I bob. Ekstraksion qurilmasi ekstraktorni hisoblash


II.BOB.Ekstraksiyalash qurilmasida ekstraktorni hisoblash G=2000 kg/soat



Yüklə 235 Kb.
səhifə4/6
tarix19.10.2022
ölçüsü235 Kb.
#65547
1   2   3   4   5   6
I bob. Ekstraksion qurilmasi ekstraktorni hisoblash (1)

II.BOB.Ekstraksiyalash qurilmasida ekstraktorni hisoblash G=2000 kg/soat
2.1.Ekstraksion qurilma tuzilishi

Pulsasiyali ekstraktorlarda odatda g`alvirsimon hamda KRIMZ turidagi tarelkalar ishlatiladi. 


G`alvirsimon tarelka teshiklarining diametri 3-5 mm, tarelkadagi hamma teshiklarning yuzasi esa 
kolonna ko׳ndalang kesimi yuzasining 20-25% ini tashkil etadi. Tarelkalar orasidagi masofa 50 mm. 
Pulsasiyali ekstraktorlarning diametri chegaralangan bo׳ladi (eng ko׳pi bilan 600; 800 mm). 
Ekstraktorning samaradorligi pulsator tebranishining chastotasi va amplitudasiga bog`liq. 
Pulsatorlarning ko׳pincha maqbul tebranishlar soni minutiga 200-300 ni tashkil qiladi, bunda amplituda 
1-2 mm ga teng bo׳lishi kerak. 
Markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ekstraktorlar.
Agar ekstraksiya qilinayotgan modda 
tez parchalanib ketish xususiyatiga ega bo׳lsa (masalan, antibiotik moddalar), bunda jarayon vaqtini 
maksimal darajada kamaytirish zarur. Markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ekstraktorida 
jarayon maksimal tezlik bilan boradi. Aralashma va erituvchi zichliklarining ayirmasi juda kichik 
bo׳lgan holatda ham bunday ekstraktorlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bu turdagi ekstraktorlarning 
tuzilishi juda ixcham, ish unumi katta, ekstraksiyalash jarayoni esa katta tezliklarda boradi. 
Formasevtika sanoatida (penitsilin va boshqa antibiotiklar olishda), organik sintez jarayonlarida, 
o׳simlik moylarini tozalashda va boshqa bir qator sohalarda markazdan qochma kuch bilan ishlaydigan 
ekstraktorlar muvaffaqiyatli ravishda
28.8-rasm. Markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan ekstraktor: 
1 — rotor; 2 — rotorning qobig`i; 3 — val. 
qo׳llanilmoqda. 28.8-rasmda sanoatda ko׳p tarqalgan markazdan qochma kuch ta’sirida ishlaydigan 
ekstraktoming sxemasi ko׳rsatilgan. Rotorning ichida spiralsimon perforasiya qilingan lenta 
joylashtirilgan. Lentaning teshiklaridan ikkala faza o׳tadi. Val katta tezlik (600-1200 min) bilan harakat 
qiladi. Yengil faza rotorning chekasiga yuboriladi, og`ir faza esa rotorning markaziga yaqin joyga 
beriladi. Rotor aylangan paytda markazdan qochma kuch ta’sirida lentaning teshiklarida fazalarning 
jadallashtirilgan kontakti yuz beradi; bunday jarayonda spiralning kanallarida va silindrlar oralig`idagi 
bo׳shliqda uzluksiz ravishda fazalarning ajralishi ham davom etadi. Bunday ekstraktorlar 
kamchiliklardan ham xoli emas: tuzilishi birmuncha murakkab; ayrim paytlarda suyuqliklarni qurilmaga 
bosim bilan berishga to׳g`ri keladi. 

Gaz, bug` yoki eritmalar aralashmalari tarkibidagi bi ryoki bir necha komponentlarni qattiq jism 


(adsorbent) yuzasi va g`ovaklari hajmida yutilish jarayoni adsorbsiya deb ataladi. 
Adsorbsiya paytida 
yutilayotgan modda adsorbtiv deb yuritiladi. Adsorbent tarkibiga yutilib bo׳lgan modda esa adsorbat 
deyiladi. Sanoatda adsorbsiya jarayoni gazlarni tozalash va quritish, eritmalarni tozalash va tindirish 
hamda gaz va bug` aralashmalarini ajratish uchun qo׳llaniladi. Masalan, havo va boshqa gazlar 
aralashmalaridan uchuvchan erituvchilarni ajratish, ammiakni kontakt qurilmasiga berishdan oldin toza-
lash, tabiiy gazni quritish, koks gazidan aromatik uglevodorodlarni ajratish, plastmassa va sintetik 
kauchuk ishlab chiqarishlarida adsorbsiya jarayoni keng qo׳llaniladi. Bu usul yordamida xom ashyo va 
mahsulotlarning sifatini ham yaxshilash mumkin. 
Sanoat gazlarini turli zaharli moddalardan adsorbentlar yordamida tozalash atrof-muhitni muhofaza 
qilishga xizmat qiladi. 
Adsorbsiya jarayonlari odatda desorbsiya jarayoni bilan chambarchas bog`langan bo׳ladi. Adsorbent 
tarkibidagi yutilgan moddani ajratib chiqarish desorbsiya deyiladi.

Qattiq jismning yuzasiga ta’sir qilayotgan kuchlarning tabiatiga ko׳ra adsorbsiya ikki xil bo׳ladi: fizik 


adsorbsiya
va xemosorbsiya. Fizik adsorbsiya molekulyar kuchlarning o׳zaro ta’sir etishiga asoslangan. 
Xemosorbsiya esa kimyoviy kuchlarning o׳zaro ta’sirlanishi orqali yuz beradi. 
Yutilish jarayonlari qatoriga ion almashinish ham kiradi. Ion almashinish qattiq jism va suyuqlik 
o׳rtasida yuz beradigan murakkab diffuzion jarayon hisoblanadi. Bu jarayonda qattiq jism (ionit) 
o׳zining tarkibidagi ionlarni eritmadagi tegishli ionlar bilan almashtiradi. Ionitlar ikki xil bo׳ladi: 
1) kationitlar; 2) anionitlar. Eritma tarkibidan ajratib olinishi lozim bo׳lgan ion ionitda yutiladi va 
so׳ngra regenerasiya yo׳li bilan ajratiladi. 



Yüklə 235 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin