I bob. Elektronika va sxemalar1 faniga kirish fanning maqsad va vazifalari reja


§. Elektronika va sxemalar fanining rivojida yetuk olimlarning qo‘shgan hissalari



Yüklə 29,67 Kb.
səhifə2/3
tarix07.10.2023
ölçüsü29,67 Kb.
#152832
1   2   3
1-ma\'ruza

1.2§. Elektronika va sxemalar fanining rivojida yetuk olimlarning qo‘shgan hissalari
Elektronika va sxemalarning asosiy ilmiy masalasi vakuum, elektromagnit maydon, bir jinsli boʻlmagan muhitda zaryadlangan atom zarralarining harakati va bu bilan bogʻliq fizik hodisalarni oʻrganish va amaliy yoʻnalishini belgilash, amaliy masalasi esa axborotni hosil qiluvchi, oʻzgartiruvchi va uzatuvchi tizimlarda, hisoblash texnikasida, energetik qurilmalarda, ishlab chiqarish texnologiyasida har xil vazifalarni bajaruvchi elektron asbob va qurilmalar yaratish hamda ularni o’rganishdan iborat.
Elektronika va sxemalarning bugungi kundagi yutuqlari radiotexnika taraqqiyoti, tranzistorlar, uzatuvchi televizion trubkalar yaratilishi bilan uzviy bogʻliq.
Olimlar J.K.Maksvem, O.U.Richardson, T.A.Edison, T.Gers, Gʻ.V.Rentgen, J.Tomson, X.K.Lorentsyatlsh ishlari 20-asr boshida Elektronikaning fan sifatida shakllanishiga asos boʻldi. Rus olimlari A.G.Stoletov, A.BonchBruyevich, N.G.Basov, A.M.Proxorov, S.V.Vavilov, A.A.Chernishev va boshqalar, amerika olimlari Ch.Tauns, L.De Forest,Z.Varvan, R.Varman, R.Kompfner va boshqalar bu fan taraqqiyotiga muhim hissa qoʻshishdi.
Elektronika va sxemalar fizik Elektronika sxemalari, texnik Elektonika sxemalari va Elektronika sxemalari texnologiyasi boʻlimlaridan iborat. Fizik Elektronika sxemalari vakuumda, elektromagnit maydonlar va boshqalar har xil muhitlarda atom zarralari, ionlar va neytral atomlarning harakati va ular bilan bogʻliq boʻlgan fizik qonuniyatlarni, elektron va ion asboblar, qurilmalarni yasash, elektron asbob va qurilmalar yordamida elektromagnit energiyasini olish, uzatish va qoʻllanish prinsiplarini, atom zarralari oqimlarini, ionlar, kvantlar, elektromagnit maydonning moddalarga taʼsirini va ularda qo’llaniladigan sxemalarni nazariy va amaliy oʻrganish bilan shugʻullanadi; elektron sxemalar emissiyasi, ionlashish, energetik sathlar, yarimoʻtkazgichlarda tunnel effekti, elektron oqimlarni fokuslash kabi hodisalarni oʻrganadi.
Texnik Elektronika va sxemalarda elektron sxemalar va ion asboblar, qurilmalar va tizimlarni fan, sanoat, aloqa, xalq xoʻjaligi, transport va boshqa sohalarda qoʻllash nazariyasi va amaliy hal qilish masalalari koʻriladi. Texnik Elektronika va sxemalarga elektronnurli trubka, ossillograf, rentgen qurilmalari, electron hisoblash mashinalari, tok oʻzgartirgichlar, radiolokatorlar, integral sxemalar va boshqalar kiradi. Elektron apparatlarning qoʻllanish sxemasiga qarab, texnik Elektronika va sxemalar mustaqil radioelektronika, sanoat, yadro Elektronikasi kabi yoʻnalishlarga boʻlinadi.
Elektron asboblar ishlab chiqarish texnologiyasi ushbu bosqichlar ishchi elementi materiallarini olish, ularning elektrofizik, optik, emission parametrlarini oʻrganish, ularga kerakli shakl, oʻlcham va sirt xossalari berish uchun mexanik, kimyoviy va elektrokimyoviy qayta ishlash, yarimoʻtkazgich materiallardan pn oʻtish qismlarini olishda plastik va kristallarni qayta ishlash, asboblarni yigʻish va sxemalar ustida ishlash oʻta nozik va murakkab bosqichlardan tashkil topadi.
