Mavzuning asosiy maqsadi: Burchoqdoshlar oilasi o’simligining biologiyasi va
shifobaxshlik xususiyatlarini tajribalar asosida o’rganib, o’rgangan xulosalarimiz
asosida oila vakillarining foydali xususiyatlarini keng o’rganish, hosilning
samaradorligini oshirishni oldimizga maqsad qilib qo’yishdan iborat bo’ladi..
Mavzuning asosiy vazifasi:
Burchoqdoshlar oilasiga umumiy tasnif berish
burchoqdoshlar oilasi biologiyasi va uning turlarini aniqlab o’rganish.
Oilaning vakillaridan to’g’ri foydalanib, ularning tarqalish maydonlarini
kengaytirib erkin rivojlanishiga yordam berishdan iborat hisoblanadi.
BURCHOQDOSHLAR OILASI
BURCHOQDOSHLAR (dukkakdoshlar), (Fadaceae, Leguminosae) — ikki
urug’ pallali o’simliklarning bir oilasi. Yer yuzining hamma mintaqalarida keng
tarqalgan. Ba’zan Burchoqdoshlarni 3 kenja oila — mimozadoshlar (Mimosaceae),
Tse zalpindoshlar (Caesalpiniaceae) va kapalakguldoshlar (Papilionaseae yoki
Fabaceae) ga ajratiladi. Burchoqdoshlarning barglari ko’pincha ketma-ket
joylashgan, odatda, yon bargli va murakkab. Gullari asosan boshoqsimon,
shingilsimon yoki kallaksimon to’pgullarda o’rnashgan, odatda zigomorf,
ayrimlarida aktinomorf. Mevasi — dukkak. Burchoqdoshlarning 12000 turni
birlashtirgan 500 turkumi (O’zbekistonda 528 turni o’z ichiga olgan 57 ta turkumi)
bor. Burchoqdoshlardan oqsilga boy bo’lgan mosh, no’xat, loviya, soya, yer
yong’oq oziq-ovqat uchun, to’yimli o’tloq o’simliklaridan beda, sebarga, esparset
yem-xashak uchun ko’plab ekiladi. Burchoqdoshlar orasida texnikada
ishlatiladigan qimmatbaho mahsulotlar olinadigan, balzamli va qimmatbaho
yog’och olinadigan daraxtlar bor. Yer yong’oq, sano, qashqarbeda, shirinmiya,
shildirbosh, oqquray, afsonak kabilardan olinadigan alkaloidlar, glyukozidlar,
smolalar, vitaminlar va organik kislotalar tibbiyotda turli kasalliklarni davolashda
ishlatiladi. Cho’llarda uchraydigan qizboltir, oqmiya, achchiqmiya kabilar zaharli
hisoblanadi. Burchoqdoshlarning ba’zi zaharli turlari (derris, lonxokarpus)
insektisid sifatida ishlatiladi. Ko’p Burchoqdoshlar (akatsiya, gledichiya,
tuxumakva boshqalar) manzarali o’simlik sifatida ekiladi. Burchoqdoshlarga
mansub ko’p o’simliklarning ildizida atmosfera azotini o’zlashtiradigan
azotobakter yashaydi. Shuning uchun Burchoqdoshlar azot birikmalari kam
bo’lgan tuproqda ham yaxshi o’sadi.
Burchoqdoshlar oilasining ba'zi bir turkum vakillarini aniqlashda changchilarning
tuzilishi muhim ahamiyatga ega, Sofora, Afsonak turkum vakillarida barcha 10 ta
changchi erkin. Boshqa turkum vakillarida esa hamma 10 changchilar, changchi ipi
qo’shilib, naycha hosil qiladi ( Supinus, Genista va boshqa turkum vakillarida).
Oilachaning ko’pchilik vakillarida 9 ta changchi iplar qo’shilib, naycha hosil
qiladi, bittasi erkin holda bo’ladi (no’xat, beda, sebarga va boshqalar).
Mevasi - dukkak.
Bu oilaga kiradigan o’simliklarining barglari yonbargchali patsimon yoki
barmoqsimon murakkab, ba’zan novdada oddiy bargchalar chiqaradi. Gullari
odatda o’rtacha yoki mayda bo’ladi, gullari mayda bo’lsa, odatda shingil, ba’zan
boshcha soyabon yoki boshoqsimon to’pgul holida bo’lib turadi.
