartirish tamoman yangi ilmiy-pedagogik asoslarga tayanishni taqozo qilmoqda. Umumiy o’rta ta’lim oldiga qo’yilgan maqsad, vazifa va tamoyillarni amalga oshirish nafaqat ta’lim mazmunini o’zgartirishni talab qilmoqda, balki uning shakllari, metodlari, o’qituvchi faoliyatini ham takomillashtirishga bo’lgan ehtiyoj kuchaymoqda.
Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:
Guruhlarda o’qitishda o’quvchilar teng sonli ikki guruhga ajratiladi. ________________________
Mirziyoyev Sh.M. Ilm-fan yutuqlari – taraqqiyoting muhim omili. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-dekabr kuni mamlakatning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashdi. – Xalq so’zi. – 2016. – 31 dekabr.
Har ikkala guruh bir xil topshiriqni bajaradi. Guruh a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e’tiborni qaratadi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish . Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e’tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi.
Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o’qituvchining o’quvchiga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi;
O’quvchilarning faolligi asta-sekin o’sib borib, butunlay ularning o’zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi. Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:
1) faoliyatga kirish;
2) mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar;
3) o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi;
4) taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi anna shu namuna asosida harakat qiladi);
5) madad harakatlari (o’qituvchi o’quvchiga oraliq maqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);
6) o’zini – o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni ko’rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
7) o’zini – o’zi ko’rsatuvchi harakatlar;
8) o’zini – o’zi uyushtiruvchi o’yinli harakatlar.
O’zaro hamkorlikka asoslangan ta’lim. Hamkorlik pedagogikasida interaktivlik (“inter”-“o’zaro”, “akt”-“faoliyat”) muhim ahamiyat kasb etadi. Interaktivlik – o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta’siri. Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o’tish jarayonida o’zaro ta’sir o’tkazish harakatini baholashdan o’zo’zini baholash darajasiga ko’tarilishi sodir bo’ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o’taydi. “Sub’ekt-Sub’ekt” munosabatlariga asoslangan hamkorlik namunalari bo’lmish o’yin texnologiyalari bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantiradi, mustaqil fikrlash, keng mushohada yuritish ko’nikmalarini rivojlantiradi. O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (viktorina, breyn ring, turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin. Quyida shunday texnologiyalardan namunalar keltiramiz.
Pedagogik texnalogiyada o’quvchining o’quv jarayonida tutgan o’rnini va pedagogning o’quvchilarga nisbatan bo’lgan munosabati muhim o’rin tutadi. Bunda quyidagi texnalogiyalarni ajratish mumkin:
a) Avtoritar texnalogiya. Bunda pedagog o’quv tartiblovchi jarayonining asosiy sube’kti, o’quvchi esa, faqat ab’ekt sifatida qatnashadi. U o’quvchilarning erkinligini bo’g’ishi, majburiy o’qitish, tashabbusni bo’g’ish va o’quv tarbiyaviy jarayonini (O’TJ) qattiq qo’llik bilan olib borishga asoslanadi.
b) Didaktotsentrik texnalogiyalar – o’quvchi shaxsiga e’tibor bermaslik bilan ajralib turadi. Bunda ham sub’ekt-ab’ekt munosabat bo’lib, shaxsni shakllantira olish, didaktik vositalaridan iborat bo’ladi.
v) Shaxsga yo’naltirilgan texnalogiyalar – buning markazida o’quvchi shaxsi uni rivojlantirish uchun, barcha sharoitlarni yaratish, uning tarbiyaviy salohiyatini namoyon qilishga yordam berish yotadi. Bunda o’quvchi shaxsi faqatgina sub’ekt bo’lmay, prioritetga ega bo’lgan sub’ekt bo’ladi. Bunda u ta’limiy tizimning maqsadiga aylanadi. Bunday texnalogiyalar “antropoyentrik texnalogiyalar” deyiladi. Shunday qilib, shaxsga yo’naltirilgan texnalogiyalar antropotsentrik, gumanistik va psixoterapistik, har tomonlama erkin, ijoddiy rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
g) Insonparvar – shaxsiy texnalogiyalar – insonparvarlik mohiyati bilan ajralib turadi, unga yordam beradi, qo’llab-quvvatlaydi. O’quvchining kuchiga hurmat, undagi qobiliyatlarni ochilishiga yordam berish va majburiy ta’lim tarbiyani rad etadi.
d) Hamkorlik texnalogiyalar – u demokratizm, tenglik, g’oyalarini ilgari suradi va o’qituvchi o’quvchi munosabatlarida sub’ekt – sub’ektga asoslanadi. O’o’qituvchi va o’quvchi ta’lim tarbiya maqsadi mazmunini ishlab chiqadi. Hamjihatlik bilan o’z faoliyatlariga baho qo’yadi.
e) Erkin tarbiya texnalogiyasi – bunda o’quvchiga barcha yo’nalishlar bo’yicha erkin tanlash huquqi berladi. Tanlash davomida o’quvchi sub’ekt nuqtaviy nazaridan namoyon qiladi va natijaga tashqi ta’sirdan emas, balki ichki kuch vositasida ergashadi.
j) Ezoterik texnalogiya – bular ezoterik (“anglanmagan, bilib turib”) blilimlarga – hqiqat va unga olib boruvchi yo’llarga asoslanadi. Bunda pedagogik jarayon habar berish, muloqot qillishdan iborat bo’lmay, balki, hqiqatga payvand bo’lish bilan iborat bo’ladi. Ekzotik paradigmada insoning o’zi koinot bilan o’zaro axborot almashish markaziga aylanadi.
__________________________
Karimov I.A. Yuksak malakali va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash – mamlakatni barqaror taraqqiy ettirish va modernizatsiya qilishning eng muhim sharti. – Xalq so‘zi – 2012. – 18 fevral.
O’rganuvchilar toifalariga ko’ra pedagogik texnalogiyalar quyidagilarga bo’linadi:
- Oilaviy (an’anaviy) texnalogiya – u o’rtacha o’quvchiga asoslangan.
- Axborotli texnalogiya darajasi (predmetlarni chuqurlashtirib o’qitish ) – gimnaziya, litsey, maxsus ta’lim.
- Turli xildagi bititimalogik – (surda pedagogika, teplo, oligofreno pedagogika).
- Qiyin va iqtidorli o’quvchilar bilan ishlashga mo’ljallangan texnalogiyalar. Mavjud bo’lgan o’qitish tizimlarini modernizatsiya qilish va modifikatsiya qilish asosiga qurilgan texnalogiyalar:
A) Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratiyalashtirish asosidagi pedagogik texnalogiyalar. Unga Sh.A.Amomashvillining hamkorlik, insonparvar – shaxsiy texnalogiyasi kiradi.
B) O’quvchilarning faoliyatini faollashtirish va intensivlashtirish asosiga qurilgan pedagogik texnalogiyalari. Masalan, o’yinli texnalogiyalar, Shatalovning “tayanch s - №1 kanspektori” asosida o’qitish texnalogiyalari.
V) O’qitish jaryonini tashkil qilish va boshqarish samaradorligiga asolangan pedagogik texnaloyalar. O’qitish jarayonini samaradorligini tashkil qilish va boshqarishga asoslangan pedagogik texnalogiyalar Masalan, Dasturli o’qitish, differentsiallashgan o’qitish texnalogiyasi, Induviallashtirilgan O’qitish texnalogiyasi. O’qitishning guruhli va jamoaviy usullari, Kompyuterli texnalogiyalar
D) Alternativ texnalogiyalar : Shtaynerning “Valdrov pedagogikasi”, Freyne “Erkin mehnat texnalogiyasi”, Ehtimolli ta’lim texnalogiyasi. O’quv jarayonini muammolari asosida qurishga mo’ljallangan texnalogiyalar Jamoa bo’lib o’qitishning dolzarbligi Ushbu pedagogik texnalogiyalarning dolzarligi shundaki, u to’planib qolgan muammollarni va zamonaviy ta’limning ziddiyatlarini ochishga yo’l beradi. An’anaviy ta’limda yuz berayotgan krizisni barcha pedagoglar tan oladi. U quyidagi ziddiyatlarda yaqqol ko’rinadi:
1. O’quvchilarni o’qitish mativayiyasi va rag’batlantirish orasidagi ziddiyat. O’qituvchilar o’quvchilarni o’qishmayapti deb shikoyat qilishadi, o’quvchilar esa, o’qishning zerikarliligi, bir xilligi va kuchi etmasligiga shikoyat qilishadi. Jamoaviy o’qitish esa, o’qituvchilardagi mativatsiyani hamkorlik asosida shakllanadi va rivojlanadi.
2. O’qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi, qolganlar eshitadi. Bu butun dars davomida davom etishi mumkin. Jamoa bilan o’qitish esa har bir o’quvchini dars davomida faol ishlashga undaydi.
3. Psixologik komfort va diskomfort o’rtasidagi ziddiyat. Oddiy klassik darsda pedagog 1soat 20 minut davomida butun sinfni o’z qo’lida ushlab turishi kerak. Jamoaviy o’qitish usuli esa, majburli bo’lmagan va qiziqarli muloqot uchun, sharoit yaratadi.
4. Tarbiya va o’qitish orasidagi ziddiyat. Oddiy darsda o’quvchilarning o’zaro tarbiyaviy ta’siri o’qtuvchi tomonidan “gaplashmang”, “o’rgatmang” degan so’zlar bilan chegaralab qo’yishadi. Jamoaviy o’qitishda esa aksincha : “Suhbatlashing”, “To’g’irlang”, “bir-biringizni baholang” degan so’zlar ishlatiladi.
5. Induvidual rivojlanish bilan o’qitish standartlari orasidagi ziddiyat: 1- sentyabrda auditoriyaga 30 ta o’quvchi keldi va 1 iyungacha ularning hammasi sinfdansinfga o’tishi kerak. Rivin buni poda o’tish deb atagan. Jamoaviy o’qitishda esa, o’quvchi sinfga istagan vaqtda kelishi mumkin va imthonni ham istagan vaqtda topshirishi mumkin. Jamoaviy o’qitish usullarining metodikasi Jamoaviy o’qtish usullari quyidagi tamoyillarga rioya qilishni talab qiladi:
1. O’zgarib turadigan o’quvchilar juftligi bo’lishi;
2. Ularning bir-birini o’qitishi;
3. O’zaro nazorat;
4. O’zaro boshqaruv. Sh.A.Amonshivilining insonparvar-shaxsiy texnalogiyasi. “O’zingni bolalarga bag’ishla”
___________________
CHoriev A., CHoriev N. Pedagogika tarixi metodologiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. – T.: “Fan” nashriyoti, 2010. – 173 b.
Akademik Shalva Aleksandrovich Amonashivili o’zining tajribali maktabida hamkorlik pedagogikasini ishlab chiqdi va hayotga tadbiq qildi.
Pedagogik faoliyatining natijasi “Maktab hayoti” texnalogiyasidir. Sh.Amonashivilining texnalogiyasining maqsadi quyidagilardan iborat:
- boladagi shaxsiy sifatlarni yechish yo’li bilan unda komil insonga xos bo’lgan xususiyatlarni paydo qilishga imkoniyat yaratish.
- bolaning ko’ngli va yuragiga yaxshilikni, ezgulikni joylash.
- Bilim va o’quvlarni chuqur va mustshkam o’zlashtirish uchun sharoitlarni ta’minlash.
Taʼlim beruvchi uchun vositalarga oʻquv-metodik qoʻllanmalar, metodik tavsiyalar, metodik ishlanmalar, oʻquv dasturlari, dars rejasi, maʼruza matni, texnologik xarita, kalendar reja kabilar kiradi. Taʼlim oluvchi uchun vositalarga darslik, oʻquv qoʻllanma, jadvallar, yoʻl-yoʻriqli, texnologik xaritalar, topshiriq varaqalari va hokazolarni misol qilish mumkin. Dars oʻtkazish uchun vositalarga plakatlar, modellar, maketlar, jihozlar, audio-vizual, audiovirtual vositalar, texnik, aniq vositalar kabilar kiradi. Baʼzi hollarda taʼlim oluvchi uchun moʻljallangan taʼlim vositalari taʼlim beruvchi uchun ham, dars oʻtkazish uchun ham qoʻllanilishi mumkin. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini toʻldirishi kerak.
Maʼlumki, oʻqituvchi dars jarayonida oʻtiladigan mavzu, uning maqsadi haqida gapirib, soʻngra dars rejasini beradi. Dars jarayonida koʻrsatib, izohlash mumkin boʻlgan koʻrgazmali qurollar – jadval, rasm, plakat, chizma, diagramma va boshqalardan foydalanish taʼlim oluvchilarning bilimini puxtalashtirishda muhim hisoblanadi. Darsda oddiy boʻr bilan yoziladigan doskani ishlatish koʻp vaqtni olganligi bois, boshqa texnik vositalardan foydalanish imkoni yoʻq auditoriyalarda plakat, chizmalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Biz bilamizki, chizma yoki plakatlar anʼanaviy koʻrgazmali qurollar boʻlib, odatda ular standart vatman sathiga qora yoki boshqa ranglarda zarur matn yozilgan yoki jadval, chizma, diagramma va boshqalar chizilgan koʻrinishda boʻladi. Plakatlar nashr qilingan koʻrgazmali qurol hisoblanib, oʻtiladigan mavzular boʻyicha tanlab olinadi.
Chizma yoki plakatlarni tayyorlash moddiy jihatdan qimmat hamda koʻp vaqtni oladi. Xato qilinsa, oʻzgartirish qiyin. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda dars jarayonida vatmanga chizilgan yoki plakat holida nashr etilgan koʻrgazmali qurollar oʻrniga yangi, tayyorlash va foydalanish qulay boʻlgan zamonaviy turlari, ayniqsa, slaydlardan foydalanish keng yoyildi. Slaydlar taʼlim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. Zamonaviy oʻquv jarayonini bularsiz tasavvur qilish qiyin. Asosiy qulaylik shundaki, ulardan istalgan vaqtda foydalanish, ish oʻrni oʻzgarganda ham oson koʻchirish mumkin boʻladi. Koʻrgazmali qurollarning afzalligi shundaki, uni dars oʻtishning barcha shakllari, uslublarida qoʻllash mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman namoyish qilinadigan materiallarsiz, koʻrgazmali qurollarsiz oʻtib boʻlmaydi.
Maʼlumki, har qanday fanni oʻrganish uchun dars jarayonida turli tarqatmali materiallardan foydalaniladi. Chunki dars davomida tarqatmali materiallardan foydalanish darsning qiziqarli boʻlishiga hamda taʼlim oluvchilar diqqatini jamlash, oʻtilayotgan dars mazmunining tushunarli boʻlishi va puxta oʻzlashtirilishiga olib keladi.
Mavzuni oʻrganishda tarqatmali materiallardan foydalanishning muhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita taʼlim oluvchining qoʻlida boʻladi. Tarqatmali materiallar taʼlim oluvchilar uchun oʻrganilgan va oʻrganilayotgan mavzuga oid axborot va topshiriq beruvchi hamda nazorat qiluvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. U taʼlim oluvchilar qoʻliga moʻljallangan boʻlib, uning hajmi va shakli uncha katta boʻlmagan yozma oʻquv materiali hisoblanadi.
Tarqatmali materiallarni maqsadi va mazmuni jihatidan uch turga ajratish mumkin: axborot beruvchi, topshiriq oluvchi va nazorat qiluvchi.
________________________
Shermuhammedova N.A. Gneseologiya – bilish nazariyasi. O‘zR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi. – T.: “Noshir”, 2011. – 464 b.