Elektronika va sxemalar elektron va ionli hodisalarning tabiati va qanday muhit hamda moddada borayotganligiga qarab, vakuum Elektronikasi, qattiq jism Elektronikasi va kvant Elektronikasi sohalariga boʻlinadi. Har bir soha bir necha yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi.
Vakum Elektronikasi quyidagi qismlardan iborat: 1) emission Elektronika, 2) elektronlar va ionlar oqimini hosil qilish va ularni boshqarish; 3) elektron lyuminessensiya; 4) yuqori vakuum fizikasi va texnikasi; sirt hodisalari; 6) gaz razryadli asboblar fizikasi va boshqalar Vakuum Elektronikasining asosiy yoʻnalishlari: elektron lampalar, yuqori chastotali elektronvakuum asboblar (magnetronlar, klistronlar, yuguruvchi toʻlqin lampalari va boshqalar), elektron nurli asboblar (kineskoplar, ossillograf trubkalari va boshqalar); fotoelektron asboblar (fotoelektron koʻpaytirgichlar va boshqalar); rentgen trubkalari, gaz razryadli asboblar (kuchli tok oʻzgartirgichlari, yorugʻlik manbalari, indikatorlar).
Qattiq jism elektronika va sxemalarining asosiy qismlari: 1) yarimoʻtkazgich materiallar xossalarini, ularga aralashmalarning taʼsirini, qo’llanilgan qurilmalardagi sxemalarini oʻrganish; 2) kristallda har xil oʻtkazuvchanlik xossalariga ega boʻlgan sohalarni hosil qilish; 3) zarur xossa va shaklga ega boʻlgan metallyarimoʻtkazgich, dielektrik yarimoʻtkazgich , yarimoʻtkazgich kontaktli materiallarni olish va ularning texnologiyasini ishlab chiqish va sxemalrini o’rganish; 4) metall, dielektrik, yarimoʻtkazgich va qotishmalar sirtidagi fizikkimyoviy hodisalarni oʻrganish va sxemalarda tahlil qilish, ularni boshqarish usullarini topish; 5) oʻta kichik oʻlchamdagi asbob elementlarini olish va ularni electron dasturlar yordamida sxemalarini tuzish, fundamental masalalarni oʻrganish. Qattiq jism elektronikasi va sxemasi, asosan, yarimoʻtkazgichlar elektronikasi va sxemalari bilan bogʻliq. Qattiq jism elektronikasi va sxemasi yarimoʻtkazgichli asboblar (diodlar, tranzistorlar) yaratish va dielektrik elektronika, magnetoelektronika, akustoelektronika, pyezoelektronika, krioelektronika kabi yoʻnalishlarga ega.
Kvant elektronika va sxemasining asosiy yoʻnalishlari lazer va mazerlar yaratish, yaratilgan asboblarda turli amaliy masalalarni hal qilishga (masofani aniq oʻlchash, vaqt va chastota etalonlarini yaratish, energiyani uzatish, uzoq kosmik aloqa, tibbiyot va ishlab chiqarishning baʼzi sohalarida maʼlum vazifalarni bajarishga) joriy etishdan iborat.
Elektronika va sxema asboblari materiallarini olish va tayyorlash masalalarini materialshunoslik fani hal qiladi. Elektron asboblar texnologiyasi murakkab boʻlganligi uchun barcha texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish talab qilinadi. Elektron asboblar texnologiyasi bilan bogʻliq boʻlgan masalalar mashinasozlik sanoatida electron sxema mashinasozligi tarmogʻining paydo boʻlishiga olib keldi. Elektronika va sxemalar oldida boshqaruv, hisoblash, aloqa va oʻlchash elektron tizimlarida qayta ishlanuvchi maʼlumotlar miqdorini, integral sxemalar samaradorligini oshirish, stereotelevideniya prinsiplari va vositalarini ishlab chiqish, amalga oshirish, millimetrli va santimetrli diapazonda ishlovchi oʻta yuqori chastotali Elektron asboblarini yaratish va ularda qo’llanilgan sxemalarni yanada mukammallashtirish, kristall panjara boʻshliqlari — kanallarida harakatlanuvchi zarralar xossalaridan foydalanib generatorlar, kuchaytirgichlar kabi turli electron sxema asboblari yaratish, elektron asboblar texnologiyasini sxemalrini o’rganish va mukammallashtirish masalalari turibdi. Elektronika va sxemalari mehnat unumdorligini oshirishda juda qoʻl keladi. Electron asboblari va sxemalari fan, texnika va ishlab chiqarishda keng qoʻllaniladi.