Gulining tuzulishi juda tipikdir. Beshta kosachabargi qo’shilib o’sgan va goho
zigomorf, ba’zan ikki labli bo’ladigan gulkosacha hosil qiladi.
Gultojining beshta gulbargidan yelkan deb ataladigan orqa bargi hammasidan katta
bo’lib ajralib bandchasiga nisbatan deyarli to’g’ri burchak ostida joy oladi.
Yelkanning chetlari bandchaning eshkak yoki qanotlar deb ataladigan ikki yon
bargini yopib turadi, bu barglar assimetrik tuzilgan, Qanotlar o’z navbatida ikkita
pastki bargni qoplab turadi.
Bu barglar ham assimetrik tuzilgan bo’lib bandchasi bor, ular boshdan oyoq yoki
faqat yuqori qismidan bir - biriga qo’shilib o’sadi va qayiqcha deb ataladigan bir tuzilma hosil qiladi. Gulning otalig’i 10 ta gulida otalig’i 9 ta yoki 5 ta bo’ladigan
kapalakgullar oilasi kamdan kam istisno tariqasidagina uchraydi.
Ko’pincha 9 ta otalik iplari onalik atrofida bir - biri bilan qo’shilib, tutashmas
naycha hosil qiladi, qo’shilib o’smay, erkin turadigan 10 ta otalikning bir muncha
keng turgan ipi o’sha naychaning tirqishini yopib tuuradi. Ahyon – ahyonda o’nta
otalikning hammasi bir-biri bilan qo’shilib ketadi yoki aksincha o’nta otalikning
hammasi erkin qoladi.
Otaliklar qo’shilib o’sgan bo’lsa ham kapalakgullarning o’n a’zoli andraseyi besh
a’zoli ikki doiradan kelib chiqqanligini ko’rsatadigan belgilarni saqlab qoladi, bu
otaliklarning uzun qisqaligida ko’rinadi, bir muncha uzun ipli beshta otalik
kattaroq beshta otalik bilan navbatlashib turadi. Onaligi dukkaklilarning hamma
vakillaridagidek, bir uyali ustki tugunchasi bor bitta meva bargchadan iborat.
Mevalari ikki palla bo’lib ochiladigan loviya shaklida, ular quruq yoki ba’zan suvli
bo’ladi.
Tuganak bakteryalari ishlab chiqaradigan oqsil moddalarini dukkakli o’simliklar
o’zlashtiradi, shunga ko’ra azot kam tuproqda ham yaxshi o’saveradi. Dukkakli
o’simliklarning ildizi va boshqa qisimlari chiriganida birikmalr holida to’plangan
organik azot zapasi tuproqqa o’tadi va chiqib hamda boshqa bakteriyalar ishtiroki
bilan yashil o’simliklarga azotli oziq beradigan manba bo’lib qoladi. Azot
to’plovchi o’simliklar bo’lmish dukkaklilar tabiiy o’simlik senozlari uchun ham
ekiladigan o’simliklar uchun ham bir xilda muhim ro’l o’ynaydi.
Azot yetishmasigidan unumsiz bo’lgan tuproqlarning avval ularga dukkakli
o’simliklar ekiladigan bo’lsa yaxshi hosil berishi aniqlangan. Almashlab ekishda
dukkaklilar rasm qilganligiga sabab shu. Dukkakli o’simliklar boshdan oyoq yer
ustki qismlari bilan birga haydab yerga ko’mib yuboriladi.
Bu o'simliklarning barglari asosan muntazam va murakkab: asosan stipules bilan panjasimon, patsimon va Ternate. Ularning gullar, tartibsizlik, odatda biseksual va inflorescences ichida o'sadi. dukkakli o'simliklarning urug'lari asosan endosperminde holda, to'g'ridan-to'g'ri va yirik mikrobi bor. Lekin ularning meva - albatta, Bob. dukkakli oila mukammal turli atrof-muhit sharoitlariga moslashgan. Bu madaniyatlar sredoobrazovatelyami ko'p o'simlik dunyosi.
Dostları ilə paylaş: |