Tarqatmali materiallar taʼlim oluvchilarning bilimini tekshirish va nazorat qilishda ham keng qoʻllaniladi. Bunda nazorat varaqalari koʻrinishida tayyorlangan test savollari, savolnomalar, krossvordlar, jadvallar, chizmalar, masala va mashqlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, tarqatmali materiallardan koʻrgazmali qurol sifatida ham foydalanish mumkin.
Tarqatmali materiallarni tayyorlash hamda uni oʻrganilgan va oʻrganilayotgan mavzu jarayonida qoʻllashning bir qator qonun-qoidalari mavjud, xususan:
- tarqatmali materiallarni tayyorlashda mavzuning asosiy mazmunidan kelib chiqib yoritish;
- olingan axborot dars davomida yoki darsdan tashqarida taʼlim oluvchilar bilan mustaqil muhokama qilinishiga erishish;
- taʼlim oluvchilar diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga chorlay olish;
- taʼlim oluvchilarni dars davomida faollikka yoʻnaltirish;
- taʼlim oluvchilarning olgan bilimlarini nazorat qilish va baholay olish;
- taʼlim oluvchilar qoʻliga haddan tashqari koʻp tarqatmali materiallarning berilmasligi;
- sarlavhalarni bosh harflar bilan yozish;
- bir matn uchun 2-3 ta tarqatmali materialga nom-kod berish (ajratishni osonlashtirish uchun);
- matn shrifti 14 oʻlchamdan kichik boʻlmasligi;
- bir betda 50 tadan koʻp belgi (harf, qavs, undov kabilar)lar ishlatilmasligi;
- matnlar tushunarli, qisqa, aniq, ravon va oddiy boʻlishi;
- varaqa dizayni taʼlim oluvchi eʼtiborini oʻziga jalb qila olishi va xatosiz yozilishi kabilar.
Darsni oʻtishda koʻrgazmali materialni qanday namoyish qilish ham katta ahamiyatga ega. Namoyish qilish jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, unda quyidagi didaktik talablarga rioya qilish tavsiya etiladi:
- hamma taʼlim oluvchilar namoyish qilinayotgan obyektni koʻrishlari, eshitishlari, tushunishlari;
- obyektning muhim, asosiy tomonlari taʼlim oluvchilarda katta taassurot qoldirishi, maksimal darajada diqqatlarini jalb qilishi;
- oʻrganilayotgan obʼektning sifatini mustaqil ravishda oʻlchash, anglash va oʻzlashtirish imkoniyatini taʼminlash kabilar.
Koʻrgazmali va tarqatmali materiallarning asosiy yoʻnalishlaridan biri namoyish qilish metodining oʻziga xos davomi boʻlgan illyustratsiya hisoblanadi. Namoyish qilish metodidan yoki illyustratsiyadan ham koʻrgazmali, ham tarqatmali material sifatida foydalanish mumkin. Undan foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq. Namoyish qilishda koʻproq predmetlardan foydalaniladi. Illyustratsiya predmet, jarayon, hodisalarni simvollar yordamida ifoda qilish boʻlib, odatda, u plakatlar, karta, portret, fotografiya, rasm, chizma, grafik va boshqalarni oʻz ichiga oladi.
Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin ulardan zarur paytlarda foydalaniladi. Illyustratsiyaning samaraliligi koʻp jihatdan uni qanday tarzda qoʻllashga bogʻliq.
Koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadlarda foydalanish oʻqituvchiga bogʻliq. Oʻqituvchi koʻrgazmali va tarqatmali materiallarni tanlar ekan, birinchidan, darsning maʼruza yoki seminar mashgʻulot shaklidaligini hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali oʻqituvchi taʼlim oluvchilar oldiga qanday vazifa qoʻymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda koʻrgazmali qurol yoki tarqatmali material qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, ularni tanlashi kerak boʻladi.
____________________________
Ismatova N. B. et al. Innovative techniques and their importance in the learning process //The Second International Conference on Eurasian scientific development. – 2014. – С. 101-104.
Dostları ilə paylaş: |