Elektronika va sxemalar fani va texnikasining yutuqlari inson faoliyatining deyarli hamma sohalarida qoʻllanilmoqda. Elektron sxemalar texnika vositalarida keng koʻlamli asbob va qurilmalarning ajralmas qismiga aylandi. Ular orasida katta integral sxemalar (KIS) asosida yaratilgan mikroprotsessorlar alohida oʻrinni egallaydi. Soʻnggi vaqtlarda oʻta katta integral sxemalar (OʻKIS) ishlab chiqildi; ular asosida mikroelektronika elementlari yaratilmoqda. Ular xalq xoʻjaligini boshqarishda, sanoatning turli sohalarida, tibbiyotda, inson hayoti va faoliyatining koʻpgina sohalarida keng qoʻllaniladi. Elektronika va sxemalar fani va texnikasi asosan ikki yoʻnalish: informatsiya hisoblash taʼminoti muammolari, qurilmalarning ishlash samaradorligini oshirishda hamda energiya olish va undan foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha rivojlanmoqda.
Akademik H.Fozilov (1909 —2003) rahbarligida (T.Nosirov, Q.Allayev, S.Solihov va b.) berilgan elektr sistemalarni optimal rejimlarini hisoblash sohasidagi ishlar katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etdi. Akademik G'.Rahimov (1905—1972) ning tashsbbusi bilan Markaziy Osiyoda birinchi bo'lib "Elektrotexnikaning nazariy asoslari" kafedrasi (1934 y) tashkil etildi. Bu olim Elektrotexnika fanini rivojlantirish sohasida ilmiy maktab yaratdi. Bu maktab ko'plab fan doktorlari (A Karimov, P.Hasanov, Z.Ismoilov, T.Qodirov, M.Ibodullayev, Y. Rashidov va b.) hamda nomzodlarini tayyorladi. Zamonaviy eksperimental baza yaratish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashda N.Shchedrin, H.Fozilov, M.Homidxonov va Z.Solihovlaming xizmatlari katta bo’Idi.
Elektroenergetika sohasini axborot va boshqarish sistemalarisiz tasawur qilish mumkin emas. Electron qurilmalar yordamida energetika sistemalari rejimlarini operativ boshqarish bo'yicha ma'lumotlami ishlab chiqish sistemasining matematik modelini akademik J. Abdullayev, elektr tarmoqlari optimal rejimini boshqarishni prof. E.Payziyev taklif etdi. Axborot va o'lchash texnikasiga doir yangi prinsipdagi birlamchi o'zgartkichlarni prof. M.Zaripov va b. ishlab chiqdilar. Elektr energiyasidan samarali foydalanish yo'nalishida akademik M.Homidxonov va uning shogirdlari (N.Usmonxo'jayev, O.Hoshimov, S.Usmonov, M.Xusanov, ADadajanov va b.) hamda A.Dzevenskiy olib borgan ishlar ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
Oʻzbekistonda Elektronika va sxemalarning rivojlanishi G.N. Shuppe, S.V. Starodubsev va U.O. Orifovlefning fizik Elektronika sohasidagi ilmiy tadqiqotlari bilan boshlangan. Uzbekistonda Elektronika va sxemalar boʻyicha ilmiy tekshirish ishlari Oʻzbekiston FA Elektronika instituti, Fizika texnika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston milliy universiteti va boshqa ilmiy tekshirish muassasalarida M.S. Saidov, Oʻ.X.Rasulov, N.Y. Toʻrayev, T.D. Rajabov, R. A. Moʻminov, A. T. Mamadalimov va boshqalar olimlar rahbarligida olib borilmoqda.



Yüklə 29,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin