I bob. Ekotizimlarni tashkil etgan tarkibiy qismlar


Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi quyidagilardan iborat bo‘ladi



Yüklə 71,01 Kb.
səhifə7/9
tarix06.10.2023
ölçüsü71,01 Kb.
#152583
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ekologik monitoring

Atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi quyidagilardan iborat bo‘ladi:
– atmosfera havosi, yer usti suvlari va tuproq ifloslanishi (emissiya) manbalari monitoringi;
– atmosfera havosi ifloslanishi monitoringi;
– yer usti suvlari ifloslanishi monitoringi;
– kollektor-drenaj suvlarining sifat tarkibi monitoringi;
– yer osti suvlari ifloslanishi monitoringi;
– xavfli geologik jarayonlar monitoringi;
– yerning ifloslanishi monitoringi;
– o‘simlik va hayvonot dunyosi monitoringi;
– atrof-tabiiy muhitning sanitariya-gigienik monitoringi;
– fon monitoringi.
Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi bo‘yicha ishlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan va kamida 5 yilda bir marta qayta ko‘rib chiqiladigan Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi dasturi bo‘yicha o‘tkaziladi.
Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi maxsus tashkil etilib, muntazam o‘tkaziladigan tabiiy muhit holatini kuzatishlarni (miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash, namunalarni olish, ularni tahlil qilish, punktlarda kuzatish, suratga olish, tekshirish, tadqiqotlar o‘tkazish va masofadan turib kuzatishni) hamda:
– atrof tabiiy muhitga ta’sir manbalarining holati;
– atrof tabiiy muhitga ta’sirning fizik, kimyoviy, geologik va biologik jarayonlari va omillari;
– atmosfera havosi, yer usti va yer osti suvlari, tuproq va geologik muhit ifloslanishi darajasining holati;
– o‘simlik va hayvonot dunyosining holati, turli antropogen va tabiiy omillar ta’siri ostida ularning o‘zgarishi (transformatsiyasi) jarayonlaridagi o‘zgarishlarni aniqlashni, baholashni va prognozlashni o‘z ichiga oladi.
Atrof tabiiy muhitning holatini baholash izchil (davriy va joriy) kuzatishlarni, o‘zgarishlarning yo‘nalishi va intensivliligini umumlashtirish va tahlil qilish, olingan ko‘rsatkichlarni atrof tabiiy muhitning sifat holati normativlari bilan taqqoslash yo‘li bilan va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik zararni hisobga olgan holda bajariladi.
Atrof tabiiy muhit monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi bazasida shakllantiriladi. Markaz maxsus vakolatli davlat organlari hamda atrof tabiiy muhitning idoraviy monitoringini olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar to‘planishi, saqlanishi, qayta ishlanishi va tahlil qilinishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi huzuridagi Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan tahliliy nazorat markazi:
Atrof tabiiy muhit davlat monitoringi tizimining yagona geoaxborot ma’lumotlar bazasi orqali:
– barcha idoraviy axborot tizimlari bilan axborot bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etadi;
– atrof tabiiy muhitning ifloslanishi darajasi va tabiiy resurslardan foydalanish to‘g‘risidagi umumlashtirilgan ma’lumotlarni integratsiyalashtiradi va tahlil qiladi;
– atrof tabiiy muhit monitoringi bo‘yicha davlat dasturlari bajarilishini, ularga tuzatish kiritish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqilishi va umumlashtirilishini nazorat qiladi;
– respublika va ma’muriy-hududiy tuzilmalar doirasida ekologik vaziyatning o‘zgarishlarini prognozlashtiradi, atropogen faoliyat natijasida tabiiy muhitga yetkaziladigan zararni baholaydi;
– tabiatdan foydalanishni boshqarishni, tabiiy resurslarni muhofaza qilishni va ekologik nazoratni axborot bilan ta’minlaydi;
– aholi va jamoatchilikni ekologik vaziyat to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hozirgi vaqtda atrof tabiiy muhit monitoringi 390 ta sanoat korxonalarida, 68 ta yer usti suv oqimlari punktlarida, 87 ta suv tashlama kollektorlarida, 1694 ta yer osti suvi quduqlarida, 74 ta buloqlarda va 61 ta atmosfera havosini kuzatish postlarida olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 avgust kungi 273-son qarori bilan “2016 — 2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhit monitoringi dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 5 yillik dasturi asosida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 27 iyuldagi PF-5490-sonliFarmonigamuvofiq Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan kelishilgan holda “Atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarida davlat ekologik monitoringi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ro‘yxati” shakllantirilib O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi (2019 yil 28 yanvardagi 48-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlanib 2019 yil 1 fevraldan ijroga qaratilgan ro‘yxat hamda 2020 yil 24 iyundagi 169-son buyrug‘i bilan tasdiqlanib 1 iyuldan ijroga qaratilgan) tomonidan tasdiqlangan tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida atrof-muhitni ifloslantiruvchi manbalarida davlat ekologik monitoringi o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar statsionar manbalaridan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarning chiqarilishi monitoringi bo‘yicha manbalar 
Yüklə 71,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin