I-bob. Buxoro amirligining tashkil topishi va davlat boshqaruvi



Yüklə 106,54 Kb.
səhifə2/10
tarix19.06.2023
ölçüsü106,54 Kb.
#132806
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi Buxoro amirligi

Kurs ishi davriy chegarasi sifatida asosan, Buxoro amirligi tashkil topgan davrdan boshlab, ya’ni, XVIII asr ikkinchi yarmi – XX asrning 20- yillarigacha Buxoro amirligidagi davlat muassasalari faoliyati yoritishdan iborat.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining asosiy maqsadi XVIII asrning o’rtalaridan va XX asrning 20-yillarida Buxoro amirligi davlat muassasalari faoliyati yoritishdan iborat. Bunda quyidagi vazifalar belgilangan: – XVIII asrning 50-yillari – XX asrning 20-yillari Buxoro amirligidagi davlat muassalarini faoliyati va strukturasini o’rganish; – Buxoro amirlidagi davlat muassasalarining Qo’qon xonligi va Buxoro amirligi davlat muassasalari faoliyati bilan o’zaro solishtirish, taqqoslash; – XVIII asrning 50-yillari va XX asrnin 20-yillari Buxoro amirlidagi davlat muassalarini faoliyatini arxiv manbalari orqali yoritib berish; – bitiruv malakaviy ish yakuniga ko’ra zarur xulosalar berish.
Kurs ishi o’rganganlik darajasi. Buxoro amirligining davlat muassasalari faoliyatini bugungi kungacha o’rganilmagan, ammo amirlik tarixining u yoki bu jihatlarini bir qator sharqshunos, o’lkashunos va tarixchi olimlar tomonidan muayyan darajada ilmiy tadqiqotlar olib borilganligini e’tirof etish lozim. Jumladan, davlatchilik masalalari bo’yicha Ular qatorida xususan, E. K. Meyendorf, A.A. Semenov, P.Ivanov, O.Chexovich, N.A.Xalfin, G.A.Mixaleva, A.Vildanova, B.Iskandarov, A.R.Muhammadjonov, H.N.Bobobekov, Sh.Karimov, M.Sodiqov, D.Valiyeva, I.G.Nizamuddinov, B.Xo’jayeva, B.Mannonov, Z. Rahmonqulova, H.To’rayevlarning tadqiqotlarini ko’rsatib o’tish mumkin2. Mustaqillik yillarida yaratilgan Buxoro amirligi tarixiga oid ayrim ma’lumotlarni bir qator tarixchilarining asarlaridan ham olish mumkin. Jumladan, H. Boboyev, Z. Xidirov, R. Xoliqova, Yu. Shukurullayev, B. Xodjayeva, B. Eshov kabi olimlar asalarini, Buxoroning 2500 yillik yubileyiga bag’ishlangan turli mavzudagi3 risolalarni ham aytib o’tish lozim. Mazkur manbaalarda Buxoro amirligi ijtimoiy – siyosiy hayoti, amirlikrning shajaraviy tarixi, xonlikning XX asrning 20 yillaridagi hayoti, xonlikning tugatilishi, “Yosh buxoroliklar” harakati hamda xonlikdagi madaniy rivojlanish, ya’ni Rossiya imperiyasi bosqinidan keyin ham Buxorodagi ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohalar haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan.

Yüklə 106,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin